|
Ikkinchi bob: Adabiyotlar tahlili
|
bet | 1/2 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 43 Kb. | | #240052 |
Bog'liq adabiyot tahlili
Ikkinchi bob: Adabiyotlar tahlili
Iqtisodiy adabiyotlarda tarixiy-madaniy turizmga oid masalalar qator olimlar tomonidan o’rganilgan va turlicha ta’riflar berilgan. Gollandiyalik tadqiqotchi Richard Greg tarixiy-madaniy turizmni “kishilarning o’z madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun yangi ma’lumotlar va tajriba to’plash maqsadida odatiy yashash joyidan uzoqda joylashgan madaniy, diqqatga sazovor joylarga borish” deya ta’riflaydi (Richard Greg, 1996).
Rossiyalik mutaxassis Y.V. Kolotova tarixiy – madaniy turizmni mamlakatning barcha imkoniyatlarini o’z ichiga olgan an’ana va urf-odatlari, uy xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’langan ijtimoiy-madaniy muhit salohiyati deb ta’kidlaydi (Kolotova, 2001).
I.T.Frolova esa tarixiy-madaniy turizmga global miqyosda xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi omil va vosita sifatida qarab, rivojlanishi o’zaro bog’liq bo’lgan va bir-birini to’ldiruvchi uchta qarash mavjud: madaniyat va madaniy merosga oid bilimlarni boyitish; madaniyatni muhofaza qilish va qayta tiklash; madaniyatlar muloqоti kabi yo’nalishlardan iborat deya hisoblaydi (Frolova, 2002).
G.Karpov va L.Xorovalar esa tarixiy va madaniy turizmni “kishilarning yangi axborot, tajriba va taassurotlarga ega bo’lishi uchun madaniy diqqatga sazovor joylar, muzeylar va tarixiy joylar, san’at galerayalari, musiqa va drama teatrlari, konsert maydonchalari, ijrochilik san’ati, klassik qadriyatlar hamda tarixiy merosni aks ettiruvchi mahalliy aholining an’anaviy dam olish hududlari, innovatsion badiiy ijodiyot uylariga tashrif buyurishi” deb hisoblaydi (G.Karpov va boshqalar, 2011). Meros umumbashariy va hammaga tegishli. Bu madaniyat, tarix, tabiiy va qurilgan joylar bilan bog’liq. Merosni boshqarish ko’pincha murakkab va mamlakatning o’ziga xosligi va mahalliy madaniyati uchun muammoli. Haqiqatan ham ob’yektlarni joylashuvga asoslangan qiymatlar va ular atrofidagi bog’liq xususiyatlar o’rtasidagi munosabatni hal qiladigan tarzda boshqarish va talqin qilish zarurati mavjud. Qiymatga asoslangan boshqaruv merosi boshqarishning eng muhim yondashuvlaridan biri hisoblanadi va jamoat merosi ob’ektlari odatda professional menejerlar tomonidan boshqariladi (Howard, 2003).
Meros umumiy qadiryat hisoblanadi. Shunday qilib, nomoddiy va moddiy madaniyatlar, ob’ektlar va san’at joylarining saqlanishi va barqarorligi jamoalar uchun ijobiy qadiryat keltiradi va hamma uchun foydalidir. Shunday qilib, meros ham shaxs, ham jamoa o’ziga xosliklarining shakllanishiga ta’sir qiladi; ammo bu mahalliy aholi va jamoalar bilan ham bog’liq bo’lib, ko’pincha ijtimoiy nomuvofiqliklarga olib keladi (Silverman&Ruggles, 2007).
Yodgorliklarga ishora qilib, YUNESKOning Madaniy merosni qasddan yo’q qilish to’g’risidagi deklaratsiyasida (2003) aytilishicha, “shaxslar va jamoalar madaniy o’ziga xosligining muhim tarkibiy qismi madaniy merosidir, shuning uchun uni yo’q qilish bo’yicha har qanday harakat inson qadr-qimmati va inson huquqlariga ta’sir etib, salbiy oqibatlarga olib keladi” (Silverman&Ruggles, 2007).
Joyni targ’ib qilish bilan chambarchas bog’liq bo’lib jahon yarmarkasida yoki sport tadbiri yillik yirik festival kabi mega tadbirlarga asoslangan madaniy shaharni brendlash tushunchasi. Yulduzdan foydalanish Balboa shahridagi Gehrining Guggenxaym muzeyda joylashgan Peyning Luvr kabi yangi obyektlarni loyihalash uchun me’mor jamiyatning madaniy va meros salohiyatiga katta e’tibor qaratish mumkin (Evans, 2003). Sanoat okrugi g’oyasiga o’xshab mananiy hudud va mahalliy jamiyat ichida intergatsiyalashda kichik va o’rta fermalarni rivojlantirish orqali iqtisodiy o’sishni yaratishga mo’ljalangan (Santagata, 2002). Meros turizm muhim bo’lsada, uning chegaralari umuman aniq emas, meros, tarix, san’at, ilm-fan, turmush tarzi arxitektura manzara bilan bog’liqligini o’z ichiga oladi (Makkeyn va Rey, 2003).
So’nggi qirq yil ichida meros nafaqat yodgorliklar, arxeologiya ashyolari, madaniyat, mintaqaviy va milliy o’ziga xoslikning sinonimiga aylandi, balki uning ma’nosi, turizmga bo’lgan munosabati yanada yaqqol namoyon bo’ladi va rivojlanadi. Meros va turizm o’rtasidagi yaqin aloqalar uning rivojlanishini ba’zan murakkablashtirsa ham kuchayadi. Ko’pchilik sayyohlar turistik ob’yektlar va madaniy merosni ko’rish uchun sayohat qilishadi va ular o’rtasidagi munosabatlar, ayniqsa tabiiy, ekologik, madaniy va siyosiy masalalarni hal qilish jamiyat uchun muhim hisoblanadi (Hooper, 2016).
Meros turizmi deganda o’tmish va hozirgi davrning moddiy va nomoddiy madaniy, tarixiy va tabiiy unsurlari hamda ulardan turizm resurslari sifatida foydalanish tushuniladi. U qasrlar, tarixiy binolar, soborlar, uylar, muzeylar, fermer xo’jaliklari va arxeologik yodgorliklar kabi barcha moddiy qurilgan madaniy elementlarni, shuningdek, til,festivallar, musiqa, din,oziq-ovqat va boshqalar kabi nomoddiy elementlarni o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda meros sanoati ham uy xo’jaliklaridagi hayotni tavsiflovchi, konchi, baliqchi, bolalar, erkaklar va ayollar hayotini tasvirlaydigan landshaftlarni o’zida mujassam etadi (Timoti va Nyaupane, 2009).
Madaniy merosni muhofaza qilish Xalqaro Muzeylar Kengashining (ICOM) ta’sis missiyasi bayonnomasiga kiritilgan, ikkinchi jahon urushidan keyin yaratilgan muzeylar va muzey mutaxassislari tashkiloti tomonidan nazorat qilingan. Yetti yil o’tgach, Xalqaro Muzeylar Kengashining asosiy ishi madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash va favqulodda vaziyatlarda merosni himoya qilish hisoblandi. Butun dunyoda madaniy merosga tahdidlarning kuchayib borayotganini hisobga olgan holda, texnologik rivojlanish va innovatsiyalar, shuningdek, aniq belgilangan siyosat va axloqiy ko’rsatmalar Xalqaro Muzeylar Kengashining xalqaro miqyosda madaniy merosni himoya qilishdagi rolini kafolatlaydi (Kampfens, 2020).
Mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilari I. To’xliyev, R. Amriddinova, SH. Ro’ziyev, O. Xamidov, N. Ibadullayev, F. Aziztoyeva, B. Mamatov va boshqalarning ilmiy asarlarida turizm sohasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlariga doir ko’plab masalalar yoritilgan, lekin, tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishga oid ayrim masalalar yetarlicha o’rganilmaganligi bois ba’zi muammolar bugungi kunda ham o’z dolzarbligini saqlab qolmoqda.
Xususan, N.To’xliyev: “Turizm (frans. Tour-sayr, sayohat) sayyohlik-sayohat (safar) qilish, faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmaydigan holda jo’nab ketishi tushuniladi” deb hisoblaydi.
Tarixiy-madaniy turizmning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yaratiladigan konsepsiyalar, metodlar va turistik faoliyat subyektlarning o’zaro integratsiyasini amalga oshiruvchi indikativ boshqaruv metodikasini yoritib bergan (Ro’ziyev, 2018).
“Turizm murakkab, ko’p qirrali tushuncha bo’lib, u boy va xilma-xil tabiat, madaniy-tarixiy obyektlardan tabiat muhofazasi va ekologiya xavfsizlikni ta’minlash asosida tomosha qilish orqali samarali foydalanish yo’nalishlarini belgilaydi (Xamidov, 2022).
Tarixiy yodgorliklar madaniy turizmda eng keng tarqalgan turi, tarixiy-madaniy turizm boshqa dam olish turlariga qaraganda muhim afzaliliklaridan biri u butun yil davomida talabga ega bo’lib, uning sezilarli farqi mavsumiy emasligidir. Tarixiy yodgorliklar yilning istalgan vaqtida dolzarbdir, chunki sayyohlar muzeylarga tashrif buyurish, tarixiy obidalar va mamlakatning diqqatga sazovor joylarini ko’rish uchun ekskursiya qilishlari mumkin. Tarixiy madaniy turizmni rivojlantirishda hududlarda mavjud bo’lgan tarixiy hamda arxeologik obyektlarning o’rni juda muhim. Ularning tarixiyligi, hudud tarixida tutgan o’rni hamda saqlanganlik darajasi unga qiziquvchi turistlarning sonini oshirishga yordam beradi. Har qanday tashrif buyuradigan sayyoh uchun bir manzilgohda bir nechta obyektlarning mavjud bo’lishi, uning safar vaqtining davomiyligini uzaytirib beradi. Bu jarayon esa turistik xizmatlarni ko’proq export qilish imkonyatini va yondosh tarmoqlarning ham rivojlanishiga turtki beradi.
|
| |