Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi




Download 0,77 Mb.
bet8/19
Sana05.12.2023
Hajmi0,77 Mb.
#111965
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot uchun ko\'rsatma

4 –amaliy mashg’ulot:
O‘zbekistondagi pardozbop tabiiy tosh ashyolari. Respublikadagi pardozbop tabiiy toshni qayta ishlash
Tabiiy tosh yog‘och singari eng qadimiy qurilish ashyolaridan hisoblanadi. Insoniyat ilk bor toshdan
mehnat asboblari va qurollarini ishlagan. Tabiiy toshlar juda serobligi, mustahkamligi hamda chidamli
bo‘lganligi sababli boshpanalar qurishda asosiy qurilish ashyolari sifatida qo‘llanila boshladi. Tog‘ jinslari,
asosan, mexanik ravishda qayta ishlangan (bloklar, plitalar va h.k.) yoki tabiiy holatda (qum, shag‘al),
shuningdek, maxsus texnologik jarayonlarda qayta ishlab olingan (bog‘lovchilar, sopol, shisha va boshqalar),
qurilish ashyolari sifatida ishlatiladi.
Bunday tog‘ jinslarining tuzilishi ularni tashkil topish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi va tuzilishi, hamda
teksturasiga ko‘ra boshqa tog‘ jinslaridan ajralib turadi.
TOG‘ JINSLARINING TARKIB TOPISHI
VA KLASSIFIKATSIYASI
Yer qatlamida joylashgan tog‘ jinslari paydo bo‘lishiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: magmatik (vulqondan otilib chiqqan) yoki birlamchi jinslar, cho‘kindi yoki ikkilamchi jinslar —metamorf jinslar (3.1-
rasm).
Yer qatlamining quyi qismi magma deb ataluvchi yuqori haroratda erigan bo‘tqadan iborat. O‘zining
tarkibiga ko‘ra, u yer qatlamidan kam farq qiladi. Magmaning yer yuzasiga otilib chiqqan qismi magmatik
(yoki otilib chiqqan) jinslar deb ataladi. Tabiiy sharoitda shakllangan magmatik jinslar turli mineralogik
tarkibga va tuzilishga ega bo‘ladi. Binobarin, ularning texnik xususiyatlari ham bir xil bo‘lmaydi.
Granit — qurilishda keng tarqalgan chuqurdagi magmatik yaxlit pardozbop tog‘ jinsi. U bir tartibli —
kristall jins bo‘lib (3.2-rasm), asosan kvars (20—40%), dala shpati — ortoklaz (40—70%) va slyuda (5—
20%) dan tashkil topgan. Bundan tashqari granit tarkibida ishqorli plapgioklaz, rogovaya obmanka kabi
minerallar ham uchraydi.
CHUQURDAGI YAXLIT JINSLAR
Granit tiniq sariq yoki och-qora rangda bo‘lib, u asosan tarkibidagi minerallar rangiga qarab o‘zgaradi.
Granitlar mayda, o‘rta yirik kristalli va porfir kabi yaxlit va qatlam-qatlam (gneys jinsi singari) holatda bo‘ladi.
Granitning o‘rtacha zichligi 2,6—2,8 g/sm3, g‘ovakligi (0,5—1,5%) va suv shimuvchanligi esa nihoyatda
kam. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 120-250 MPa, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 2,5—3,0
kkal/m  soat  grad (Vt/m  grad) ga teng. Granit ancha qattiq jins (MOOS shkalasiga ko‘ra: 6-7), ammo uni
qayta ishlash va silliqlash uncha qiyin emas. Granitning erish harorati 1400—1500°C. Harorat 750—800°C ga
yetganda granit tarkibida kvars kristallari kengayib, uning mustahkamligini kamaytiradi.
Tosh ashyolar orasida granit yuqori texnik sifatga ega bo‘lganligi sababli qurilishda (yo‘l qurilishlarida,
gidrotexnika inshootlarida, me’morchilikda, bezak qismlar tayyorlashda) keng qo‘llaniladi. Granit tabiatda har
xil rangda uchraydi. Undagi dala shpati oq, kulrang, sariq, qizil va binafsha ranglarda bo‘lishi mumkin. Shu
sababli granit ajoyib pardozbop qurilish ashyosidir. Granit chidamli bo‘lgani uchun ochiq sharoitda va zararli
muhit ta’sirida ko‘p ishlatiladi.
Siyenitlar — asosan kaliy shpatidan tashkil topgan (5,0—70%) tog‘ jinsi bo‘lib, granitdan farqi, asosan,
tarkibida kvars mineralining kamligi yoki mutlaqo bo‘lmasligidadir. Siyenitni silliqlash va pardozlash qiyin
emas va shu sababli pardozlash ishlarida qoplama plitalar sifatida ham ishlatiladi. Siqilishdagi mustahkamlik
chegarasi 100—250 MPa, zichligi esa 2600—2700 kg/m3. Siyenitlar sariq, qizg‘ish, ko‘k ranglarda uchraydi.
O‘zbekistonning Ohangaron tumanida siyenit zaxiralari ko‘p.
Diorit — nordon plagioklaz (70%), rogovaya obmanka, biotit va avgit minerallaridan tashkil topgan tog‘
jinsi.
Dioritlar bir tekis kristalli tuzilishga ega. Agar diorit tarkibida kvars miqdori ko‘p bo‘lsa, kvarsli diorit
deb ataladi. U to‘q-ko‘k va ochiq kulranglarda uchraydi. Qoplama plitalar sifatida ko‘p ishlatiladi. Siqilishdagi
mustahkamlik chegarasi 150—300 MPa, zichligi 2800-3000 kg/m3 ga teng. Diorit yo‘l qurilishida va qoplama
pardozbop ashyolar sifatida ko‘p ishlatiladi.
Gabbro — tog‘ jinsi, asosan dala shpati (50%), avgit, olivin va piroksen minerallaridan tashkil topgan.
Gabbro bir tekis yirik donali tuzilishga ega (3.3-rasm).
Gabbro pardozbop bezak buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Uning zichligi 2900—3000 kg/m3, siqilishdagi
mustahkamlik chegarasi 200—350 MPa ga teng.
Labrodorit — gabbroga o‘xshash, asosan dala shpati va boshqa och-qora rangli minerallardan tashkil
topgan jins. Labrodoritni pardozlaganda uning sirtida jilvalanadigan ko‘k-binafsha rangli minerallar ajralib
turadi. Shuning uchun uni ko‘proq hashamatli inshootlar qurishda bezakli qoplama plitalar sifatida ishlatiladi.
Vulqondan toshib chiqqan birlamchi tog‘ jinslari magma holatda yer yuziga ko‘tarilishida kristallana
boshlaydi va magma sovishi jarayonida to‘la kristallangan, bir tekis kristallanmagan va to‘la kristallanmagan
tuzilishga ega jinsga aylanadi. Tog‘ jinslarining tuzilishi orqali ularni fizik-mexanik xossalari to‘g‘risida
umumiy fikr yuritsa bo‘ladi. Shular ichida donalari bir tartibda joylashgan tog‘ jinslari yuqori mustahkam
bo‘ladi. Ammo yirik donali kristallardan tashkil topgan jinslar haroratning o‘zgaruvchanligidan yoki mexanik
kuchlar ta’sirida tez buziladi. Xuddi shunday holatni tarkibida har xil minerallar bo‘lgan jinslarda ko‘rish
mumkin. Qurilishda ko‘p ishlatiladigan magmatik tog‘ jinslarining ayrimlari bilan tanishamiz.
Yer qatlami yuzasida joylashgan tog‘ jinslari har vaqt atmosfera ta’sirida (haroratning o‘zgarishi va boshqa
omillar) asta-sekin yemirila boshlaydi, natijada ular sochiluvchan yoki chang holatiga o‘tadi.
Porfirlar — kvars va dala shpatining mayda donali minerallar bilan o‘zaro zich joylashishidan hosil
bo‘lgan pardozbop jins. Mineralogik tarkibi bo‘yicha granitga o‘xshaydi. Porfirlar qizil, qo‘ng‘ir va ko‘kimtir
rangda bo‘ladi. Uning zichligi 2400—2600 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 80—230 MPa ga teng.
Porfirlar pardozbop qoplamalar, zinapoyalar sifatida va yo‘l qurilishida ishlatiladi.
Bazalt — yashirin kristalli, ba’zan shishasimon tuzilishga ega bo‘lgan jins (3.4-rasm). Yer yuzasiga
ko‘tarilgan jinslar ichida zichligi eng katta (3300 kg/m3) bo‘lgan jinsdir. Bazaltni ishlash ko‘p mehnat talab
etadi, ammo uni silliqlash oson. Bazaltning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 300—500 MPa ga yetadi.
Bazalt harsang tosh, shag‘al va boshqa donali pardozbop buyumlar tayyorlashda, eritib olinadigan pardozbop
buyumlar va issiqlikni saqlovchi mineral paxta uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.
Diabaz — dala shpati va avgitdan tashkil topgan kristall jins. Uning tarkibiga olivin minerali ham kiradi.
Diabaz porfir tuzilishida ham uchraydi, rangi — to‘q-sariq, zichligi 3000—3100 kg/m3, siqilishdagi
mustahkamlik chegarasi 300—450 MPa ga teng. Diabaz yuqori qattiqlikka va nihoyatda zich bo‘lganligi
uchun yo‘llarni qoplashda va boshqa ishqalanishga uchraydigan inshootlarda pardozbop plitalar sifatida ko‘p
qo‘llaniladi. Diabazning boshqa jinslardan farqi uning erish haroratining kichikligidir (1200—1300°C). Shu
sababli maxsus pardozbop qurilish buyumlari diabaz eritmasidan quyib olinadi. Diabaz har xil pardozbop
plitalar, to‘sinlar va boshqa donali qismlar, shuningdek, mineral paxta tayyorlashda va asfaltbetonlar uchun
to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.
CHO‘KINDI TOG‘ JINSLARI
Bir qism sochiluvchan jinslar suv yoki shamol vositasida daryo, dengiz yoki ko‘llar ostiga tushib, bir necha
davr davomida ikkilamchi yoki cho‘kindi jinslarga aylanadi. Mayda jinslarning bir qismi suvda eriydi,
qolganlari esa geologik qatlamlar hosil qilib suv ostiga cho‘kadi. Erigan jinslar o‘ta to‘yingan eritmalar hosil
qiladi va kimyoviy cho‘kindilar paydo bo‘ladi. Qatlamlar bosimi ostida va tabiiy sementlarning o‘zaro
birikishi natijasida cho‘kindilardan mustahkam va zich sementlangan jinslar hosil bo‘ladi. Cho‘kindi
jinslarning g‘ovaklarini to‘la to‘yingan eritmalardagi (CaCO3, CaSO4, temir oksidi) moddalar to‘lg‘izib,
undagi mayda donalarni o‘zaro yopishtiradi yoki, boshqa so‘z bilan aytganda, tabiiy sement vazifasini
bajaradi.
Tabiatdagi ko‘pgina mineral qatlamlar hayvonot va o‘simlik organizmlarining, shuningdek, suyaklar va
teri-yog‘larning o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan. Bunday jinslarni organogenlar deb ataladi.
Qurilishda qo‘llaniladigan cho‘kindi jinslarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin.
Maydalangan jinslar — loy, qum, shag‘al, harsang tosh, mayda tosh va sementlanib qolgan jinslar —
konglomeratlar, brekchiylar, qumtoshlar.
Kimyoviy cho‘kindilar — gips, angidrit, ohaktoshning ayrim xillari, dolomit, magnezit, ohak tufi, mergel.
Organogen qatlamlar — chig‘anoq, ohaktosh, bo‘r, trepel, diatomit, uglerodli jinslar (torf, neft, ozokerit).
Qurilish sanoatida ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolarining katta bir guruhi — cho‘kindi jinslar g‘ovakli va
zich buyumlar tayyorlashda xomashyo sifatida katta ahamiyatga ega. Cho‘kindi jinslardan ohaktosh, dolomit,
chig‘anoq ohaktosh, magnezit va mergellarning tarkibini asosan karbonat tuzlari tashkil etadi. Ayniqsa ko‘p
tarqalgan kalsiy yoki ohak shpati deb ataluvchi kalsiy karbonati (CaCO3) va magniy karbonat (MgCO3) tuzlar
guruhiga kiradi. Cho‘kindi jinslardan gips va angidrid (CaSO4  2H2O  CaSO4) asosan sulfatlardan iborat.
Maydalangan sochiluvchan cho‘kindi tog‘ jinslarining asosiy xillari quyidagilardir.
Tuproq — kaolinit, kvars, dala shpati, slyuda, kalsiy va magnit karbonatlari va temir oksidi kabi
minerallardan tashkil topgan sochiluvchan jins. Tuproq suv bilan qorishtirilganda plastik holatga o‘tadi.
Quritganda esa o‘z shaklini saqlaydi, ammo qayta suv ta’sirida yana plastik holatga o‘tadi. Bu xususiyat uni
boshqa xomashyolardan ajratib turadi.
Tuproqlar dala shpati kabi tog‘ jinslarining suv, harorat, havodagi karbonat angidrid va mexanik kuchlar
ta’sirida buzilishidan hosil bo‘lgan. Tuproq, asosan sopol buyumlar ishlab chiqarishda, qorishmalar uchun
plastifikator sifatida va o‘tga chidamli buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Tarkibidagi qum miqdoriga ko‘ra
tuproqlar —og‘ir tuproq, tuproq, qumli tuproq, tuproqli qumlarga bo‘linadi. Tuproqlarning kimyoviy tarkibi
turlichadir (3.1-jadval).
Tuproqlar ichida kaolin o‘zining kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xususiyatiga qarab boshqa tuproqlardan farq
qiladi. U o‘tga chidamli, oq rangda bo‘ladi. Kaolin chinni va tiniq sopol chiqarish sanoatida, qog‘oz, rezina
olishda ko‘p ishlatiladi.
Qum — donalarining kattaligi 0,15 dan 5mm gacha bo‘lgan sochiluvchan jins. Tarkibiga ko‘ra qumlar —
kremniy, dala shpati, ohaktosh va pemzali turlarga bo‘linadi.
Tog‘ va jar qumlari notekis qirrali shaklda bo‘ladi. Bunday qumlarda beton uchun zararli bo‘lgan tuproq,
chang aralashmasi va organik moddalar ko‘p bo‘ladi.
Daryo va dengiz qumi yumaloq, sirti silliq bo‘lib, tarkibida zararli aralashmalar kam bo‘ladi. Ko‘l qumida
esa mayda tuproq zarrachalari ko‘p bo‘ladi.

Download 0,77 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi

Download 0,77 Mb.