Fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika




Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana03.04.2024
Hajmi1.74 Mb.
#186569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
jurabek
K.A.1-amaliyot, metod birlashma, 15-мавзу.Кибермаконда дин омили, 7, Ma\'ruza 9, 6-sinf test, TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI, 5-siflar 1-4 chorak matem, BOSHLANG’ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARGA RAHBARLIKDA O’QITUVCHI TALABLARI, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-fayllar.org, Laboratoriya ishi №5 Mavzu Ms Windows Server 2019da Active Dir-fayllar.org, 570-T, Buxoro muhandislik texnologiya instituti-fayllar.org, TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV, YUQORI ANIQLIKDAGI TEODOLITLAR manzarasi


196 
 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, 
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
JIZZAX POLITEXNIKA 
INISTITUTI 
 
 
 
 
SIRTQI BO`LIM
: YO`L MUHANDISLIGI
YO`NALISHI 
VI-KURS 673-20 GURUH 
Talabasi :Nurimov Jo’rabekning 
Avtomobil 
yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish 
texnologiyalari
fanidan
 
AMALIY MASHG`ULOT ISHI 
 
 
 
 
 
 
QABUL QILDI:

TAVBAYEV .B


 
 


197 
MAVZU: 
Chaqiq toshli, qum-shag‘alli materiallardan tashkil topgan asos 
qatlamlarini qurishda ishlar sifatini nazorat qilish. 
REJA: 
1. Chaqilgan toshli va qum-shag’alli qatlamlarni qurish. 
2
. Grunt va shag’alli qatlamlar. 
3. Chaqilgan toshli va aralashmali grunt qatlami. 


198 
Chaqilgan toshli va qum-shag’alli qatlamlarni hamma toifali yo’llaming to’shamasi asosida va past toifali 
yollar uchun qoplama sifatida qo’llanadi. Bunday hollarda zarralararo tutashuv turidagi tuzilish namoyon 
bo’lib, ezilishga katta qarshilik, yuqori ko’rsatkichli ichki ishqalanish burchagi, kichik miqdordagi ilashishlik
holatida yuz berishi namoyon bo’ladi. Oxirgi hol ularni qoplama sifatida qo’Ilashni chegaralab qo’yadi, 
chunki kuch ta’sirida tez qatlamlashib buzila boshlaydi. Shuning uchun ham bu qatlamlar bosqichli 
qurilishlarda yoki ustki ishlovli qatlamlar sifatida qo’llanadi. 
Bunday ashyoli qatlamlarga asos qismidagiga nisbatan yuqori talablar qo’yiladi. Qo’llanadigan 
ashyolarga qarab, ish bajarish uslublari tanlanadi. Qatlam oddiy yoki saralangan chaqilgan toshdan 
quriladi. Qatlam mustahkamligini oshirish tarkibini tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Kuyindili chaqilgan 
toshli qatlamni beton tarkibini tanlashdek amalga oshiriladi. Bunda bog’lovchi sifatida kuyindi uni 
qo’llanadi. Bunday qatlam boshqa turdagilarga nisbatan ancha mustahkam bo’ladi. 
Shag’al va qum-shag’al aralashmali asoslarga maydalangan tosh aralashtirilib quriladi. Shunda qatlam 
mustahkamligi ortib borishini ta’minlovchi ichki ishqalanish burchak miqdori yuqorilashadi. To’shama 
asosini va qatlamini qurish uchun ishlatiladigan chaqilgan toshga qo’yiladigan talablar 14.1-jadvalda 
berilgan. 
Yo’l quyidagi ish turlaridan iborat: 

hovuzli yuza qurish; poyandozli qatlam qurish; 

chaqilgan toshni ish joyiga tashib kelish va uni joylashtirish; 

chaqilgan toshni bir me’yorli qalinlikda tarqatish; 

suv sepib katok yordamida shibbalash; 

maydaroq zarrali chaqilgan toshni tashib kelish; 

tarqatgich yordamida tarqatib misvok bilan supurib yoyish; 

suv sepib katok bilan zichlash; 

chaqilgan toshning maydasini tashib kelish; uni tarqatgich bilan yoyish; 

so’ng misvokda supurib yoyish va yuzani katok bilan zichlash. 


199 
Ikki qatlamli asos qurishda yana uch jarayon qo’shiladi: chaqilgan toshni ostki qatlamga tashib kelish, uni 
tarqatish va zichlashlar. Ostki qatlamdagi chaqilgan tosh oralig’i mayda zarralari bilan to’ldirib borilmaydi. 
Chaqilgan toshli qatlamlar ifloslanish va ortiqcha sarflashdan saqlanish uchun hovuzli yuzada quriladi. 
Hovuzli yuzani qurib, poyandoz qatlam tayyorlangach, transport yordamida chaqilgan tosh tashib 
keltiriladi. So’ng, tarqatgich mashinasi yordamida tarqatiladi. Bunday mashina yo’q joylarda ashyo 
avtogreyder yoki buldozer yordamida tarqatiladi. 
Avtogreyder bilan tarqatishda chaqilgan tosh yo’l o’qi bo’ylab to’kib chiqiladi. Agar yo’l chetiga to’kilsa, 
so’ng yo’l o’qiga surib boriladi. To’kilgan ashyolar oralig’i chaqilgan toshli qatlam qalinligi, zichlanishlik 
koeffitsienti (1,25-1,30) va to’kilgan gumbaz hajmiga qarab aniqlanadi.Qumli poyandoz asosda chaqilgan 
toshni tarqatish ancha mushkul hisoblanadi. Chunki, greyder bilan chaqilgan toshni tekislab yoyish 
vaqtida qum bilan aralashib, uni zichlash qiyinlashadi va qatlamlar tekisligi buziladi. Ayrim hollarda 
bunday qatlamlarni qaytadan qurishga to’g’ri keladi.Bunday buzilishga chek qo’yish uchun chaqilgan 
toshli chelni yoyishdan avval qumli asos yuzasini suv sepuvchi mashina bilan me’yor holda namlanadi va 
bu yuzaga mayda (3—5 mm. li) chaqilgan tosh chiqindisi, chig’anoq kabilardan 1—2 sm qalinlikda 
qatlam hosil qilish lozim. Qulay uslub tarqatgich yordamida bajarilib, birdaniga asos eni bo’yicha bir tekis 
yoyishga imkon yaratiladi. 
Chaqilgan toshli qatlam tekislanganidan so’ng shibbalanadi. Awal, yengil vaznli (5—6 t) katoklar bilan bir 
izdan 5—6 martadan o’tkaziladi. Bu shibbalash birlamchi jarayon bo’lib, «joylashuv» deb ataladi. Bunda 
chaqilgan tosh donalari qatlamlararo turg’un holatini egallaydi. So’ng esa, 10—12 t.li og’ir vaznli katoklar 
bilan bir izdan 20—30 marotaba o’tib shibbalanadi. Bunday shibbalash vaqtida qatlamga 20—30 
1/m
2
hisobida suv sepib turiladi. Shibbalash chaqilgan tosh donali yuzada o’zgarmas holat 
shakllanguncha davom etadi. 
Zichlangan qatlam ustiga tarqatgich yordamida 25—15 yoki 20—10 mm. li chaqilgan tosh donalari 100 
m
2
yuzaga 1,5—1,8 m
3
hisobida yoyib chiqiladi. So’ng temir misvok bilan oraliqlar to’ldirilib tekis qatlam 
hosil bo’lguncha yoyiladi. Bu qatlamga 10—15 1/m
2
hisobida suv sepib og’ir katok bilan shibbalanadi. 
Maydaroq donalar yirik donalar oralig’idagi bo’shliqlarni to’ldirib mustahkam qatlam tashkil qiladi. Buning 
uchun katok bir izdan 6—7 marta o’tib shibbalaydi. 
Shibbalash uchun katok turi qo’llanayotgan chaqilgan toshning sifati va shibbalash davriga qarab 
tanlanadi. Shibbalash sari qatlam mustahkamligi orta borishi hisobiga so’nggi qo’llanadigan katok vazni 
ham ortishi kutiladi. Yassi yuzali temir g’ildirakli katoklarga ta’luqli monand tavsiyalar 14.5-jadvalda 
berilgan. 
Birinchi davrdagi siqib joylashuvda, chaqilgan tosh donalari o’zaro tiralish nuqtalari oz bo’ladi. Shuning 
uchun ham birlamchi shibbalash yengil katoklar bilan bajarilib, ularning tezligi 1,5— 2,0 km/soatdan 
oshmasligi kerak. Bir izdan shibbalab o’tish soni joyida sinov yo’li bilan aniqlanadi (14.4 я-rasm). 
Ikkinchi davrdagi shibbalash biroz zichlanib, mustahkamligi va zarralararo tiralish nuqtalari ortgan qatlam 
yuzasida bajariladi (14.4 A-rasm). Shibbalashda yuqori kuchlanish yirik bo’laklar o’rtasida namoyon 
bo’ladi. Bunda, yopisliib ilashishlik miqdori uncha yuqori bo’lmay, shibbalash jarayoniga deyarli ta’sir 
qilmaydi. 

Download 1.74 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika

Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish