• INFORMATIKA FANI HAQIDA
  • INFORMATIKA FANINING BO‘LIMLARI
  • AQLIY TA’MINOT
  • MUSTAHKAMLASH UCHUN TOPSHIRIQ
  • MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ
  • Informatika va at




    Download 205.39 Mb.
    Sana26.07.2023
    Hajmi205.39 Mb.
    #77394
    Bog'liq
    10.5.2 2021-04-19 12 04 42
    O\'QUVCHILARNI O\'RGANISH METODIKASI 36, A1 to`liq lug`at, A1 to`liq lug`at, ish reja materialshunoslik., 3А1 ЭЛ тех, JYUL VERN, Annotatsiyaning turlari, annotatsiya tuzilmasi, Annotatsiya matni, uning tuzilishi-fayllar.org, 1928867, 42-topics-for-ielts-speaking-part-1-suggested-answers-2016, Basic IELTS listening [@english ebooks], 10.5.3 2021-04-29 11 35 49, Soliqlar va soliqqa tortish(1), 1675186064 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish

    INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI


    MAVZU: INFORMATIKA FANI HAQIDA

    5
    - SINF
    TAKRORLASH
    Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari
    Informatikaga fan sifatida XX asrning 50-yillarida Fransiyada asos solingan. “Informatika” atamasi fransuzcha informatique va avtomatique so‘zlaridan tashkil topgan. Yevropa mamlakatlarida bu fan “informatics” sifatida taqdim etilgan. Amerikada u “computer science”, ya’ni kompyuter ilmi nomi bilan mashhur bo‘lgan.
    INFORMATIKANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI

    INFORMATIKA FANI HAQIDA


    XX asrning 70–80-yillariga kelib kompyuter ilmi faqat olimlarni emas, balki butun jahon jamoatchiligini qamrab oldi. Ishlab chiqarish korxonalari hamda jamiyat hayotining turli sohalarida faol qo‘llanila boshlandi.
    VAX-11/780
    IBM_370

    INFORMATIKA FANI HAQIDA


    O‘z davri ilm-u fanining yangi yo‘nalishi sanalgan “kompyuter ilmi” kelib chiqqan barcha muammollarni o‘rgandi, ularni zamonaviy kompyuter va aloqa texnologiyalari yordamida yechish imkoniyatini yaratdi.
    INFORMATIKA – kompyuter va kommunikatsion texnologiyalar yordamida axborotni katta tezlikda izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini o‘rgatuvchi fan.
    O‘zbekistonga informatika fanining kirib kelishi 1970-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori, kibernetika faninig rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan
    matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi
    Vosil Qobulovich Qobulov nomi bilan bog‘liq. Uning ilmiy ishlari hisoblash texnikasini fan, texnika va xalq xo‘jaligining turli sohalariga qo‘llash, ish jarayonini avtomatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan.
    V.Q.Qobulov
    KIBERNETIKA
    (yun. kybernetile – boshqarish sanʼati) — axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash jarayonlarni avtomatik tarzida boshqarish bilan shug‘ullanuvchi fan.

    INFORMATIKA FANINING BO‘LIMLARI


    TEXNIK TA’MINOT
    DASTURIY TA’MINOT
    AQLIY TA’MINOT
    TEXNIK TA’MINOT
    HARDWARE
    “qattiq qism”

    DASTURIY TA’MINOT


    SOFTWARE
    “yumshoq qism”

    AQLIY TA’MINOT


    BRAINWARE
    “intellekt”

    INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR


    Smart glases
    Hyperloop
    Galogramma
    Shaffof panellar
    Sun’iy intellekt
    Uy robotlari
    Dronlar

    YO‘NALISHLAR


    Optik kompyu-terlar
    Neyro kompyu-terlar
    Sun’iy intellekt
    Kvant kompyu-terlar
    Komp-yuter injene-riyasi
    Roboto-texnika

    TARIXIY MA’LUMOT


    ARASTU
    Elektron hisoblash mashinalarining paydo bo‘lishidan avval buyuk olim Platonning o‘quvchisi, qadimgi yunon faylasufi Arastu (Aristotel) formal mantiq va mulohaza tushunchalariga asos solgan bo‘lib, ular kompyuter texnikasi ishlash prinsiplari nazariyasining yaratilishida muhim rol o‘ynadi.

    TARIXIY MA’LUMOT


    IX asrda ko‘plab ilmiy asarlari bilan mashhur bo‘lgan alloma Abu Nasr Farobiy o‘zining “Aql ma’nolari haqida” nomli risolasida shunday deydi: “Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga sodiq, zarur narsalarni ixtiro qilish iste’dodiga egadirlar va aksincha, o‘z aqli va zehn-zakovatini yomon ishlarga sarflaydiganlarni aqlli deb bo‘lmaydi”.
    AL-FAROBIY

    TARIXIY MA’LUMOT


    Muso al-Xorazmiy IX asrda Xorazmda yashab o‘tgan. Uning matematikadagi to‘rtta amalning bajarilish ketma-ketligi qoidasi, algoritm va algoritmlash tushunchalari asoschisi bo‘lgan, bu tushunchalar hozirgi kunga ham kompyuterga buyruq va ko‘rsatmalar berish ketma-ketligini (dastur) tuzish jarayonida ishlatiladi.
    MUSO
    AL-XORAZMIY

    MUSTAHKAMLASH UCHUN TOPSHIRIQ

    • Nuqtalar o‘rnini tushirib qoldirilgan

    • so‘zlar bilan to‘ldiring:

    a) Informatika atamasi … va … so‘zlaridan kelib chiqqan.
    b) Informatika fani … izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va …usullarini o‘rgatuvchi fan.
    d) Informatika fanini o‘rganishda ... asosiy ashyo hisoblansa, ...asosiy quroldir.
    a) Informatika atamasi informatique va avtomatique so‘zlaridan kelib chiqqan.
    b) Informatika fani axborotni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini o‘rgatuvchi fan.
    d) Informatika fanini o‘rganishda axborot asosiy ashyo hisoblansa, kompyuter asosiy quroldir.

    MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ

    • Savollarga javob bering (12-bet).
    • 2- topshiriqni bajaring (12-bet).


    MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ:


    Download 205.39 Mb.




    Download 205.39 Mb.