MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETINING
QARSHI FILIALI MKI-11-21 GURUH MAGISTRANTI XOLIQOV ZIYODULLANING VLSI TIZIMINI LOYIHALASHTIRISH FANIDAN
2 - AMALIY MASHG’ULOTI
MAVZU: TELEKOMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA (VLSI) JUDA KENG KOʻLAMLI INTEGRATSIYA
BAJARDI: Z. XOLIQOV
TEKSHIRDI: Q. ZOHIROV
Qarshi – 2022
Reja.
11.4. Turli xil kommutatsiya usullarini taqqoslash
11.4.1. Kanalli kommutatsiya.
11.4.2. Xabarli kommutatsiya
11.4.3. Virtual kanalga asoslangan paketli kommutatsiya.
11.4.4. Datagrammaga asoslangan paketli kommutatsiya
11.4. Turli xil kommutatsiya usullarini taqqoslash
Ikkita qo'pol tasniflashga misol ko’rib chiqamiz. Agar jarayonning boshida boshlang’ich va oxirgi tugun o’rtasidagi aloqa (yo’l) o’rnatilsa, bu kanalli yoki paket (virtual kanalli) li kommutatsiyaga misol bo’ladi. Aks holda, xabarlar va paketlar (datagramma) kommutatsiyasiga misol bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, xabar qanday uzatilishini ko'rib chiqayotganimizda, uzatilayotgan xabar qismlarga ajratilgan bo’lsa, bu (virtual kanalli yoki datagrammaga asoslangan) paketli kommutatsiyadir, aks holda, kanalli va xabarli kommutatsiya deyiladi.
Keyingi paragraflarda biz turli xil kommutatsiya texnikalarini ko'rib chiqamiz.
11.4.1. Kanalli kommutatsiya.
11.11-rasmda to'rt-tugunli kanalli kommutatsiya tarmog’I aloqa davridagi eng muhim jarayonlar tasvirlangan (11.10-rasmga qarang). Aloqa o'rnatilganda, boshlang'ich tugun oxirgi tugunga olib boradigan yo'ldagi birinchi oraliq tugun (A tugun) ni aniqlaydi va aloqa so'rov-signalini yuboradi. Birinchi oraliq tugun bu signalni qabul qilgandan so'ng bu jarayon oxirgi tugun aniqlangunga qadar takrorlanadi. Oxirgi tugun so’rov-signalni qabul qilgandan so’ng, aloqa so'rov-signali yo’lidagi barcha oraliq tugunlar orqali boshlang’ich tugunga so’rov-signalni qabul qilganligi to’g’risida tasdiq-signalini yuboradi. Shundan keyin, boshlang'ich tugun va oxirgi tugun o'rtasida butun aloqa davrida saqlanab turadigan (full duplex) ikki tomonlama uzatish kanali o'rnatiladi. Aloqani uzish uchun boshlang'ich tugun oxirgi tugunga aloqani uzish signalini yuboradi.
|