|
Bajardi: Z. Xoliqov tekshirdi: Q. Zohirov
|
bet | 2/3 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 88 Kb. | | #110736 |
Bog'liq 2 - Amaliy mashg\'ulot — копия11.10-rasm:
11.11-rasm:
11.4.2. Xabarli kommutatsiya
11.12-rasmda xabarli kommutatsiya tarmog'i aloqa davri jarayonlari ko’rsatilgan Aloqa o'rnatilganda, boshlang'ich tugun oxirgi tugunga olib boradigan yo'ldagi birinchi oraliq tugun (A tugun) ni aniqlaydi va unga butun xabarni yuboradi. Birinchi oraliq tugun xabarni qabul qilgandan va o’zida saqlagandan so'ng, birinchi oraliq ( A tugun ) tugun, ikkinchi oraliq (B tugunini) aniqlaydi va olaqa kanali band bo'lmasa, avvalgi (birinchi) oraliq tugun xabarni keying (ikkinchi) oraliq tugunga yuboradi (bu usulga saqlash va yo'naltirish falsafasi deb ham ataladi). Bu jarayon xabar oxirgi tugunga yetib kelguncha takrorlanadi. 11.12-rasmda ko'rinib turibdiki, aloqani uzish yoki bog’lash shart emas.
11.12-rasm.
11.4.3. Virtual kanalga asoslangan paketli kommutatsiya.
11.13-rasmda virtual kanal (paket) kommutatsiya tarmog'idagi jarayonlar aks ettirilgan. Aloqa o'rnatilganda, boshlang'ich tugun oxirgi tugunga olib boradigan yo'ldagi birinchi oraliq tugun (A tugun) ni aniqlaydi va unga aloqa so'rov-paketini yuboradi . Bu jarayon oxirgi tugunga qadar ko'p marta takrorlanadi. So’ngra, so'nggi tugun aloqa so'rovida yo’lidagi oraliq tugunlar (A, B, C va D) orqali boshlang’ich tugunga aloqani tasdiqlash-paketini yuboradi. Shu tarzda aloqa yo’lida qurilgan virtual kanal aloqa davrida saqlanib turadi. Virtual kanal qurilgandan so'ng, boshlang'ich tugun birinchi oraliq tugunga paketlarni yuborishni boshlaydi (har bir paketda virtual kanal identifikatori mavjud bo’ladi). Keyin, birinchi oraliq (A tugun) tugun boshlang’ich tugundan qabul qilib olgan paketni, qolgan kelayotgan paketlarni kumasdan, virtual kanaldagi navbatdagi oraliq tugunga uzatishni boshlaydi. Bu jarayon xabar paketlari to’liqligicha oxirgi tugunga kelguniga qadar davom etadi. Boshlang’ich tugundan oxirgi tugunga aloqa uzish paketi yetib borganda, oxirgi tugun aloqani uzishni tasdiqlash paketi bilan javob qaytaradi. Bu yerda aloqa kanalini uzishning ikkita usuli mavjud.
Virtual kanal haqida hech qanday ma’lumot saqlab qolinmaydi va ikki qurilma o’rtasidagi aloqa kanali har safar yangidan quriladi.
Virtual kanal haqidagi ma'lumotlari kelajakdagi aloqalar uchun saqlanadi.
|
| |