|
Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha
|
bet | 1/32 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 249,5 Kb. | | #100790 |
Bog'liq 4-ma\'ruza
Integratsiya ta’limning muhim prinsipi.Integratsiya haqida umumiy tushuncha
Reja:
1. Integratsiya haqida umumiy tushuncha.
2. Boshlangʻich ta’lim integratsiyasi kursining maqsad va vazifalari.
3. Ta’lim jarayonida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish.
4. Boshlangʻich sinflarda Integratsiyalashgan darslarni rejalashtirish
5. Integratsiyalashgan dars turlari.
6. Zamonaviy darsni oʻtkazishda integratsiya.
Tayanch tushunchalar: integratsiya, differensiatsiya; boshlangʻich, oraliq va yakuniy integratsiya.
Mamlakatimizda xalq ta’limi tizimida Uzluksizlik yuzaga keldi.U zamonaviy innovatsion va integratsion texnologiyalar asosida takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, boshlangʻich ta’limni yuqori darajaga koʻtarish muhim ahamiyat kasb etayotir. Maktab yoshidagi oʻquvchilarni komil inson darajasiga koʻtarishga intilish, ma’naviyat sarchashmalaridan bahra - mand qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga sodiq qilib tarbiyalash, istiqlolning talabidir. Buning uchun oʻqituvchining oʻzi ham pedagogik mahoratga ega boʻlishi, yuksak insoniy fazilatlarni oʻzida mujassam etmogʻi lozim.
Bugungi kunda, ya’ni ta’lim – tarbiyaning hozirgi zamonaviy bosqichida oʻqituvchining ishlash tizimi tubdan oʻzgarmoqda va pedagogik texnologiyalar, integratsiyalar, innovatsiyalar amaliyotda keng qoʻllanilmoqda.
Oʻquv fanlararo aloqadorlik ta’minlangan sharoitda oʻquvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. Oʻquv fanlararo aloqadorlikni turli oʻquv predmetlari boʻyicha oʻquv dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim.
Integratsiyalash – lotincha «integer» - umumiylik, «integera» - umumiylikni tuldirish, yaratish, tiklash demakdir. Ta’lim mazmunidagi uygunliklarni ta’minlash muammolari xam integratsiyalashning shugullanadigan soxasi xisoblanadi. U tushunchalarni umumlashtirishni urgatish. Ta’lim va tarbiyada esa bilimlar, tushunchalar, kunikmalar va malakalarni shakllantirishlarni umumlashtirib, konun yoki koida kurinishiga keltirishni amalga oshiradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha
|