• Dars uchun umumiy kompetensiya
  • Tashkiliy qism Salomlashish: Davomatni aniqlash
  • INTERNET TARIXI
  • Axborotli olam muammolari va internet




    Download 0,72 Mb.
    bet1/4
    Sana26.11.2023
    Hajmi0,72 Mb.
    #105756
      1   2   3   4
    Bog'liq
    AXBOROTLI OLAM MUAMMOLARI VA INTERNET


    AXBOROTLI OLAM MUAMMOLARI VA INTERNET
    Dars maqsadi:

    1. Ta’limiy: O’quvchilarga axborotli olam muammolari va internet mavzusini o’rgatish;

    2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga sodiq va fidoiy qilib tarbiyalash, milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;

    3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda axborotli olam muammolari va internet mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.

    Dars uchun umumiy kompetensiya:

    1. Axborotlar bilan ishlash;

    2. O’z-o’zini rivojlantirish;

    3. Milliy va umummadaniy;

    4. Matematik savodxonlik.

    Fanga oid kompetensiya:
    O’quvchilarda hujjatlarda internetdan foydalanish ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda internetda ishlay olish.
    Darsning borishi:

    • Tashkiliy qism

      • Salomlashish:

      • Davomatni aniqlash:

      • Siyosiy daqiqa (Bugungi kun axborot va texnologiya yangiliklari):

    • Yangi mavzu bayoni:

    Internetdan hamma foydalanishni xohlaydi. Internet – dunyo bo‘ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi.
    INTERNET TARIXI
    O‘zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqidagi turli xil ko‘rinishga ega katta hajmdagi axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig‘ilib bormoqda. Bu ma’lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag‘ va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (ingliz tilidagi interconnected network iborasining qisqartmasi, ma’nosi: Xalqaro kompyuter tarmog‘i) ning tashkil etilishi bilan hal etildi.
    Internet dastlab bir necha harbiy tadqiqotchilik markazlari o‘rtasida axborot resurslaridan birgalikda foydalanish maqsadida tashkil etildi. Bunga XX asrning 70­yillari boshlarida AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog‘i asos bo‘lgan. ARPANet – buzilgan aloqa bo‘g‘inlarini avtomatik ravishda aylanib o‘tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma’lumot almashishiga imkon beruvchi tuzilmadir.
    Birinchi marta 1969­yil 29­oktyabrda ishga tushirilgan ARPANet tarmog‘ida oraliq masofa 640 km bo‘lgan Los­Anjeles universiteti bilan Stenford tadqiqot markazi orasida bor yo‘g‘i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Avvaliga bu tarmoq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik bu tarmoqqa AQSHning boshqa universitet, kollej va tashkilotlari ham ulangan. 1973­yilda transatlantik telefon kabeli o‘tkazilganidan keyin ARPENet tarmog‘iga Yevropaning o‘quv yurtlari va tashkilotlari ulandi. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog‘iga aylandi.
    Internet tarmog‘i biror tashkilotga bo‘ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta’lim muassasalari, tijorat strukturalari va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko‘ngillilar tomonidan tashkil etilgan «Internet arxitekturasi bo‘yicha kengash» tomonidan boshqariladi.

    Download 0,72 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotli olam muammolari va internet

    Download 0,72 Mb.