Axborotli olam muammolari va internet




Download 0,72 Mb.
bet3/4
Sana26.11.2023
Hajmi0,72 Mb.
#105756
1   2   3   4
Bog'liq
AXBOROTLI OLAM MUAMMOLARI VA INTERNET

WWW TARKIBI
WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya’ni Web-sahifalarda joylashadi. Web­sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko‘rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o‘z navbatida, reklama, tijorat, ta’lim va boshqa ko‘pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar ochib berdi.
WWWning ommalashishiga yana bir omil gipermatndir. Gipermatn web­sahifaning biror qismiga yoki boshqa Web­sahifaga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi ilova bo‘lib, u so‘z yoki rasm bo‘lishi mumkin. Gipermatn yordamida Web­sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Web­sahifaga tez va oson o‘tiladi, bu hol kerakli qism yoki Web­sahifaga gipermurojaat deb ataladi. Web­sahifada rasmga, ism­sharifga, tug‘ilgan mamlakati nomiga gipermurojaat joylashtirilgan bo‘lib, gipermurojaat tanlangach, yangi web­sahifa ochiladi.
Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko‘ra o‘zaro bog‘langan bir nechta Web­sahifalar majmui Web-sayt deyiladi. Masalan, quyidagi rasmda ziyonet.uz web­saytining 100 dan ortiq web­sahifalaridan biri – «Arboblar» deb nomlangan web­sahifa aks etgan:



Web­saytni kitobga, web­sahifani esa kitobning sahifasiga o‘xshatish mumkin. Web­saytdagi web­sahifalar o‘zaro gipermatn yordamida bog‘lanadi. Web­saytlar ham, Web­sahifalar ham Web-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o‘z manziliga ega bo‘ladi. Bu manzil URL (ingliz tilida: Uniform Resourse Locator – zahiraning takrorlanmas ko‘rsatkichi ma’nosini anglatadi) deb ataladi. URL Internetga murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo‘lib, u takrorlanmas manzilni ifodalaydi. URL bir necha bo‘g‘indan iborat bo‘lgan Internet tarmog‘idagi axborot zahirasi manzilidir.


Masalan: http://www.eduportal.uz/webmaktab.html
URL manzil quyidagilardan tashkil topadi:
http – bog‘lanish protokoli; www.eduportal.uz – axborot saqlanayotgan provayder (server) nomi; webmaktab.html – sayt (fayl) nomi.
Provayderlar (ingl. provide – imkon berish, ta’minlash) – Internetning ba’zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalardir. Provayderlar bir necha yuz ming mijozga xizmat ko‘rsatish va axborotlarni yuborish uchun maxsus yuqori tezlikdagi aloqa kanallaridan foydalanadilar. Har bir davlatda Internet tizimining ishlash sifati kanallarning o‘tkazuvchanlik kuchiga bog‘liq.
O‘zbekistonda Internetdan foydalanish boshlangan dastlabki davrlarda ma’lumot yuborish va qabul qilish tezligi unchalik kata bo‘lmagan. Masalan, 2002­yilda 8,5 Mb/s ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda Internet tarmog‘ida ulanishni ta’minlovchi xalqaro kanallar o‘tkazuvchanlik qobiliyatining rivojlanishi natijasida 2,5 Gb/s dan oshdi.

Download 0,72 Mb.
1   2   3   4




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborotli olam muammolari va internet

Download 0,72 Mb.