|
QISQACHA QIZIQARLI MA’LUMOT
|
bet | 4/4 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #105756 |
Bog'liq AXBOROTLI OLAM MUAMMOLARI VA INTERNETQISQACHA QIZIQARLI MA’LUMOT
Internetning foydali jihatlari ko‘p. Bugun u bilim manbayi hamdir. O‘zbekistonda bu – ZiyoNET ta’lim tarmog‘i. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005yil 28sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2006yilda «ZiyoNET» jamoat axborot ta’lim tarmog‘i tashkil etildi. «ZiyoNET» ta’lim tarmog‘i o‘qituvchi, talaba va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan webmanbalar orasida eng yirigidir. Uning asosiy maqsadlari – yoshlarni, murabbiylarni, shun ingdek, aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash, ularga axborot texnologiyalari sohasidagi kerakli ma’lumotlarni olish, muloqot qilish va tajriba almashinishlar uchun zarur imkoniyatlar berish. Bu tarmoqdan ma’lumot olish uchun ziyonet.uz webportaliga kirish kifoya.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Internet deganda nimani tushunasiz?
2. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz?
3. Internet xizmatlari haqida o‘z tajribangiz asosida qisqacha ma’lumot bering.
4. World Wide Web haqida ma’lumot bering.
5. Websahifa va gipermatn bog‘liqligi haqida so‘zlab bering.
6. Websayt nima?
7. Internetdagi websahifalar qayerda saqlanadi?
8. Provayder haqida so‘zlab bering.
9. «http://ziyonet.uz/arboblar/fan/astonomlar» URL manzilini tahlil etib bering.
Uyga vazifa: Yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rish.
|
| |