Boshlangʻich sinflarda fanlarni integratsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish




Download 249,5 Kb.
bet14/32
Sana18.11.2023
Hajmi249,5 Kb.
#100790
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
4-ma\'ruza

Boshlangʻich sinflarda fanlarni integratsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish yosh avlodga fundamental bilim berish jarayoniga kompleks yondashuv muammosini, tabiat va jamiyat haqidagi yaxlit tasavvur va tushunchalarni shakllantirishga yordam beradi.
Muammoga doir izlanishlar olib borishda, tajriba–sinov ishlarini tashkil etishda quyidagi vazifalarni amalga oshirishga harakat qildik:
1) Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining integratsiyalashgan darslarni tashkil etishga doir fikr-mulohazalarini oʻrganish;
2) An’anaviy metodlar asosida boshlangʻich sinflardagi qator oʻquv fanlariga aloqador bilim va tushunchalarning oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlash va natijalarini tahlil qilish.
3) Boshlangʻich ta’lim jarayonida oʻqitiladigan fanlar integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladigan vositalar hamda metodlarni keng qoʻllash asosida fanlararo aloqadorlikka oid tushunchalarni hosil qilishga erishish.
4) Oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashni osonlashtirishga sharoit yaratadigan, oʻquvchilarning boshlangʻich sinflardagi oʻquv predmetlarini samarali oʻzlashtirishlariga imkon beradigan oʻquv mashgʻulotlari dasturini tuzish.
5) Oʻquvchilarning oʻquv fanlarini mukammal oʻzlashtirishlari, muayyan bilim va koʻnikmalarni hosil qilish, oʻrganilayotgan oʻquv predmeti boʻyicha ta’lim samaradorligini oshirishda fanlararo aloqadorlikning ta’sirchanligini oshirish.
Olimlarning mazkur yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari, falsafiy, psixologik, pedagogik muammolar yoritilgan ilmiy asarlar oʻrganildi va tahlil etildi. Birinchi bosqichda pedagogik tajriba-sinovni amalga oshirishga xizmat qiladigan dastur tuzildi. Dissertatsiyaning birinchi bobi uchinchi paragrafida boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining integratsiyalashgan darslarni tashkil etishga doir fikr-mulohazalari tahlil qilindi.
Shuningdek, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining fanlarni oʻzlashtirish darajalari test sinovlari asosida aniqlandi.
Mazkur bosqichda amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining chuqur tahlillari asosida quyidagi xulosalarga keldik:
birinchidan, koʻpgina oʻqituvchilar oʻquvchilarga oʻquv materiali mazmunini tushuntirishda asosan ta’limning reproduktiv metodlaridan foydalanadilar. Dars jarayonida taqdim etilayotgan bilimlarning asosiy mazmuni oʻquvchilarga tayyor tarzda taqdim etiladi. Shuning uchun oʻquvchilarning oʻquv fanlariga oid bilim va tushunchalari, fan asoslarini oʻzlashtirganlik darajalari aksariyat holllarda DTS talablariga javob bermaydi;

Download 249,5 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Download 249,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlangʻich sinflarda fanlarni integratsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish

Download 249,5 Kb.