|
Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha
|
bet | 15/32 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 249,5 Kb. | | #100790 |
Bog'liq 4-ma\'ruza ikkinchidan, barcha oʻquv predmetlari uchun umumiy boʻlgan dars jarayonida oʻquvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirishda oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlovchi imkoniyatlardan toʻla foydalanilmaydi.
Tadqiqotning keyingi bosqichida ilmiy farazimiz asosida boshlangʻich sinflardagi oʻquv fanlarining oʻzaro aloqadorligini aniqlash boʻyicha qator tadbirlar amalga oshirildi. Boshlangʻich sinflarda oʻrganilayotgan oʻquv fanlarining oʻzaro aloqadorlik xususiyatlari va shu asosda oʻquvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan dasturlar yaratildi. Ulardan boshlangʻich sinf oʻquvchilari va oʻqituvchilari orasida oʻtkazilgan tajriba-sinov ishlari jarayonida foydalanildi. Unda oʻquvchilarga ilmiy tushuncha va oʻzlashtirilgan bilimlari asosida muayyan koʻnikma va malakalarni tarkib toptirishda oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlovchi shakl va vositalarini samarali qoʻllash, oʻzaro aloqadorlikni ta’minlash va uni tajriba-sinovdan oʻtkazish asosiy maqsad qilib olindi. Pedagogik tajriba-sinov jarayonida boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va oʻquvchilarining biz taklif qilgan texnologiyaga nisbatan munosabatlarini aniqlashga e’tibor qilindi. Ta’lim jarayonida oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlovchi vositalarga nisbatan ularning munosabatlari aniqlandi, vujudga keladigan ayrim qiyinchiliklarni bartaraf etish chora- tadbirlari taklif qilindi. Shu bilan bir qatorda, oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlovchi ba’zi vositalar orqali oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilayotgan oʻquv materiallarining sifat va samaradorligini oshirish muammolari oʻrganildi.
Integratsiyalashgan oʻquv dasturlarini tuzishda mavzularning oʻquvchilar uchun tushunarli boʻlishiga, mavsum bilan aloqadorligiga va har bir fan dasturida oʻzgarishlar boʻlmasligiga (mavzularning oʻrni almashmasligiga) alohida e’tibor qaratdik.
Boshlangʻich sinflarda fanlarni integratsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish yosh avlodga fundamental bilim berish jarayoniga kompleks yondashuv muammosini, tabiat va jamiyat haqidagi yaxlit tasavvur va tushunchalarni shakllantirishga yordam beradi. Muammoga doir izlanishlar olib borishda, tajriba–sinov ishlarini tashkil etishda quyidagi vazifalarni amalga oshirishga harakat qildik:
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining integratsiyalashgan darslarni tashkil etishga doir fikr-mulohazalarini oʻrganish;
An’anaviy metodlar asosida boshlangʻich sinflardagi qator oʻquv fanlariga aloqador bilim va tushunchalarning oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlash va natijalarini tahlil qilish.
Boshlangʻich ta’lim jarayonida oʻqitiladigan fanlar integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladigan vositalar hamda metodlarni keng qoʻllash asosida fanlararo aloqadorlikka oid tushunchalarni hosil qilishga erishish.
Oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashni osonlashtirishga sharoit yaratadigan, oʻquvchilarning boshlangʻich sinflardagi oʻquv predmetlarini samarali oʻzlashtirishlariga imkon beradigan oʻquv mashgʻulotlari dasturini tuzish.
Oʻquvchilarning oʻquv fanlarini mukammal oʻzlashtirishlari, muayyan bilim va koʻnikmalarni hosil qilish, oʻrganilayotgan oʻquv predmeti boʻyicha ta’lim samaradorligini oshirishda fanlararo aloqadorlikning ta’sirchanligini oshirish.
Olimlarning mazkur yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari, falsafiy, psixologik, pedagogik muammolar yoritilgan ilmiy asarlar oʻrganildi va tahlil etildi. Birinchi bosqichda pedagogik tajriba-sinovni amalga oshirishga xizmat qiladigan dastur tuzildi. Dissertatsiyaning birinchi bobi uchinchi paragrafida boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining integratsiyalashgan darslarni tashkil etishga doir fikr-mulohazalari tahlil qilindi. Shuningdek, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining fanlarni oʻzlashtirish darajalari test sinovlari asosida aniqlandi.
Mazkur bosqichda amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining chuqur tahlillari asosida quyidagi xulosalarga keldik:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha
|