|
Integratsiya negizida oʻquvchilarda fikrlash qobiliyatining
|
bet | 9/32 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 249,5 Kb. | | #100790 |
Bog'liq 4-ma\'ruza Integratsiya negizida oʻquvchilarda fikrlash qobiliyatining xar hil tiplarini shakllantirish, bu esa bilim (anglash) jarayoni bilan chambarchas bogʻliqdir. - tabiatda mavjud bulgan ob’ektlar orqali oʻquvchilarning shaxsiyatini shakllantirish; - «tabiat –inson» sistemasida aniq bilimlarga ega boʻlishi uchun fikrlash qobiliyatini shakllantirish; - materiallarni anglab yetish va didaktik adaptatsiya shakllantirish uchun oʻrganuvchi materialni bilimning xar xil tarmoqlaridan olish; - oʻquvchilarda sistemalashgan fikrlash qobiliyatini shakllantirish uchun oʻrganuvchi materialni bilimning xar xil tarmoqlaridan olish uchun dunyoning zamonaviy ilmiy kontekstidan foydalanish; - tabiatning ob’ektlari va koʻrinishlarini, jarayonlarining, qonunlarini, jamiyatning rivojlanish qonunlarini iqtisodiyot gumanitik va demokratik bilimlarni shakllantirish; - bilim, koʻnikma, malaka sistemasini ishlab chiqish; - maktab ta’lim kurslaridagi integratsiyani ma’nosi, keng miqdordagi fikrlar va faktlar majmuasi, bir- biriga yaqin fanlarning birlashuvi;
maktab oʻquvchilarida har xil tipdagi fikrlash qobiliyatini shakllantirish, buning uchun ruhiy mashqlardan foydalanish, materialni tez oʻzlashtirishiga yordam beradi, uni eslab qolish va emotsional anglash qobiliyatini shakllantiradi.
Boshlangʻich ta’limda integratsiyalashgan yondashuv metodlariva usullari.
Integratsiyalangan yondashuv metodlar va usullariga quyidagilar kiradi; evristik suhbatlar, umumlashtirish rejasidagi suxbatlar; ekskursiya; ijodiy ishlar; oʻqitishning koʻrgazmali metodlari: mustaqil ishlar; oʻqish darslarida ogʻzaki tasvirlash; pantamimo sahnachalari; darslarda peyzaj tasvirlarini ifodali oʻqish, ona tili darsida tabiatshunoslik mazmunidagi matnlar bilan diktant yozdirish; oʻlkashunoslik asosida matematik masalalarini yechish va shu kabi. Integratsion tizim - bu toʻliq dunyoqarashga ega, oʻzida bor bilimlarni mustaqil tizimlash qobiliyati va turli xil muammolarni yechishda noan’anaviy yondashadigan toʻliq ma’lumotga ega yosh insonni tarbiyalashga imkon beruvchi oʻqitishning differentsiyasidir (turlanishidir).
Oʻqitish maqsadidagi integratsiya - bu oʻquvchini oʻqitishni birinchi qadamlaridanoq olamni bir butunlikda va uni barcha elementlari oʻzaro bogʻliqligi haqida tasavvur berishdir.
Integratsiya — an’anaviy ta’lim vositasi; oldin mavjud turlangan bilimlar kesishuvida bilmaganlarni toʻldirib olish, ular orasidagi mavjud aloqani oʻrnatish; oʻqitishda mavjud tor ixtisoslashuvni yangilash bilan oʻquvchini bilim darajasini oshirish.
|
| |