• Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi
  • Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha




    Download 249,5 Kb.
    bet4/32
    Sana18.11.2023
    Hajmi249,5 Kb.
    #100790
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
    Bog'liq
    4-ma\'ruza

    Ta’limni integratsiyalash fikri xalq ta’limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshladi.Agar kichik maktab ta’limini tabaqalashtirish asosida kitob,darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllantirish etsa, integratsiyaning asosi qilib,turli fanlarni oʻrganish obyektlari boʻlgan ba’zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish mumkin.
    Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlangʻich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi yaxshi tasavvur asoslarini qoʻyishi va ularning rivojlanishi qonunlariga oʻz munosabatlarini shakllantirishdir.Mana shuning uchun kichik maktab oʻquvchisi predmet yoki voqelik hodisalarining bir necha tomondan koʻrish muhimdir:mantiqiy va ematsional tomondan,badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada, biolog, soʻz ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazaridan va boshqalar.
    Asosiy fanlarni oʻzlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushinishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni oʻrnatish ta’limga integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir.
    Bunga turli darslarga tushunchalarga koʻp marotaba qaytishi, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli boʻlgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.
    Shunday qilib, yaxshi shakllangan tuzilish va oʻtkazish tartibiga ega boʻlgan, tarkibiga shu oʻquv predmetiga tegishli boʻlgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyasiga asos qilib olinishi mumkin. Lekin integratsiyalashgan darsga boshqa fanlar, boshqa oʻquv predmetlari bilan bogʻliq tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi.
    Masalan,”qish”, ”sovuq”,”boʻron” kabi tushunchalar oʻqish, rus tili, tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san’at darslarida koʻrib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilish boshqa oʻquv darslarida oʻzlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalashgan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin boʻlishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, oʻziga xos oʻtishi metodikasiga ega boʻladi.
    Umumiy ta’limning poydevorining qoʻyadigan boshlangʻich maktabdagi koʻp tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa, tasviriy san’at va boshqalar uchun umumiydir.
    Hozirgi kunda bir qator predmetlari uchun umumiy boʻlgan tushunchalar orasidagi aloqalarni oʻrnatish psixologik va metodik asosiy boʻlgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida oʻrgatilishi va zarur oʻqitishning vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
    Tekshirish davomida oʻquv predmetlarini integratsiyalash jarayonida faol aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar; integratsiyalash uchun fanlarning ma’qul birlashishi, oʻqituvchi va oʻquvchi harakatlarining mos kelishi, bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda mazmunan, metod, usullarni tanlash.
    Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda oʻquv fanlariaro aloqadorlikning tarbiyaviy ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik ta’minlangan pedagogik sharoitda oʻqitish jarayonida tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda oʻqituvchining tutgan oʻrnini alohida ajratib koʻrsatish lozim.

    Download 249,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




    Download 249,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Integratsiya ta’limning muhim prinsipi. Integratsiya haqida umumiy tushuncha Reja: Integratsiya haqida umumiy tushuncha

    Download 249,5 Kb.