Mundarija: Kirish. I-bob. Pedagogik mahoratni shakllantirishda fanlararo integratsiyaning nazariy asoslari




Download 59.52 Kb.
bet1/7
Sana26.04.2024
Hajmi59.52 Kb.
#207957
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fanlararo integratsiyaning pedagogik maxoratni shakllantirishdagi o\'rni
Maktabgacha ta\'lim tashkilotlarida ta\'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish, Azamova Jumagul, GULASAL, Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning óziga xos xususiyati

Fanlararo integratsiyaning pedagogik maxoratni shakllantirishdagi o'rni
MUNDARIJA:
Kirish.
I-BOB. PEDAGOGIK MAHORATNI SHAKLLANTIRISHDA FANLARARO INTEGRATSIYANING NAZARIY ASOSLARI.
1.1 Integratsiya tushunchasi va fanlararo integratsiya.
1.2 Ijtimoiy fanlarning pedagogik mahoratni shakllantirishdagi o'rni.
II-BOB PEDAGOGIK MAHORATNI SHAKLLANTIRISHDA FANLARARO INTEGRATSIYANING AMALIY ASOSLARI.
2.1 Pedagogik mahoratni shakllantirishda aniq fanlarning ahamiyati.
2.2 Ta'lim jarayonida fanlararo integratsiyani amalga oshirish pedagogik muammo sifatida.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish.
Ta'limning integraktiv kursi ko'rgazmali ta'lim tizimi bo'lib, integrativ bilimlami chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko'rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o'rganadi. Ko'rgazmali ta'lim tizirni turli xildagi turlar, shakliar, usullar, obyektlar asosida qurilgan.


Jamiyatdagi integratsiya jarayonida insonning integratsiya – alohida elementlarni yig`ib, ularni birlashtirish, yaxlit holga keltirish deb tushunish mumkin. Shuningdek, ko`pchilik olim va metodistlar integratsiya muammosining mazmunmohiyatini aniqlash bo`yicha fikr berganlar .
Hozirgi kunda "Integratsiya" tushunchasining aniq ta‘rifi metodik adabiyotlarda, bu muammo bo`yicha shug`ullangan olimlar tomonidan bir-biriga yaqin bo`lgan ta‘riflarda berilgan. Ta‘limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang`ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo`yish va ularning rivojlanishi qonunlariga o`z munosabatini shakllantirishdir.
Mana shuning uchun kichik maktab o`quvchisi predmet yoki voqea hodisalarni bir necha tomondan ko`rishi muhim: mantiqiy va emotsional tomondan badiiy asarda hamda ilmiy-ommabop maqolada biolog, so`z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazaridan va boshqalar.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda yashirin aloqadorlik va bog`lanishlarni aniqlay bilish, fanlararo bog`lanish, ya‘ni uzviylikni ta‘minlash bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biridir. Chunki fanlararo aloqadorlik ta‘minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o`qituvchi o`quvchilarda o`zining faniga bo`lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o`zlashtirishga yordam beradi.

I-BOB. PEDAGOGIK MAHORATNI SHAKLLANTIRISHDA FANLARARO INTEGRATSIYANING NAZARIY ASOSLARI.


1.1 Integratsiya tushunchasi va fanlararo integratsiya.
Integratsiya kursi - o‘quv fanlaridan biri bo‘lib, fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun o‘rganiladi. U har xil turlar, usullar, uslublar, fanlararo integratsiya obektlari asosida tuzilgan. Integratsiya kurslarining sinflarga bo‘linishini turli asoslarda qilish mumkin:
• maqsad va muammolar asosida;
• maktab tabiiy-ilmiy tizimidagi vazifalari asosida;
• qo‘shiluvchi fan tarmoqlari asosida;
• integratsiya usullari va yo‘llari asosida;
• o‘quv rejasidagi o‘rni asosida;
• kursni o‘rganishga sarflangan vaqt asosida;
• o‘quvchilar uchun qiyinlik darajasi asosida va h.k.
Shuni e’tiborga olamizki, bu kurslarning mualliflari odatda o‘z oldilariga bir necha maqsad va muammolarni yechish masalasini qo‘yadilar, shu sababli kurslar ko‘p maqsadli, turli vazifali bo‘ladi. Ko‘p miqdordagi dasturlar va ularni tadbiq etishga urinishlarni ko‘rib chiqib, biz bu kurslar qurilishining asosiy yo‘nalishlarini ajratishimiz va ularni mohiyatiga qarab sinflarga bo‘lishimiz mumkin.
Integrativ ta’limning sinflarga bo‘linishi (klassifikatsiya). Ko‘p fanlar integratsiyasi. Ularni yana universal yoki bir necha asosiy tizim kurslarini almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, o‘qish, tabiat, rasm darslarini bitta umumiy darsga birlashtirish.
Odatda, bunday kurslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib, ularni bir ma’lum tizimga keltirishadi va o‘z kurslarini integrativ yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich ta’lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda to‘g‘ri ketma-ketlikka faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba’zi e’tiborli olimlar ta’kidlaydilarki, bu an’anaviy maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma-ket o‘rganish yo‘li bilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlang‘ich ta’limga ham darslarga ajratib o‘qitish an’analari tarqalgan deb hisoblaydilar.
Tabiiy fanlarni o‘qitishning tizim bo‘yicha davom ettirishni bekor qilish va soddalashtirish uchun ko‘pgina mualliflar gumanitar sinflar uchun umumlashtirilgan kurslar (darslar) taklif qiladilar. Bularga umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli ko‘rinishda hikoya qiluvchi boshlang‘ich tabiiy fanlar kurslari (masalan, boshlang‘ich sinflardagi «Tabiatshunoslik») kiradi.
Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar. Keng integratsiya jarayoni oldingi ilmiy yo‘nalishlarni bog‘lovchi yangi tabiiy fanlar va ilmiy yo‘nalishlar hosil bo‘lishiga olib keldi. Boshlang‘ich sinflarda ekologik ta’limni kuzatib, o‘qish, tabiatshunoslik, mehnat (tabiiy materiallar bilan ishlash), rasm fanlariga ekologik mavzular kiritilgani ko‘rinadi [20; 5-b.]. Bir - biriga yaqin chegaradosh fanlarning qatoriga molekulyar biologiya, biofizika, geofizika, biokimyo, astrofizika, astrokimyo kiradi. Bu fanlar asosida maktab integrativ tabiiy fanlari tuziladi.
Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar. Zamonaviy bilimlarning har bir bo‘limini qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi. Ular qatoriga pedagogika, pedagogik texnologiya, pedagogik psixologiya, inson yoshi psixologiyasi, fan rivojlanishi jarayonini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya, fanning insonning boshqa hayot jarayonlariga bog‘liqligini o‘rganuvchi: kibernetika-boshqarish, aloqa va informatsiyani qayta ishlash: informatsiyaning tuzilishi va xususiyatlarini, uning shaxs shakllanishidagi o‘rnini o‘rganuvchi informatika. Inson hayotining turli jarayonlarida ilmiy yo‘nalish bo‘lgan sistemalarning aloqalarini o‘rganuvchi sinergetikaning qo‘llanilanishi. Bu sinfdagi integrativ kurslarning mazmuni shu fanlar ma’nosi va strukturasi asosida tuziladi.
Umumiy ilmiy tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar asosidagi kurslar. Bu asosda integrativ kurslar yaratish haqidagi fikrlar yaxshi natijalar berdi. Mualliflar orasida yuqori darajadagi umumiylikni bildiruvchi tushunchalar: «materiya», «harakat», «modda», «maydon», «energiya» va boshqalar ko‘p ishlatildi. Qonunlar orasida sermahsuli tabiatni saqlash qonuni, odamlarning ish faoliyatrg tufayli rivojlanishi, tabiatga tuyg‘u bilan qarash bo‘ldi.
Nazariyalar orasida integrativ kurs yaratish uchun asos bo‘lib asosiy tabiiy-ilmiy nazariyalar xizmat qiladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, bu asosda integrativ kurslar yaratishga urinishlar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa ham, ular qovishmaganligi va ma’lum ketma-ketlikka, didaktik maqsadga ega emasligi bilan ajralib turadi.
Fan evolyusiyasi bilan bog‘liq muammolarni, tabiatni ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish uslublarini, olamning ilmiy ko‘rinishini o‘rganish asosidagi kurslar. Yuqoridagi barcha mavzular integrativ mazmunga ega va tadbiq etishga katta imkoniyatlari bor, afsuski, bunday kurslar maktab ish faoliyatida qo‘llaniluvchi materialning va o‘qitish uslubining murakkabligi tufayli hali keng tarqalgani yo‘q.
Kompleks obektlar asosida. Integrativ kurs yaratishga asos bo‘lgan kompleks obektlarga Yer, biosfera, odam va uning yashash muhiti misol bo‘la oladi. Bu kurslarning bir hil mavzularida bir obekt turli fan nuqtai nazaridan ko‘riladi. Shu xildagi integratsiya o‘tgan asrning yigirmanchi yillarda maorif tizimida qo‘llanilgan. Keyinchalik u bekor qilingan, lekin bizning davrimizda, aytish mumkinki qaytadan tug‘ildi. Bizning nazarimizda, ma’lum hajmda u tabiiy fanlar ta’limiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Turli muammolar asosida. Integrativ kurslarni turli lokal (mahalliy) va global (umumjahon) muammolar asosida tadbiq etishga urinishlar ko‘p uchraydi. Bunda tabiiy ilmiy bilimlarning muammolar asosida birlashtirilishi qo‘llaniladi [20; 6-b.]. Bu sinfdagi integrativ kurslar (asosan ekologiya bilan bog‘liq kurslar) 7 maktablar ish faoliyatida keng tarqalgan. Muammolar bo‘yicha tuzilgan integrativ kurslar rivojlanishiga global ta’limning rivojlanishi ham turtki bo‘ldi. Bu yo‘nalishning tarafdorlari zamonaviy shaxsning rivojlanishiga bugungi kunda mamlakatlarning va millatlarning ekonomika, fan, siyosat, ma’naviyatining uzviy bog‘liqligidan kelib chiquvchi globallik omili kuchli ta’sir ko‘rsatadi degan tasdiqlashni asos qilib olganlar.
Faoliyat asosida. Tabiiy fanlar asosini o‘rganishda o‘quvchilar kitob bilan ishlash, kuzatishlar olib borish, tajribalar o‘tkazish, olingan bilimlarni bir tizimga solish - turli o‘quv-ta’lim ish faoliyati bilan to‘qnashadilar. O‘quvchilarni faoliyatning bir turi bilan tanishtiruvchi bir butun kurs yaratish maqsadga muvofiqdek ko‘rinadi. U o‘qitish jarayonining har bir vaqtida foydali bo‘lishi mumkin va kichik hajmda ham tabiiy fanlarni o‘qitishda, o‘quvchilarning ortiqcha kuch sarf qilishlari muammosini hal qilishda, mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni yaratish va ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy fanlarni o‘zlashtirishni tekshirishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek o‘quvchilari chet ellik o‘quvchilarga nisbatan ko‘p ma’lumot o‘zlashtirsalar ham, uni tadbiq qilishda sezilarli darajada orqada qoladilar. Ko‘pchilik bunga sabab asosiy ko‘nikmalarning moslashtirilmaganida deb biladi. Sabab nimada? Balki ularning biri ko‘p yillar davomida an’anaviy maktabda integrativ darslarga e’tibor berilmaganidadir?
Bu yerda bugungi kungacha yaratilgan integrativ kurslarning asosiy sinflari sanab o‘tildi. Lekin o‘quv fanlarini integratsiyasi jarayonida qator kamchiliklar ham bo‘lishi mumkin.
Birinchidan. Aytib o‘tilgan tabiiy integrativ kurslarni tuzish yo‘llari ko‘pincha bir-birini takrorlaydi va birga qo‘llaniladi, bu bilan yangi asoslar yaratilib, ularni tartibga keltirish, ilmiy asos yaratish qiyinlashadi.
Ikkinchidan. Integrativ kurslar fanlararo aloqaning o‘rnini bosa olmaydi. Bizning fikrimizcha, ular bu aloqaning tashkil etuvchilaridan biri.
Uchinchidan. Tabiiy ilmiy ta’limning optimal tuzilishi shundayki, integrativ kurslar o‘quv rejasining o‘zgaruvchan qismiga kirib, uning regional tashkil etuvchisi hisoblanadi.
To‘rtinchidan. To‘liq o‘quv metodik qo‘llanmalarning yo‘qligi integrativ kurslarning o‘quv jarayoniga tadbiq etilishida qiyinchiliklar tug‘diradi. Ularning avtorlari programma tuzib, umumiy metodik ko‘rsatmalar tuzishgandan so‘ng to‘xtab qoladilar.
Beshinchidan. Integrativ kurslar uchun o‘qituvchilarni rejali va maqsadga muvofiq tayyorlash tizimi hali yetilgani yo‘q.
Fan o‘qitishdagi integratsiya asosidagi ta’lim falsafasi. So‘nggi o‘n yilliklar ichida ta’lim falsafasi shunday ilmiy yunalishga aylandiki, u insonning ta’lim olish jarayonida yaxlit intellektual rivojlanishi hakidagi savolga javob taklif etmokda. Insonning ta’lim olish jarayonidagi kompleksli rivojlanishi ta’limning predmetli mazmuni tomonidan buzilgan. Ta’lim olayotgan yosh insonning rivojlaniiiish sharoitidagi qarama-qarshilikni amaliyotdagi pedagoglar aniqlashgan. Fan o‘qitishdagi integratsiya bo‘yicha ularning taklifi tashqi birikish xarakterga ega, aslida esa fanlarni integratsiyalashni chuqur metodologiya asosida o‘tkazish zarur. Yangi rivojlanayotgan fan mazmunida turli falsafiy oqimlarda paydo bo‘lgan g‘oya va metodlar birlashuvi extimoli bor. Ta’lim falsafasi tomonidan nafaqat tabiiy moslashuv, balki kontinental moslashuv xam o‘zlashtirilmoqda. Olimlardan T.Kun va V.S.Styopin bu boradagi ishlari natijasida falsafa tabiat va madaniyat xakidagi fanlarni birlashtirdi. Shunday qilib fizika modellariga zamonaviy inson ongi murojat etuvchi ilg‘or fanga aylandi. XXasr o‘rtalarida ilg‘or fanlar orasida kibernetika o‘rin egalladi. Kibernetikada o‘zlashtirilgan prinsiplar o‘z qo‘llanshini anorganik olamdagi xodisalarni tushuntirishda biologiya, texnikada topdi. Noklassik fizikadagi N.Borning qo‘shimchalilik prinsipi avval olimlar tomonidan umumiy tabiat qonuniyatlarini ifodalovchi falsafiy prinsip deb aniqlangan edi. Bu esa kelgusida boshka fanlar rivojlanishiga asos soldi. Qonuniyatlar majmuasi shakllanish vaqtiga kelib fan ko‘p qirrali bo‘la boshlaydi, inson obrazi ko‘proq gavdalanadi. Integratsiya protsessini kuchaytirishga, insoniyat tajribasini tartiblashtiruvchi madaniyag toifalariki izlashga zaruriyat tug‘iladi. Zamonaviy falsafa takdim etgan integratsiyaning poydevor tarkibiy elementlariga dunyokarash universaliyalar kiradi. Ular ma’poni anglash, tushunish va insonning dunyoni ko‘rish usulini belgilaydilar. Yosh insonning ijtimoiylashuviga maorif sistemasi yordamida ushbu madaniyat turiga kiritish unda dunyokarash universaliyalarni o‘zlashtirishga sharoit yaratilganda erishish mumkin. Individni madaniyatga kiritish, shaxsni shakllantirish dunyo manzarasiii to‘la o‘zlashtirishni ko‘radi. Universaliyalar asosidagi matritsalar turli aniq faoliyat, bilim, ideal, normaga asos bo‘ladi. Dunyokarash universaliyalar tizimi dunyoni umumiy ta’riflovchi toifalarni o‘z ichiga oladi. Ular tabiat, sotsial obektlarga, jonli va jonsiz tabiatga, inson va uning jamiyatdagi xayotiga, ma’naviyatiga, ongiga kiradi. Universal toifalar univsrsal qo‘llanish imkoniga ega. Bu toifalar: kenglik, vaqt, harakat, miqdor, sifat, sabab, tasodif, shaxs, inson, jamiyat, men, boshkalar, ong, go‘zallik, ishonch, adolat, erkinlik va h.k. Bo‘limlarga bo‘lingan ta’lim mazmunida universallar uning barcha qonuniyatlarini qamrab olishi lozim. Universallarning integratsion ahamiyati u madaniyatning barcha yo‘nalishlarida namoyon bœladi. Ularning o‘zlashtirilishi istalgan fanni o‘rganishda namoyon buladi [20; 8-b.]. Ular yordamida madaniyat, ijtimoiy tajriba insondan insonga, bir avloddan ikkinchisiga o‘tadi. Madaniyat universallari ushbu modelda inson ongining tuzilishi elementi shaklida aks etadi. Madaniyat universaliyalari mazmuni individ tomonidan uniig ta’lim olish jarayonida, shaxsiy shakllanishida, tarbiyasida va jamiyatdagi xayotida o‘zlashtirilishi lozim. Ular uning ichki intellektual salohiyati va tashki olamdagi hatti-xarakatining qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi, ong dunyosi va amaliy dunyo bog‘liqligi falsafaning rivojlanish darajasiga qarab unda metaforik fikrlashda aks etadi. Madaniyat universaliyalarini falsafiy o‘zlashtirish bosh formasidagi yo‘li turli ijtimoiy-madaniy yo‘lanishlarda namoyon bo‘ladi. Ta’lim falsafasi dunyoni ma’naviy o‘zlashtiradi. Adabiyot, madaniyat faoliyat yo‘nalishlari kabi ma’naviy ishlab chiqarish va universaliyalarni aniqlab etishdek murakkab protsess amalga oshiriladi. Farq shundaki, ta’lim falsafasida bu xodisa professional darajada, metodalogik jihozlangan tartibda ro‘y beradi. Kundalik fikrlash, ma’naviy anglash falsafiy madaniyat universaliyalarni ularni birlamchi shaklida paydo qiladi. Taxliliy ishlar mobaynida universal toifalar mazmuni murakkablashadi. Bu asosda yetarli murakkab va o‘ziga hos falsafiy g‘oya komplekslari rivojlanadi. Falsafa maydonida bo‘la turib toifalar anglash dunyosi obektiga aylanadi. Madaniyat universaliyalari falsafiy taxlil doirasida fikriy tajribalar o‘tkazish mumkin bo‘lgan o‘ziga hos ideal obektga aylanadi. Tabiat, jamiyat, inson o‘zining real dunyosi ma’naviy taxlili uchun ideal obektlar bilan ishlash zaruriyati shunga olib keladiki, bu obekt fikrlash metodlariga bog‘liq bo‘ladi. Universal (ko‘p hossali) toifalar anglash jarayonida moddiy ta’sirlanishga uchraydi. Natijada paydo bœlgan toifa turi faqatgina ta’siri universal toifalarni aniqlashga olib kelgan xaqiqatnigina aks etmay, balki fikrlashping ideal yo‘nalishini ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda pedagogik amaliyotda fanlararo bog‘lanish asosida ta’lim jarayoni integratsiya yo‘llarida izlanishlar davom etmokda. Olib borilayotgan ishning foydaliligini tan olgan holda uning xarakterini belgilab o‘tamiz. Bunday tarbiyaviy ish katta samaraga ega. Mazmun va ta’lim maqsadi integratsiyasi bo‘yicha masala faqat ta’lim falsafasi asosida yechish mumkin. Metodologik apparat asosidagi ta’lim falsafasi boshida fanning ideal normalari, universal toifalar turishi kerak. Integratsiya moda ham, navbatdagi kompaniya ham emas. U shunday tendensiyalar aksiki, ular bugun inson faoliyatining barcha sohalarini ta’riflab beradi. Bu faoliyat kengliklari o‘zgardi, zamonaning dolzarb muammolari tug‘ildi. Ular tabiat va inson yagona tizim va bog‘liqda mavjudligini yodga soladilar inson yashashi uchun ilmiy asoslangan foydalanishning tashkilini talab qiladilar. Zamonaviy tabiatshunoslik va texnikaning insonparvarligini, inson faoliyatining barcha turlarini o‘z ichiga olgan bu fanlarni meyetodologiyasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘lash kerak. Fanni anglash jarayonida ijtimoiy-insonparvarlik, tabiiy-ilmiy, texnik bilim metodologiyalari o‘zaro bog‘lanishda ko‘rinadi. Aynan integratsiya asosida tabiiy fanlar bioolam ko‘rsatmalaridagi, inson faoliyatini o‘rganishdagi, zamonaning dolzarb muammolarini yechishda ko‘rinadi. Xullas, bu tafovut munosabatlar o‘zgarishida va barcha maktab talablarining umummadaniy bilimlarida namoyon bo‘ladi. Integratsiya tabiiy-ilmiy ta’lim mazmunini insonparvarlashuvining asosiy mexanizmi bo‘lib chiqadi. Hozirgi kunda tabiiy-ilmiy ta’lim ahamiyatini baholab hulosalash mumkinki, u tabiiy- ilmiy xaqqoniylik va insonparvar ideallar birga bo‘lishiga da’vat etadi. Integratsion yondashuv qo‘llanishi tabiatshunoslik va tevarak-atrof bilan tanishuv kursida ko‘rsatilgan.


Download 59.52 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 59.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija: Kirish. I-bob. Pedagogik mahoratni shakllantirishda fanlararo integratsiyaning nazariy asoslari

Download 59.52 Kb.