• Kirish Foydali qazilmalarni boyitishning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
  • Kirish Asosiy qism foydali qazilma sifati haqida umumiy ma’lumot Foydali qazilmalarni tekshirish




    Download 0.97 Mb.
    bet1/4
    Sana07.03.2024
    Hajmi0.97 Mb.
    #168445
      1   2   3   4
    Bog'liq
    11-variant foydali qazilma sifati
    MatLab, Документ Microsoft Word, boshQARUV HISOBI, AYLANMA KORPUSLI TUPROQQA ISHLOV BERISH MASHINALARI, Adobe photoshop dasturida tasvirlar hozir qilish va ular ni tahrirlash, Янги ГП (2), IQTISODDDD111, Zebra 2, INSTRUKCION TEXNOLOGIYALÍQ KARTA, DI vedmost, ochiq kon ishlari texnalogiyasi va kompleks mexanizatsiyalsh, Tabiatshunoslikni o\'qitish maxsus metodikasi. Pulatova X.M., Virtual muzeylar o\'zbekcha, Uzоq muddаtli nоmоddiy аktivlаr hisоbi (MXA)

    Mavzu: Foydali qazilma sifati.
    Reja:

    1. Kirish

    2. Asosiy qism

    2.1 Foydali qazilma sifati haqida umumiy ma’lumot
    2.2 Foydali qazilmalarni tekshirish
    2.3 Foydali qazilmaning yo’qotilshi va qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuvu. III. Xulosa

    1. Foydalanilgan adabiyotlar


    Kirish


    Foydali qazilmalarni boyitishning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
    Foydali qazilmalarni boyitish qattiq foydali qazilmalarni boyitma, ya’ni sifati dastlabki ruda sifatidan yuqori, xalq xo‘jaligida keyingi ishlatish uchun qo‘yiladigan talablarga javob beruvchi mahsulot olish maqsadida qayta ishlovchi sanoat tarmogi hisoblanadi.
    Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi qimmatbaho (foydali) komponent, qo‘shimchalar, yo‘ldosh elementlarning miqdori, shuningdek, mahsulotning yirikligi va namligi bilan aniqlanadi.
    Qimmatbaxo komponent deb shu qimmatbaxo komponentni ajratib olish uchun foydali qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy birikmaga aytiladi. Masalan, mis, qo‘rq’oshin, temir, asbest misli, q’o‘rq’oshinli, temirli va asbestli rudalarda tegishli ravishda qimmatbaxo komponentlar hisoblanadi. Qo‘shimchalar foydali va zararl bo‘lishi mumkin.
    Foydali qo‘shimcha deb foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda mavjud bo‘luvchi, qimmatbaho komponentga ilashib uning sifatini yaxshilovchi va ajralishini osonlashtiruvchi element yoki tabiiy birikmalarga aytiladi.
    Zararli qo‘shimchalar deb foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda mavjud bo‘luvchi, qimmatbaxo komponentga ilashib uning sifatiga salbiy ta’sir etuvchi va ajralishini qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy birikmalarga aytiladi.
    Yo‘ldosh elementlar deb foydali qazilma tarkibida uncha katta bo‘lmagan miqdorda uchraydigan, foydali qazilma tarkibidan ajratish uni er qa’ridan asosiy qimmatbaxo komponent bilan birga qazib olinayotganligi uchungina iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofik bo‘lgan qimmatbaxo komponentlarga aytiladi. Masalan, polimetal rudalardagi nodir metallar, temirli rudalardagi boshqa rangli metallar, misli rudalardagi molibden va h.k. lar yo‘ldosh elementlarga kiradi. Boyitishda yo‘ldosh elementlar yo alohida mahsulotlarga, yoki asosiy qimmatbaho komponent bilan birga ajratilishi mumkin.
    Foydali qazilmaning va boyitish mahsulotlarining sifati ularda qimmatbaho komponentning miqdori qancha ko‘p va zararli qo‘shimchalarning miqdori qancha kam bo‘lsa shuncha yuqori bo‘ladi. Mahsulotning sifati qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha boy bo‘ladi, chunki ko‘p miqdorda qimmatbaxo komponent saqlaydi. Shuning uchun dastlabki rudaga nisbatan boyroq mahsulot – boyitma olish maqsadida foydali qazilmani qayta ishlash jarayonlari foydali qazilmalarni boyitish deyiladi.
    Ba’zan, mahsulotda foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati bo‘laklarning yirikligiga boq’liq.
    Foydali qazilma tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning miqdori ularga qo‘yiladigan talablardagidan past bo‘lmagan hollardagina ular to‘q’ridan-to‘q’ri metallurgik yoki kimyoviy qayta ishlashga tushadi. Foydali qazilmalarning ko‘pchiligi tabiiy holda bu shartlarga javob bermaydi. Foydali qazilmalarni qayta ishlash tsikliga boyitish operatsiyalarining kiritish qazib olinayotgan foydali qazilma tarkibidan boy mahsulot – boyitmani ajratishga va xom - ashyoni yuqori iqtisodiy samara bilan ishlatishga imkon beradi.
    Boyitish texnikasining zamonaviy xolatida erishish mumkin bo‘lmagan konditsiyalarni o‘rnatish mumkin emas. Qimmatbaho komponent miqdorining quyi chegarasiga, hamda zararli qo‘shimchalar miqdorining yuqori chegarasiga, shuningdek boyitmaning yirikligi va namligiga ham konditsiyalar belgilanadi.

    Download 0.97 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish Asosiy qism foydali qazilma sifati haqida umumiy ma’lumot Foydali qazilmalarni tekshirish

    Download 0.97 Mb.