• 2.3 Foydali qazilmaning yo’qotilshi va qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuvu.
  • Kirish Asosiy qism foydali qazilma sifati haqida umumiy ma’lumot Foydali qazilmalarni tekshirish




    Download 0.97 Mb.
    bet3/4
    Sana07.03.2024
    Hajmi0.97 Mb.
    #168445
    1   2   3   4
    Bog'liq
    11-variant foydali qazilma sifati
    MatLab, Документ Microsoft Word, boshQARUV HISOBI, AYLANMA KORPUSLI TUPROQQA ISHLOV BERISH MASHINALARI, Adobe photoshop dasturida tasvirlar hozir qilish va ular ni tahrirlash, Янги ГП (2), IQTISODDDD111, Zebra 2, INSTRUKCION TEXNOLOGIYALÍQ KARTA, DI vedmost, ochiq kon ishlari texnalogiyasi va kompleks mexanizatsiyalsh, Tabiatshunoslikni o\'qitish maxsus metodikasi. Pulatova X.M., Virtual muzeylar o\'zbekcha, Uzоq muddаtli nоmоddiy аktivlаr hisоbi (MXA)
    2.2 Foydali qazilmalarni tekshirish
    Tekshirish deganda foydali qazilmalami olish va uning kimyoviy tarkibi va boshqa sifat ko’rsatkichlarini aniqlash uchun tahlil qilish tushuniladi. Tekshirish detalli va ekspluatastion, shuningdek konning razvedka qilish va qazib olish jarayonida amalga oshiriladi. Tekshirish ishi qazilma konturlarini aniqlash, foydali qazilma turlarining massivdagi tarkibini aniqlash, qazib olishning barcha bosqichidagi foydali qazilmaning sifatining o’zgarishini nazorat qilish va boshqalami o ’z ichiga oladi. Ekspluatastion razvedka natijasida va portlatish skvajinalarini tekshirish natijasida kon ishlarining boshlang’ich va joriy holati aniqlanadi va rejalashtiriladi. Qazib olish ishlarida amalga oshiriladigan ekspluatastion tekshirish asosida selektiv qazib olishga qaratilgan qazilmalami konturlash amalga oshiriladi (har bir eksplutastion blokda har bir alohida qazib olinadigan foydali qazilma va tog’ jinsi qatlamalarida), har bir portlatish bloki bo’yicha sifat ko’rsatkichlari o’m atiladi, seletkiv qazib olishda yuklash-tashish ishlarini operativ boshqarish amalga oshiriladi, iste’molchilarga tashiladigan mahsulotning sifati nazorat qilinadi. Tekshirishlar kernali, shlamli, borozdli, zadirkali va nuqtali bo’ladi. Kernali tekshirish kolonkali razvedka burg’ulanishida qo’llaniladi. Skvajinaning har qanday chuqurligida foydali qazilmaning sifatini nazorat qilish imkoni bo’lganligi uchun bu usul nisbatan ko’p qo’llaniladi. Lekin bu usul nisbatan murakkab va qimmat. Shu sababli uni katta qiymatli qazilmalami qazib olishda detail! va ekspluatastion tekshirishda qo’llaniladi. Shlamli tekshirish nazorat va portlatish skvajinalarini burg’ulashda amalga oshiriladi. Bu usul nisbatan oson va arzon hisoblanadi. Shlamli tekshirishlar soni burg’ulanadigan blok geologik tuzilishiga bog’liq bo’ladi: temir rudalari karyerlarida aloqa zonalarida probalar 2-3m dan olinadi, rangli metallurgiya karyerlarida - l-2m da. Bir turli maydonlarda har bir portlatish skvajinasidan bitta proba olinadi. Borozdli tekshirishda pog’ona yuzasidan ishlar frontiga ko’ndalang bo’lgan holda 5-25m oraliqda portlatish blokining butun kengligi bo’yicha yoki qazilmaning butun qalinligi bo’yicha kengligi 20-30sm va chuqurligi 10-20sm bo’lgan borozdalar o ’tkaziladi (doimiy ko’ndalang kesimli). Borozdli tekshirish ochiq yuzadagi aloqalami aniqlashga xizmat qiladi, lekin blok hajmidagi qazilma konturlarini aniqlashga yordam bermaydi. Zadirkali tekshirish borozdli tekshirishning bir turi hisoblanadi. U asosan ekskavator yordamida qalinligi pog’ona balandligi bo’yicha 10-30sm bo’lgan foydali qazilma qatlamini tekis yuzani olish bilan amalga oshiriladi. Nuqtali tekshirish foydali qazilmani qazib olishda nazorat qilish uchun va transport vositalariga yuklanadigan foydali qazilmaning sifatini nazorat qilishda amalga oshiriladi. Probalar portlatilgan kon massasi yig’imining alohida nuqtalaridan, tayyor mahsulot omborlaridan va transport vositalaridan olinadi. Foydali qazilma omborlaridan va transport vositalaridan probalami olish uchun maxsus proba olgichlar ishlab chiqilgan, ular ishni ancha osonlashtiradi. Probalami olgandan keyin foydali qazilmani sifatini aniqlash uchun uni keyingi tekshirilish amalga oshiriladi. Yuqorida ko’rilgan tekshirishlarning umumiy kamchiligi bu, ulaming katta kuch talab qilishi, probalar olish va tahlillami tekshirish ishlarining alohidaligi sababli ma’lumotning kam ishonchli ekanligi, mahsulotning sifatini nazorat qilishni murakkablashtiruvchi ma’lumotlaming tez etib kelmasligidir. Bu kamchiliklar katta miqdorda fizik-texnik tekshirish usullaridan foydalanganda yo’qotilishi mumkin. Fizik-texnik tekshirishda tekshirish proba va tahlillarsiz bevosita tog’ jinsi uyuumlarida, transport vositalarida amalga oshiriladi va quyidagi xususiyatlarda amalga oshiriladi: yader-fizik, magnitli, elektrik va boshqa tog’ jinsi xususiyatlaridan foydalangan holda. Bu usullarga magnit ta’sirli karotaj, radioaktiv karotaj, gamma-gamma usul, rentgenradiometrik usul, neyron usul, spekrtrofotometrik, emission, massospektral va boshqalar kiradi.
    2.3 Foydali qazilmaning yo’qotilshi va qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuvu.
    Foydali qazilmaning yo’qotilishi sonli va sifatli (qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuvi) bo’ladi. Sonli yo ’qotilishlar - foydali qazilmaning er qarida qoldirilgan, yuklash joylarida yo’qotilgan, qayta yuklashda, omborlarga cho’zishda va transport aloqalarida, shuningdek ag’darmalarga chiqarilgan zaxiralari qismi. Sifatli y o ’qotilishlar (qoplovchi tog' jinsi bilan aralashuvi) - qazib olingan foydali qazilmaning tarkibi er qaridagi foydali qazilmaning tarkibiga qaraganda pasayishi. Qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuv foydali qazilmalar qazib olinadigan maydonlarda qoplovchi tog’ jinslari hosil bo’lishi, sanoat tarkiblarga sanoat bo’lmagan tarkiblaming aralashuvida, shuningdek qimmatli turlarning uncha qiymatga ega bo’lmagan qiymatlar bilan aralashuvda amalga oshadi. Sonli va sifatli yo’qotishlar umumiykaryer va ekspluatastion turlarga bo’linadi. Umumiy karyer yo’qotishlariga balans zaxiralarining proekt bilan qazib olish ko’zda tutilmagan qismlari kiradi (karyerlar orasidagi chegara butunliklarida, kapital kon lahilmaridagi himoya butunliklarida, kontexnik inshootlarda va boshqalarda). Ekspluatastion yo’qotishlarga qazib olish davridagi kondistion rudalarning yo’qotilishi kiradi. Foydali qazilmaning massivdagi va massivdan ajratilgan holdagi yo’qotilishi mavjud. Massivdagi yo’qotishlarga karyer maydoni ichidagi butunliklarda bo’lgan yo’qotishlar (qazib olishning texnologik sxemasi bo’yicha qoldiriladigan), qazilmaning yotgan va osilgan yonidagi yo’qotishlar, ko’chkilar zonalarida, geologik buzulishlar butunliklaridagi yo’qotishlar kiradi. Massivdan ajratilgan foydali qazilma yo’qotishlariga alohida qazib olishdagi zaboydagi yo’qotishlar, foydali qazilmalaming tushib qolishi oqibatida ichki ag’darmalarda (qayta ekskavastiyada, yuklash joylarida, omborlarga cho’zishda, ajratish va tashishda) yo’qotishlar kiradi. Foydali qazilmaning er qaridan qazib olinishining to’liqligini nazorat qiluvchi belgi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

    Foydali qazilmani yo’qotish va aralashuvini kamaytirish bo’yicha ishlar karyemi proekt qilishda va foydalanish davrida amalga oshiriladi. Karyemi proektlash kuzatuv ishlari asosida amalga oshirish kerak, shunda karyemi qazib olish tizimini tanlash va ulaming elementlarini aniqlash osonlashadi. Qiya va tik qiya konlami qazib olishda yo’qotishlami kamaytirish uchun konlami qazilmaning osilgan tomonidan qazib olish amalga oshiriladi. Mobil transport turlaridan foydalanish (misol uchun, avtomobil transporti) murakkab tuzulishli qazilmalami qazib olishda yo’qotishlami kamaytirishga yordam beradi. Konlardan foydalanishda yo’qotishlami kamaytirish yangi va zamonaviy texnologiyalami joriy qilish bilan amalga oshadi, bunda konlarda alohida qazib olish amalga oshirilishi mumkin. Shunday qilib, karyerlarda teskari mexanik kuraklar, gidrvlik ekskavatorlar, g’ildirakli skreperlar bilan majmuada yumshatgichlardan foydalaniladi. Foydali qazilmalami qazib olishda ulaming nisbatan to’liq qazib olinishi uchun avval marksheyder ishlarini amalga oshirgan holda maydonning tuzilishini, dezyunktiv o’zgarishlami nazorat qilish va boshqa hollarga e’tibor berish kerak. Shunda foydali qazilmaning yo’qotishlari kamayadi va sifati oshadi. Konlami qo’shimcha qazib olish maxsus transport turlari va uskunalar bilan, karyeming yopilgan bortlarida, karyer tubida, himoyaviy va chegara butunliklarida minimal foydali qazilma qolishini ta’minlagan holda amalga oshiriladi. Misol uchun, kon ishlarini yotgan ko’mir maydonlarida tugatish uchun shnekburg’ulash uskunalaridan (rasm. 10.1), tik qiya plastlarda - draglaynlardan (rasm. 10.2) foydalanish mumkin.

    10.1-rasm .. K on ish larin i tu g atish d a shnekli b u rg ’ulash m ash in a la rid an foydalangan holda qazib olish sxem asi: 1 - shnekli burg’ulash m ashinasi; 2 - karyer bortining oxirgi holati; 3 - ko’m ir qatlami

    10.2. R asm .. T ugatilg an kon ish larid a k o ’m irni draglayn y ordam ida qazib olish sxem asi: 1 - draglayn; 2 - avtosam osval; 3 - ko’m ir plasti
    10.4. QAZIB OLINGAN FOYDALI QAZILMANING SIFATIGA QAZIB OLISH TEXNOLOGIYASI VA MEXANIZATSIYASINING TA’SIRI
    Karyerlarda qo’llaniladigan mexanizatsiyalash vositalari va asosiy qazib olish ishlarini bajarish usul lari katta miqyosda qazib olingan foydali qazilma sifatiga, yo’qotishlar darajasiga va boshqa jinslar bilan aralashuviga ta’sir qiladi. Bu ta’sir katta m iqyosda murakkab tuzulishli konlami qazib olishda, qazib olinadigan kon massasi bir necha murakkab zaboylar holatida ko’ringanda ko’rinadi. Murakkab zaboylaming barcha turlari ulaming turlariga hos ko’rinishda bo’lishi mumkin (rasm. 10.3). I-turga balandligi bo’yicha ikkita va undan ortiq gorizontal va yotgan holda joylashgan alohida qazib olinadigan qatlamli foydali qazilma va qoplovchi tog’ jinsi bo’lganda yoki qayta ishlanadigan foydali qazilmalaming turli turlari bo’lgan zaboylar kiradi. Bu zaboy turlari bir qancha ko’mir, fosforit va qurilish materiallari konlarida ko’rinishi mumkin.

    10.3-rasm.. M urakkab tuzilishli zaboy turlari: a, b - l-tur; v, g - 2-lur; d ,e - 3-lw; 1 - qoplovchi log 'jinsi; 2 - ruda 2-tur zaboylariga harakatlanadigan tik qiya va qiya qatlamli foydali qazilma va bo’sh tog’ jinslari yoki alohida qayta ishlanadigan foydali qazilma turlari kiradi. Bunday zaboylar ko’pincha qo’rg’oshin-ruh, mis-molibden, fosforit, asbest karyerlarida va Kuzbass ko’mir karyerlarida ko’p uchratiladi. 3-tur zaboylariga turli turdagi foydali qazilmalar ketma-ketlikda joylashmagan holadagi zaboylar kiradi. Bunday turdagi zaboylar bir qancha temir rudalari konlarida va rangli metal konlarida uchraydi. Qazilmalaming murakkab yotish holatlarida, qazilmaning o’lchamlarining katta o’zgarishida, foydali qazilmaning sifat ko’rsatkichlarining katta darajada o ’zgarishi va turli boshqa omillarning ta’sirida (asosiy jarayon uskunalarining texnik qobiliyatilari, iste’molchilaming sifatga bo’lgan talabi va boshqalar) qazib olishning alohida jarayonlarini tashkil qilish samarali, kerakli sifat ko’rsatkichlarini bera oladigan bo’lishi kerak. Qoyasimon va yarim qoyasimon tog’ jinslari ko’rinishida bo’lgan murakkab zaboylarga birinchi o ’rinda burg’ulash - portlatish yumshatishiga kuchli talablar qo’yiladi. Murakkab zaboylarda birlamchi maydalashni nazorat qilish foydali qazilmaning yo’qotilishini va ulaming qoplovchi tog’ jinslari bilan aralashuvini nazorat qilishning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Alohida yumshatish deganda, turli vaqtda turli turdagi foydali qazilmalaming yoki foydali qazilma va qoplovchi tog’ jinsining alohida portlatish bilan yumshatilishi tushuniladi. Tog’ jinsining birinchi turi portlatilgandan keyin uning ikkinchi turi yoki tog’ jinsi birinchisi to’la tashib bo’lingandan keyin portlatiladi. Burg’ulash portlatish ishlarining parametrlari va tashkil qilinishi qazib olinadigan zaboyning murakkabligi bilan belgilanadi. Amaliyot alohida portlatishning eng yaxshi ko’rsatkichlari qiya portlatish skvajinalarini portlatish bilan, ayniqsa ishlar frontining osilgan yon bilan kelganda erishilishini ko’rsatadi (rasm. 10.4). Nisbatan qalin qazilmalami qazib olishda vertikal skvajinalardan foydalaniladi.

    10.4-rasm .. M u ra k k a b tuzilishli zaboy larn i yum shatish usullari: a - qiya skvajinalardan foydalangan holda alohida yumshatish; b - o ’sha, vertikal skvajinalardan foydalangan holda; v - qiya skvajinalardan foydalangan holda bir vaqtda portlatish; g - vertikal skvajinalardan foydalangan holda qisilishda portlatish Bir vaqtda yumshatish asosan turli sortli rudalar noto’g ’ri tuzulishga ega bo’lganda va yotishning doimiy bo’lmagan elementl^rida, ya’ni alohida portlatish va yumshatish turli sortli rudalami selektiv qazib olish imkonini bermaganda qo’llaniladi. Bir vaqtdagi yumshatishda, portlatish vaqtida kon massalarining aralashuvining minimal holatiga erishilishini ta’minlash kerak, ya’ni tabiiy portlatiladigan blokning minimal o’zgarishiga harakat qilish kerak. Bu tog’ jinsi yig’imining minimal kengligida va qisilishda portlatishda erishiladi. Aralashuv darajasi qatlamning pog’onaga nisbatan joylashish balandligiga bog’liq bo’ladi. Minimal aralashuvga pog’onaning pastki qismida erishiladi (rasm. 10.4). Qisilishdagi portlatish shuningdek qatlamlaming minimal siljishini ta’minlaydi, bunda ruda qatlamining tog’ jinsi bilan aralashuvi minimal bo’ladi va selektiv qazib olishga yaxshi sharoitlar yaratiladi. Murakkab zaboylarda qazish-yuklash ishlari shuningdek bir qancha o’ziga hosliklarga ega. Ular qazib olinadigan foydalp qazilmaning sifatiga oxirgi ta’simi ko’rsatadi. Qoyasimon tog’ jinslari ko’rinishida bo’lgan murakkab qatlamlami qazib olishda asosan avtomobil va temiryo’l transporti bilan majmudagi bir cho’michli ekskavatorlardan foydalaniladi. Bunday hollarda bir cho’michli yuklagichlar ham keng qo’llaniladi. Murakkab zaboylarda portlatilgan tog’ jinslarini qazib olishning o’ziga hosliklari ularning transformastiyasi bilan (portlatish vaqtida) bog’liq, bu esa tekshirishlar natijasini va birlamchi geologik-marksheyder hujjatlaridan foydalanishni murakkablashtiradi, shuningdek foydali qazilmaning tog’ jinsi bilan qo’shimcha aralashuviga olib keladi va rudalaming turli sortlarining chiqishi bilan xarakterlanadi. Bunday hollarda oddiy valli qazib olish tog’ jinslari aralashuvining oshishiga olib keladi va kondistion bo’lmagan tog’ jinslari chiqishiga, shuningdek umumiy yo’qotishlami oshishiga olib keladi. Bu mahalliy va chet el karyerlarida selektiv qazib olish va yuklashning qo’llanilishiga olib keladi. Portlatilgan murakkab zaboylarda selektiv qazib olish oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy selektiv qazib olish turli sortdagi foydali qazilmalami ishlar fronti bo’yicha vertikal yuzalarga ajratmasdan alohida qazish va yuklashni nazarda tutadi (rasm. 10.5). Bu usul asosan fosforit, qo’rg’oshin-ruh, mis ruda konlarida, asbest va temir rudalari konlarida keng qo’llaniladi. Amaliyot ko’rsatadiki, oddiy selektiv qazib olishda ekskavatoming unumdorligi valli qazib olishdan ko’ra 15-25% kam bo’ladi. Murakkab selektiv qazib olish turli tarkibli kon massasini va tog’ jinslarini pog’ona balandligi bo’yicha ajratishga asoslanadi (rasm. 10.6), bunda asoslangan qazib olish va turli turdagi murakkab holdagi qazilmalami tashish ta’minlanadi.

    10.5-rasm .. O ddiy selektiv qazib olish sxem asi: a - tor ekskavator zaxodkalar bilan; b - norm al kenglikdagi zaxodkalar bilan; v - pog’ona]i usul bilan; sonlar bilan qazib olishning ketm a-ketligi ko’rsatilgan
    10.6-rasm .. T u rli uch q atlam lard ag i alo h id a qazib olish sxemasi (sonlar bilan qazib olishning ketm a-ketligi k o ’rsatilgan) Amaliyot shuni ko’rsatadiki, murakkab selektiv qazib olishda ekskavatoming unumdorligi qazib olinadigan zaboylar qazib olinishi murakkabligiga ko’ra 30-35% va undan yuqoriga kamayadi. Shu sababli qoyasimon va yarim qoyasimon tog’ jinslarini selektiv qazib olishda qatlamsimon massivlarda hozirgi kunda ko’proq mobil bo’lgan uskunalardan foydalanilmoqda, ular o ’z ichiga yumshatgichlar, buldozerlar va o’zi yurar bir cho’michli yuklagichlami oladi. M urakkab massivlami selektiv qazib olishning nisbatan oson usuli avtomobil transportidan foydalanishda erishiladi. Temiryo’l transportidan foydalanishda murakkab massivlami alohid? qazib olishda murakkabliklar foydali qazilmalami birlamchi shtabelga yotqizishda, ularni sortlarga ajratgan holda vagonlarga yuklashga bog’liq bo’ladi. Konveyer transporti asosan turli kelib chiqishli tog’ jinsini alohida qazib olish va tashish imkonini bermaydi.
    Xulosa
    Foydali qazilma turli minerallarning murakkab kompleksi hisoblanadi. Foydali qazilmada qimmatbaho komponent ko‘pincha tegishli mineralning tarkibida uchraydi. Masalan, mis misli rudalarda mis saqlaydigan minerallar: xalkopirit, bornit, kovellin va h.k. lar tarkibiga kiradi. Kamdan – kam hollarda qimmatbaho komponent toza (tug‘ma) holda uchraydi, masalan, nodir metallar, olmos, grafit va h.k. Qimmatbaho komponent saqlovchi minerallar foydali minerallar deyiladi. Qimmatbaho komponent yoki foydali qo‘shimcha saqlamaydigan minerallar puch tog‘ jinslari deyiladi.
    Bu erda foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog‘ jinslari tushunchalarining nisbiyligini ta’kidlab o‘tish lozim. Mineralning bu tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan turigagina boq’liq. Bitta mineralning o‘zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida esa puch tog‘ jinsi bo‘lishi mumkin. Masalan, kvarts keramika sanoati uchun foydali mineral hisoblanadi, rangli va qora metal rudalarida esa puch tog‘ jinsi va xatto zararli qo‘shimcha hisoblanadi.
    Boyitish texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi, shuningdek xalq xo‘jaligining ma’lum hom-ashyoga bo‘lgan ehtiyoji ortib borishi bilan u yoki bu foydali qazilmada mavjud bo‘lgan minerallar puch tog‘ jinslari razryadidan foydali mineral razryadiga o‘tishi mumkin.
    Foydali qazilmadan qimmatbaho mineralni ajratib olish uni tashkil qiluvchi mineralarning kimyoviy o‘zgartirishlarga uchratish natijasida sodir bo‘ladi: minerallardan metallar qo‘yiladi, apatit super-fosfatga aylanadi va h.k. Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining bunday qayta ishlanishi metallurgik, kimyo, keramika, shisha, tsement, lak – bo‘yoq va boshqa sanoat korxonalarida amalga oshiriladi.
    Foydali qazilmalarni boyitish – minerallarning kimyoviy o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan mexanik qayta ishlashdir. Minerallarning kimyoviy tarkibi boyitishgacha va boyitishdan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi. Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishi minerallarni ajratish orqali amalga oshiriladi.

    Download 0.97 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish Asosiy qism foydali qazilma sifati haqida umumiy ma’lumot Foydali qazilmalarni tekshirish

    Download 0.97 Mb.