• 5. 3 Foydali qazilmaning yo’qotilshi va qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuvu. Kirish Xulosa
  • 1. Foydali qazilma nima. Qoplovchi tog’jinlari haqida tushuncha. Qoplovchi jinslarning sifat ko’rsatkichlari




    Download 0.97 Mb.
    bet1/4
    Sana20.04.2024
    Hajmi0.97 Mb.
    #203051
      1   2   3   4
    Bog'liq
    3-mavzu Foydali qazilma va qoplovchi jinslarning sifat ko’rsatkichlari.
    2 mavzu, 10 MAVZUTog’ jinsini qazib olishga tayyorlash usullari. Mexanik usulda qazib olishga tayyorlash, 6-mavzu Kon ishlari rejimi va ochish koeffitsienti haqida tushuncha, 1 mavzu, 4- mavzu Karyerning bosh parametrlari

    Foydali qazilma va qoplovchi jinslarning sifat ko’rsatkichlari.

    Reja:
    1.Foydali qazilma nima.
    2.Qoplovchi tog’jinlari haqida tushuncha.
    3.Qoplovchi jinslarning sifat ko’rsatkichlari.
    4. Foydali qazilma sifati haqida umumiy ma’lumot
    5. 3 Foydali qazilmaning yo’qotilshi va qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuvu.

    1. Kirish

    2. Xulosa

    3. Foydalanilgan adabiyotlar


    Kirish


    Foydali qazilmalarni boyitishning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
    Foydali qazilmalarni boyitish qattiq foydali qazilmalarni boyitma, ya’ni sifati dastlabki ruda sifatidan yuqori, xalq xo‘jaligida keyingi ishlatish uchun qo‘yiladigan talablarga javob beruvchi mahsulot olish maqsadida qayta ishlovchi sanoat tarmogi hisoblanadi.
    Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi qimmatbaho (foydali) komponent, qo‘shimchalar, yo‘ldosh elementlarning miqdori, shuningdek, mahsulotning yirikligi va namligi bilan aniqlanadi.
    Qimmatbaxo komponent deb shu qimmatbaxo komponentni ajratib olish uchun foydali qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy birikmaga aytiladi. Masalan, mis, qo‘rq’oshin, temir, asbest misli, q’o‘rq’oshinli, temirli va asbestli rudalarda tegishli ravishda qimmatbaxo komponentlar hisoblanadi. Qo‘shimchalar foydali va zararl bo‘lishi mumkin.
    Foydali qo‘shimcha deb foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda mavjud bo‘luvchi, qimmatbaho komponentga ilashib uning sifatini yaxshilovchi va ajralishini osonlashtiruvchi element yoki tabiiy birikmalarga aytiladi.
    Zararli qo‘shimchalar deb foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda mavjud bo‘luvchi, qimmatbaxo komponentga ilashib uning sifatiga salbiy ta’sir etuvchi va ajralishini qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy birikmalarga aytiladi.
    Yo‘ldosh elementlar deb foydali qazilma tarkibida uncha katta bo‘lmagan miqdorda uchraydigan, foydali qazilma tarkibidan ajratish uni er qa’ridan asosiy qimmatbaxo komponent bilan birga qazib olinayotganligi uchungina iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofik bo‘lgan qimmatbaxo komponentlarga aytiladi. Masalan, polimetal rudalardagi nodir metallar, temirli rudalardagi boshqa rangli metallar, misli rudalardagi molibden va h.k. lar yo‘ldosh elementlarga kiradi. Boyitishda yo‘ldosh elementlar yo alohida mahsulotlarga, yoki asosiy qimmatbaho komponent bilan birga ajratilishi mumkin.
    Foydali qazilmaning va boyitish mahsulotlarining sifati ularda qimmatbaho komponentning miqdori qancha ko‘p va zararli qo‘shimchalarning miqdori qancha kam bo‘lsa shuncha yuqori bo‘ladi. Mahsulotning sifati qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha boy bo‘ladi, chunki ko‘p miqdorda qimmatbaxo komponent saqlaydi. Shuning uchun dastlabki rudaga nisbatan boyroq mahsulot – boyitma olish maqsadida foydali qazilmani qayta ishlash jarayonlari foydali qazilmalarni boyitish deyiladi.Ba’zan, mahsulotda foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati bo‘laklarning yirikligiga boq’liq.Foydali qazilma tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning miqdori ularga qo‘yiladigan talablardagidan past bo‘lmagan hollardagina ular to‘q’ridan-to‘q’ri metallurgik yoki kimyoviy qayta ishlashga tushadi. Foydali qazilmalarning ko‘pchiligi tabiiy holda bu shartlarga javob bermaydi. Foydali qazilmalarni qayta ishlash tsikliga boyitish operatsiyalarining kiritish qazib olinayotgan foydali qazilma tarkibidan boy mahsulot – boyitmani ajratishga va xom - ashyoni yuqori iqtisodiy samara bilan ishlatishga imkon beradi. Boyitish texnikasining zamonaviy xolatida erishish mumkin bo‘lmagan konditsiyalarni o‘rnatish mumkin emas.
    Foydaliqazilmaboyliklarigaxо‘jalik, qurilish, sanoatvailmiymaqsadlaruchunqazibolinadiganvaxomashyoholidayokiqaytaishlangandansо‘ngishlatiladiganbarchaturdagitog‘jinslarikiradi. Qaziboluvchivaqaytaishlovchitexnikalarningrivojlanishibilankupginaqoplovchitog‘jinslaridanfoydaliqazilmalarkabifoydalanaboshlandivabularningsoniyildan-yilgaoshibbormoqda.
    Foydaliqazilmalarquyidagilargaajratiladi:

    • metall (qora, rangli, asil, radiaktiv, va nodir metall ma’danlari);

    • nometall (metallurgiya, ximiya va boshqa sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo);

    • yonuvchi (kо‘mir, yonuvchi slanetslar, torf va boshqalar);

    • qurilish tog‘ jinslari (ohaktoshlar, marmarlar, granitlar, shag‘al, qum va boshqalar).

    Foydalanishga yaroqliligini va iqtisodiy samaradorligini aniqlovchi xususiyatlar majmuiga foydali qazilma sifati deyiladi. Masalan, kо‘mirlar uchun: tarkibidagi kul mikdori (zolnost), namlik miqdori, bо‘lakligi, mineral aralashmalar miqdori, oltingugurt miqdori, yonish xarorati va boshqalar, ma’danli foydali qazilmalar uchun esa-meyorlangan ximiyaviy elementlarning foizdagi xisobi, strukturaviy va teksturaviy xossalari va boshqalar sifat kо‘rsatkichlari hisoblanadi.
    Foydali qazilmalarning ba’zi sifat kо‘rsatkichlari asosiy hisoblanib, foydali kо‘rsatkichlar, boshqalari esa, ularni qayta ishlash va ulardan foydalanishni qiyinlashtiruvchi bо‘lib, zararli kо‘rsatkichlar hisoblanadi. Masalan: rangli metall rudalari uchun foydali kо‘rsatkichlar, bu – ajratib olinadigan metallar tarkibi, zararlilari esa – mishyak, ikkilamchi sulfidlar miqdori, yuqori namlik va boshqalarhisoblanadi.
    Foydali qazilma sifati geologik qidiruv davrida aniqlanadi va foydalanish jarayonida barcha uchastkalarda zaboydan iste’molchilarga yetkazib berishgacha bо‘lgan barcha texnologik jarayonlarda uzluksiz nazorat qilib boriladi.
    Foydali qazilma sifatiga talab.
    Foydali qazilma sifatiga talab konditsiya, texnik shart va davlat standartlari kо‘rinishida ifodalanadi. Konditsiya – yetkazib beriladigan mahsulotning shartnoma shartiga yoki meyor talablariga javob beradigan (qiymati) kо‘rsatkichidir. Kon ishlarida konditsiyadan cheklanish yо‘qolish (poteri) va aralashuv (razubojivaniye) bilan baholanadi.
    Yо‘qolish (poteri) – konditsion foydali qazilmalarning yer qa’rida qolib va qoplovchi jins tarkibiga qо‘shilib ketishi, yuklash va tashish oqibatida hamda boshqa hollarda hajmning kamayishidir.
    Aralashuv (razubojivaniye) – kon ishlarini olib borish jarayonida qoplovchi jinslarning va konditsiya talabiga javob bermaydigan foydali qazilmalar turlarining konditsiya talabiga javob beruvchi foydali qazilmaga aralashuv darajasini belgilaydi.
    Iste’molchilarning talablari va sifatiga bog‘liq xolda foydali qazilmalar zaxirasi texnologik tur va navlarga bо‘linadi. Bu tur va navlar odatda qazib olishning turli texnologiyalarini talab etadi va ba’zan ularni karyerda alohida qazib olish zarurati paydo bо‘ladi.
    Ma’dan turi ximiya-mineralogik tarkibi va boshqa kо‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Ma’dan navlari undagi foydali komponent tarkibi bо‘yicha aniqlanadi. Ba’zan esa, zararli komponentlar tarkibi bо‘yicha ham aniqlanadi.
    Foydali qazilmaning xar bir turi va navi bо‘yicha о‘zining sanoat talablari mavjuddir. Bu talablarning asosini ulardan kelgusida foydalanish va qayta ishlash shartlari tashkil etadi. Mahsulot sifatiga bо‘lgan bu talablarni qayta ishlash jarayonidagi texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlar kafolatlaydi. Foydali qazilmaning berilgan sifatidan chekinish, uni qayta ishlashga ketadigan xarajatning о‘sishiga olib keladi. Bu esa о‘z navbatida samaradorlikni pasayishiga olib keladi.
    Foydali qazilmani boyitish fabrikalarida qayta ishlash jarayonida konchilik sanoatining yakuniy samaradorligiga erishiladi. Shuning uchun ham karyerda kon ishlarining ishlab chiqarish jarayonida iste’molchiga yetkazib beriladigan foydali qazilma sifatiga katta ahamiyat beriladi.
    Qoplovchi tog‘ jinslari nafaqat texnologik xususiyatlari bilan balki, sifat kо‘rsatkichlari bilan ham xarakterlanadi. Bu sifat kо‘rsatkichlari qoplovchi tog‘ jinslaridan korxonalarda qurilish materiallari yoki xom ashyo sifatida foydalanishda alohida о‘ringa egadir. Bundan tashqari ba’zi tog‘ jinslari istiqbolli foydali qazilma sifatida ham baholanadi. Ular alohida qazib olinishi va kelajakda foydalanishni hisobga olib, maxsus ag‘darmalarga joylashtirilishi kerak.
     Yer poʻstida qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida toʻplangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga koʻra sanoatda ishlatishga yarokli boʻlgan tabiiy mineral moddalar. Foydali qazilmalar turli konlarni hosil qiladi. Paydo boʻlish sharoitiga koʻra Foydali qazilmalar konlari seriyalar — sedimentogen (gipergen), magmatogen (gipogen) va metamorfogen konlarga bulinadi (qarang Gipergen konlar, Gipogen konlar, Metamorfogen konlar). Geologik davr jihatidan Foydali qazilmalar konlari ichida arxey, proterozoy, rifey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yoshidagi konlar farq qilinadi. Shakllanish joyi jihatidan geosinklinal (burmalagan oblastlar) va platformalardagi konlar boʻladi. Qanday chuqurlikda paydo boʻlishiga koʻra, Foydali qazilmalar konlari ultraabissal (10-15 km dan chuqur), abissal (3-5 km dan chuqur), gipabissal (1,5 km chuqurlikda joylashgan) konlarga boʻlinadi. Foydali qazilmalar uch guruhga: metall, nemetall va yonuvchilarga boʻlinadi. Metall Foydali qazilmalar sof metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, shuningdek, nodir yer elementlaridan iborat. Nemetall Foydali qazilmalarga konchilikkimyo xom ashyosi (turli tuzlar, gips, barit, oltingugurt, fosforitlar, apatitlar), olovbardosh, elektrotexnik, pyezooptik, issikdik va tovushni izolyatsiya qiluvchi, kislota va ishqorlarga chidamli xom ashyo, qurilish materiallari, qimmatbaho va texnik toshlar kiradi. Neft, yonuvchi gaz, toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, torf, yonuvchi slanetslar yonuvchi Foydali qazilmalarga mansub. Fizik holatiga koʻra, qattiq (qazilma koʻmirlar, rudalar, noruda Foydali qazilmalar), suyuq (neft, mineral suvlar) va gazsimon (yonuvchi tabiiy va inert gazlar) Foydali qazilmalar boʻladi. Mineral resurslar mamlakat, qitʼa yoki butun dunyo zaminidagi Foydali qazilmalar yigʻindisi boʻlib, sanoat ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari (energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish) taraqqiyoti negizi hisoblanadi. Mineral resurslar sanoatda ishlatilishiga qarab, bir qancha guruxlarga ajratiladi: a) yoqilgʻi energetika resurslari (neft, tabiiy gaz, kazilma kumir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari); b) kora va rangli metallurgiya xom ashyosi hisoblangan ruda resurslari (temir va marganets rudalari, xromit, boksit, mis, qoʻrgʻoshinrux, nikel, volfram, molibden, qalay, surma rudalari, nodir metallar rudalari va boshqalar); v) konchilikkimyo xom ashyosi (fosforit, apatit, osh tuzi, kaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, barit, bor rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar); g) tabiiy qurilish materiallari va noruda Foydali qazilmalarning katta guruhi, shuningdek, bezak, texnik va qimmatbaho toshlar (marmar, granit, yashma, agat, togʻ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar); d) gidrotermal mineral resurslar (yer osti chuchuk va mineral suvlari). Mineral boyliklar koʻp tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer osti shoʻr suvlari mineral xom ashyoning muhim rezervlari hisoblanadi.
    K o’plab sanoat mahsulotlarining sifatining oshishi va qurilishning sifatining oshishi katta m a’noda ochiq usulda qazib olinadigan mineral hom ashyolaming qazib olinishi bilan bog’liq (qora va rangli metall rudalari, ko’mirlar, kon - kimyoviy hom ashyoning, qurilish tog’jinslari). Foydali qazilmalaming ishlatilishiga ko’ra ulaming sifati ulaming tarkibidagi foydali komponentlar va zararli komponentlaming mavjudligi bilan, mineral tarkibi bilan, fizik-texnik xususiyatlari bilan, tarkibiy va teksturaviy xususiyatlari bilan, granulometrik tarkibi bilan va boshqa xususiyatlari bilan aniqlanadi. Barcha hollarda boshlang’ich mahsulotning sifatining yomonlashuvi boyitish fabrikalarining ishiga yomon ta’sir qiladi. Foydali qazilmalaming sifatini oshirish karyerlardagi maqsad hisoblanmaydi. Sifatning oshirilishi ko’plab hollarda karyerning kam ishlash vaqtiga, umumiy kapital harajatlami oshirishi va foydali qazilmaning kam miqdorda qazib olinishiga olib kelishi mumkin eda. Shu sababli qazib olinadigan kon massasining sifatiga barcha jarayonlami inobatga olgan holda optimallik talabi qo’yidadi. Foydali qazilmaning sifatiga bo’lgan sanoatlilik talabi uning foydalanish holati, maqsadi, mavjud bo’lgan texnika va texnologiya darajasiga ko’ra qo’yiladi. Bu talablar ko’plab hollarda texnik holatlar va texnik normalar ko’rinishida keladi. Bir qana ko’mir, boksit, qurilish tog’ jinslariga davlal standartlari belgilangan. Texnika va texnologiyaning rivojlanishi bilan foydali qazilmaning sanoatliligi va sifatiga bo’lgan talablar o ’zgaradi. Qazib olingan foydali qazilmaning sifati er qarida yotgan foydali qazilma sifatiga va kon ishlari sifatiga bog’liq bo’ladi. Er qaridagi foydali qazilmalar sifati kondistiyalar bilan baholanadi. Baholash ishlari geologik kuzatuv ishlari, proektlash va kondan foydalanish davrida amalga oshiriladi. Shu sababli kondistiyalar gelogik, proekt va ekspluatastion bo’ladi. Geologik kondistiyalar - er qaridagi foydali qazilmalarga bo’lgan sifat talablari kon geologik va boshqa qazib olish holatlariga ko’ra ulami inobatga olish foydali qazilmalaming balans zaxiralarini aniqlashga yordam beradi. Rudali va rudali bo’lmagan foydali qazilmalaming asosiy geologik kondistiyalar ko’rsatkichlari foydali qazilmaning bortli (konturli) va minimal sanoat tarkibi, hisoblanadigan blokdagi zararli aralashmalaming minimal qiymati, foydali qazilmalaming ajratiladigan turlari va sortlari, qoplovchi tog’ jinsining chegaraviy koeffitsiyenti hisoblanadi. K o’mirlar uchun bunday ko'rsatkichlarga alohida qazib olinadigan qatlamlar minimal qalinligi, tog’ jinsi oraliqlarining maksimal qalinligi (alohida qazib olish kerak bo’lgan), ko’miming maksimal zolligi (murakkab tuzulishli plastlar uchun va maksimal o’rtacha plastli zollik), qoplovchi tog’ jinsining chegaraviy koeffitsiyenti va boshqalar kiradi. Proekt kondistiyalari - proektlanadigan karyeming er qaridagi foydali qazilmalaming sifatiga bo’lgan talablami bajarish konning rentabel qazib olish imkonini beradi. Proekt kondistiyalari o’z ichiga detalli kuzatuv ishlarida geologik kondistiyalar ko’rsatkichlarini nazorat qilishni oladi va ular joriy bort bilan, joriy o’rtacha va foydali qazilmaning chegaraviy tarkibi bilan xarakterlanadi. Ekspluatastion kondistiyalar - qazib olinadigan foydali qazilmaga bo’lgan talablar, bunda kon ishlab chiqarish tashkilotining eng yaxshi texniko iqtisodiy talablari bajariladi, bu ko’rsatkich foydali qazilmaning muayyan qalinligida, uskunalarda, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi va boshqalar amalga oshadi. Rudalaming ekspluatastion kondistiyalari asosiy ko’rsatkichlari bu - foydali qazilmaning joriy o ’rtacha tarkibi, bundan rudalar tanasining ekspluatastion foydali qazilmaning bortli va minimal o’rtacha tarkibidan aniqlanadi. Sanoat ruda tanasi konturi (borti) bu, birlik chegaraviy probalar bilan foydali qazilmaning minimal mumkin bo’lgan (yoki katta) tarkibida va balansusti zaxiralardan alohida bo’lgan balans zaxiralari (yoki bo’sh toh jinsidan) bilan hosil bo’lgan topogorafik yuza hisoblanadi.
    Minimal sanoat tarkibi - hisobosti blok ichidagi sanoat ruda tanasi konturi ichida bo’lgan minimal mumkin bo’lgan foydali qazilma tarkibidir, bunda qazilmaning alohida holatlarda qazib olish rentabel hisoblanadi. Minimal sanoat tarkibi shuningdek, zaxiralaming balans va balansusti zaxiralami aniqlash kriteriyasi hisoblanadi. Ruda tanasining ekspluatastion konturi - bu topografik yuza hisoblanadi, yuza karyeming oxirgi konturi bilan va foydali qazilmaning minimal mumkin bo’lgan tarkibi bilan birlik chegara probalari bilan hosil bo’ladi. Joriy bort tarkibi - hisoblanadigan bosqich (davr) chegarasidagi ruda tanasi ekspluatastion konturidagi foydali qazilmaning minimal tarkibi. Joriy о ’rtacha tarkib - hisoblanadigan bosqich (davr) chegarasidagi qazib olinadigan rudaning foydali komponenti o’rtacha tarkibi. Chegaraviy tarkib - konni qazib olishda normativ rentabellikni beruvchi rudadagi foydali qazilma komponenti (belgilangan vaqt ichida qayta ishlashga kelib tushadigan). Kon ishlari muayyan uchatska ichida foydali qazilmaning tabiiy sifatlarini oshira olmaydi (muayyan hajmda). Lekin kon ishlari sifatiga (kon ishlarining sifati deganda texnik, texnologik va tashkiliy kon ishlab chiqarish darajasi tushuniladi) ko’plab yuqorida ko’rsatilgan qazib olinadigan foydali qazilma xarakteristikalari bog’liq bo’ladi.



    Download 0.97 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Foydali qazilma nima. Qoplovchi tog’jinlari haqida tushuncha. Qoplovchi jinslarning sifat ko’rsatkichlari

    Download 0.97 Mb.