|
K3S-20SH avtomatlashtirish kompleksi
|
bet | 10/19 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 323,23 Kb. | | #261177 |
Bog'liq 3 bmi2.3.K3S-20SH avtomatlashtirish kompleksi
K3S-20SH kompleksi donli, don-dukkakli, yorma ekinlarni yig’ib olingandan keyin ishlov berish uchun qo’llaniladi. Kompleks don tozalagich va quritgich bo’limlaridan tashkil topgan (2.3.1-rasm).
Don tozalash bo’limiga tashlash chuquri 17, avtomobil kutargich 16, yuklovchi ikki oqimli noriya 6, xavo-panjarali mashinalar 4, trier bloki 1, markazlashtirilgan aspiratsion tizim 3, uzatish transporterlari 2, chiqindi transporteri 19, tozalangan donning 22, chiqindilarning 21, furaja 20 va zaxira bunkerning 18 don uzatgich va bunkerlar bloki don uzatkich va bunkerlar bloki jamlanmasi:
Barcha mashinalar va boshqarish pultlari bunkerlar blokiga o’rnatilgan, bu blok bir vaqtni o’zida ham ishlov berilayotgan donning oraliq saqlashi bunkeri xisoblanadi.
Quritish bo’limi 10, 12 ikkita shaxtali, beshta noriyali 7,9,11,13,15 sovitish kolonkali 8,14 va boshqarish stansiyasi S3SH-16 quritgichiga ega. Boshqarish elektr sxemasida va texnologiya bo ‘yicha kompleksni etti xil turda ishlash mumkinligi qurilgan: parallel yoki ketma-ket, ish jarayonida barcha mashinalar birga yoki alohida-alohida qatnashishi mumkin.
Don avtomobil kuzovidan avtomobil ko’targichi 16 yordamida to’kish chuquriga 17 tushiriladi, u erdan don yuklovchi noriya 5 yordamida dastlabki tozalash mashinasiga 6 yuboriladi, undan keyin 11 va 13 noriyalar yordamida quritgich shaxtasiga 10 va 12 yuboriladi.
Quritgichdan qurigan don 9 va 15 noriyalar yordamida tashqi xavo yordamida sovitish uchun sovitish kolonkalari 8 va14 ga beriladi, u erdan esa don 7 noriya orqali yana tozalash uchun xavo panjarali mashinalar 4 ga yuboriladi, so’ngra 2 transporterlar yordamida saralash uchun trier bolokiga 1 junatiladi.
Tozalagich urug’lar va chiqindilar mos ravishda bunker bloklar bo’limiga tushadi (2.3.1-rasm). S3SH-16 don quritgichi ikkita shaxtaga ega. Don namligi 20% gacha bo’lgan o’zida ikkila shaxta orqali o’tadi. Namlik 20% dan yuqori bo’lganda donning ham masi shaxtalardan ketma-ket o’tadi. SHaxtalar paralel ishlaganda don 11 va 13 noriyalar yordamida ikkala shaxtaga bir xilda va bir vaqtda bo’linadi. Quritilgan va sovitilgan don 7 noriya orqali 18 zaxira bunkeriga beriladi, u erdan yuklovchi noriya 5 ning ikkinchi shaxobchasiga tushadi. SHaxtalarni ketma-ket ishlashida don birlamchi oraliq tozalash mashinasidan 13 noriya yordamida o’ng shaxtaga 12 jo’natiladi. Quritilgan don tushiruvchi karetka yordamida 15 noriyaga yuklanadi va 14 sovitish kolonkasiga yuboriladi. Sovitilgan don kolonkadan 11 noriya orqali ikkinchi shaxta 10 ga yuboriladi. Ikkinchi shaxtada quritilgan don 9 noriya orqali sovitish kolonka 8 siga, u erdan esa 7 noriya orqali zaxira bunkeri 18 ga, keyin esa yuklovchi noriya 5 yordamida tozalashga jo’natiladi.
Xavo kanallarida don engil chiqindilardan tozalanadi va xavo yo’li orqali markazlashtirilgan aspiratsion tizim 3 ni cho’kma kamerasiga chiqariladi, bu erda chiqindilar bo’limiga, xavo esa tashqariga chiqariladi.
SHamol panjarali mashinalarda donli aralashma uchta fraksiyaga bo’linadi: tozalangan urug’, ozuqa doni va chiqindilar.
Tozalangan urug’: 2 uzatish transporterlari orqali 1 trier blokiga uzatiladi, u erda don qo’shimcha ravishda shamol panjara mashinasida ajratilmay qolgan aralashmalardan tozalanadi.
Donning ifloslik darajasi va qaerga ishlatilashga qarab trier bloklari silindrlarni parallel yoki ketma-ket ishlashga sozlaydi.
Toza urug’lar va chiqindilar don uzatkich tizimlari yordamida mos bunkerlariga jo’natiladi.
K3S-20SH kompleksini tozalagich bo’limini boshqarish prinsipial elektr sxemasi 2.3.1-rasmda keltirilgan.
Don maxsulotini ifloslik darajasi va miqdoriga qarab SA1 va SA2 o’tkazgichlari kerakli holatga o’rnatiladi. Bu ulagichlar yordamida uskunani ish tartibini etti xil turda o’zgartiriladi: SA1 o’tkazgichni holati (1 yoki 2 holat) ga bog’liq ravishda mashinalarni birinchi yoki ikkinchi oqimlari alohida-alohida ishlashi mumkin. Agar SA1 o’tkazgichi 1 holatida bo’lsa, yuqorida ko’rsatilgan uchta turda barcha mashinalar (trier bloklaridan tashqari) ishlash mumkin. SA1 ulagichi 2 holatda bo’lganda oldindan tozalagich mashina ham ishga tushadi.
Mashinalarni ishga tushirganda, to’xtatganda donni transporterda to’lib ketmasligi uchun mashina yuritmalarini ishga tushirish don harakatiga teskari, to’xtatish ketma-ketilgi esa don okimiga to’g’ri keladi. Misol tariqasida barcha mashinalar ishga tushuvchi asosiy turi bo’yicha mashinalarni ishga tushirish sxemasi ishini ko’rib chiqamiz. Avval QF...QE5 avtomatlari ko’shiladi, SA1 o’tkazgichi 3 holatiga SA2 esa 2 holatiga qo’yiladi va SB19 tugma bilan mashina ishga tushishini bildiruvchi NA ogoxlantiruvchi tovush signali beriladi, sungra SB2 tugmasi bilan markazlashtirilgan aspiratsion tizimning eletr yuritmasi M1 (14 kVt) ni ishga tushiriladi (2.3.1-rasm va 2.3.2-rasm).
Shundan keyin SB4 va SB6 tugmalari yordamida trierlarning ikkita bloki har biri 2,2 kVt quvvatli bo’lgan M2 va M3 elektr yuritmalarini ishga tushiriladi. Uzatish transporteri 2 va xavo-panjarali mashinalar 4 mos ravishda M4, M5 (r=1,5 kVt dan) va M6, M7 (R=1,1 kVt dan) elektr yuritmasidan ishga tushadi. Ularni SB8, SB12, SB10 va SB14 tugmalari yordamida KM4..KM7 magnit ishga tushirgichi zanjiridagi KM2:2 va KM3:2 blok kontaktlari qo’shilgandan keyin ishga tushiriladi.
2.3.1.-rasm.KZS-20SH kompleksining texnologik sxemasi
2.3.2-rasm. KZS-20SH tozalash-quritish kompleksining masofaviy boshqaruv va signallash prinsipial elektr sxemasi
Faqat shundan keyingina SB16 tugmasi yordamida KM6:2 yoki KM7:2 blok kontaktlari orqali noriya 7 ni elektr yuritmasi M8 (R=3kVt)ni, oldindan tozalash mashinasi 6 elektr yuritmasi M9(R=1,1kV)ni va chiqindi transporteri 19
ni elektr yuritmasi M10 (R=1,5 kVt) ishga tushiriladi, so’ngra SB18 tugmasi bilan yuklash noriyasi 5 ni elektr yuritmasi M11(R=4kVt) ishga tushiriladi. Noriya avtomat to’siqlari AZI1 va AZI2 KM11:2 blok-kontaktlari orqali avtomatik ravishda ochiladi.
Mashinalarni teskari ketma-ketlikda «STOP» SB17..SB1 tugmalarini bosish bilan ishdan to’xtatiladi. 18, 20, 21 va 22 chi bunkerlar to’lib ketsa satx datchigi kontaktlari SL1..SL4 qushiladi va NA tovush signali ishlaydi, mos ravishda NL11..HL14 signal lampalari uchadi.
Tozalash va saralash mashinalarini avtomatik boshqarishni optimallashtirish
Barcha texnologik jarayonlarini avtomatik boshqarish tizimlarini optimallashtirish mashinalarni ishlab chiqarish unumdorligini 20..25% ga oshiradi, ularni bekor to’xtab turishini 4-5 martaga kamaytiradi; mexnat sarfini 2..3 martaga kamaytiradi va ishlov berilgan donning sifatini yaxshilaydi. Bunga faqatgina barcha yig’imdan keyingi kompleks texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish optimal tizimda foydalanilgandagina erishish mumkin.
Don tozalash mashinalarini avtomatik boshqarishni optimallashtirishdan maqsad ishlov berilgan donning (pk berilgan tozalik qiymatida maksimal unumdorlikka qk erishishdir. 2.3.3-a-rasmda xavo panjarali don tozalagich mashinasi avtomatik boshqarish ob’ekti sifatida keltirilgan. Mashinaning ish sifatini quyidagi boshqarish va nazorat ko’rsatkichlaridan aniqlanadi: tozalangan don bo’yicha mashinaning ish unumdorligi qk, ishlov berilgan donning tozaligi pk, 3a aspiratsiya chiqindilarda donning miqdori va 3p yirik aralashmalardagi don miqdori. Boshqariluvchi kirish ta’sirlari bo’lib donni mashinaga yetqazilishi kerak, aspiratsiya kanallaridagi xavo oqimi tezligi u, panjaralarning tebranish chastotasi co va tebranish ta’siri ko’rinishida berilayotgan donning xaqiqiy og’irligi qabul qilingan.
2 .3.3-rasm. Don tozalash mashiasining avtomatik boshqaruv ob’ekti sifatidagi modeli (a) va tarkibiy sxemasi (b)
Donning tozalagichga beriluvchi don chastotasi (pk ga asosan donning uzatilishiga qn va mashinaga kelib tushayotgan donning chastotasi pn bog’liq bo’lganligi, ish unumdorligi qk esa donni mashinaga uzatilishiga qn bog’liq bo’lganligi sababli optimal bosh-qarish ob’ekti sifatdagi don tozalagich mashinasining tarkibiy sxemasini uchta birinchi tartibli kechikuvchi aperiodik bo’g’inlar ko’rinishida faraz qilsa bo’ladi (84, b -rasm). T1, T2 va T3 vaqt doyimiyligi va T1, x2 va x3 saf kechikish vaqti bir biri bilan yaqindir.
K3S kompleksining shamol panjarali ikkilamchi tozalagich mashinasi uchun taxminan tx « T2 « T3= 40...60; T1« T2«T3=30...50c ga teng. k1, k2, k3
kuchaytirish koeffitsienti mashinalarni sozlanishiga va tashqi tebranish ta’sirlariga bog’liqdir.Tozalashning sifati yuqori bo’lishi uchun mashinaning yuklanishi qn berilgan qiymatdan ± 5 % dan yuqori bo’lmagan xatolikda rostlanishi kerak.
|
| |