Mamayusupova zilola rasuljon qizi bitiruv malakaviy ishi




Download 323,23 Kb.
bet8/19
Sana07.06.2024
Hajmi323,23 Kb.
#261177
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
3 bmi

Umumiy ma’lumotlar

Dexqonchilikda ishlab chiqarish jarayonlari bir-biri bilan bog’langan texnologik jarayonlarni o’z ichiga oladi: urug’liklarni ekishdan oldin tayyorlash, erni qayta ishlash, o’simliklarni ekish va ularga ishlov berish, hosilni yig’ish va ularni jo’natish, maxsulotga yig’imdan keyingi ishlov berish va uni saqlash.
O’z navbatida har qanday texnologik jarayon ma’lum mashinalar tizimi yordamida amalga oshiriluvchi operatsiyalar yig’indisidan iborat. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish mashinalarning ish rejimlarini boshqarish inson ishtirokini kamaytirishni ta’minlaydi. Avtomatik tizimlarni boshqarishni yaratishda texnologik jarayonlarni o’zini va avtomatlashtirish ob’ektlari sifatida mashinalar yig’indisini taxlil qilish kerak va texnologik jarayonlarni foydali variantlarini tanlab olish zarur.Dexqonchilikda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga o’tishda quyidagilar yaxshi ta’sir ko’rsatadi: birinchidan, tuproqga ishlov berish, hosilni yig’ib olish va ishlov berish texnologiyasi industrial sanoat usullarini tadbiq etish; ikkinchidan, ilm-fan yutuqlari va tajribalari qishloq xo’jaligiga tatbiq etish; uchinchidan, arzon, kichik xajmli energiyani kam sarflovchi, yuqori chidamli gidravlik va pnevmatik avtomatika elementlarini yaratish, ishlab chiqish.Dexqonchilikda texnik bazalarini mustaxkamlash, qishloqda injener kadrlarni texnik bilimlar saviyasini oshirish va yangi mikroprotsessorlar texnikasidan foydalanish bilan texnologik jarayonlarni elektrlashtirish va mexanizatsiyalashni kompleks yakunlanadi va kelajakda avtomatika vositalarini dexqonchilikda keng qo’llash yo’llari ochiladi. Avtomatika vositalari texnologik jarayonlarni boshqarishda inson qo’l mexnatini kamaytirishda keng qo’llash mumkinligi paydo bo’ladi. Avtomatika vositalari agregatlarni qulay bo’lgan tezligini o’rnatadi, uskunalarni ishlash tartibini tanlaydi, texnologiyaga aniq rioya qilganda va energiyani kamroq sarf qilinganda ish unumdorligini oshirishni ta’minlab beradi, erning notekisligini xisobga olgan holda ishchi organlarni yurish chuqurligini yoki kesish balandligini kerakli kattaliklarda ushlab turadi, ishchi organ va agregatlarni yuklash va ishdan 160
chiqishidan saqlaydi, texnika qismlarini ishdan chiqishi va ularni paydo bo’lish sabablari xaqida xabar beradi. Ishlab chiqarish maxsulotlar soni va sifati xaqida ma’lumot beradi va x.k.Dexqonchilikdagi texnologik jarayonlarning xilma-xilligi va foydalanilayotgan mashinalarning turlari ko’pligi (2 mingga yaqin) sababli texnologik jarayonlarning optimal variantini tanlash juda qiyin vazifa bo’lib qoladi.
Afsuslarkim xozirgi paytgacha dexqonchilik uchun yaratilgan ko’pgina agregat va mashinalar ularning avtomatik boshqarish imkoniyatlari xisobga olinmagan holda ishlab chiqilmoqda, bu esa ularni dexqonchilikda foydalanishini to’xtatib turibdi. Mobil agregatlarini jarayon bajarayotgan texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish statsionar agregatlarga nisbatan qiyinroq kechadi.
Har orat, namlik ko’rsatkichlari keng o’zgaruvchan bo’lgan, chang va gazli xavoda ishlash,tebranishlar va turtkilar mavjud bo ‘lgan muxitda ishlash va avtomatika vositalari bo’yicha mexanizatorlari bilim saviyasi nisbatan pastligi mobil texnikalarini avtomatlashtirish uskunalarining ish sifatini sezilarli darajada kamaytiradi.Ishchi tezliklarini oshirishga o ‘tish, mashina quvvatlarini tinmasdan oshishi, mashinalarni unumdorligi oshishi va texnologik operatsiyalarni boshqarish aniqligiga talabni oshishi qishloq xo’jaligi agregatlarini avtomatik boshqarish yangi tizimlarini ishlab chiqarishni taqazo etadi.
Xozirgi paytda quyidagi jarayonlarni avtomatik boshqarish uchun yangi avtomatik vositalar ustida ish olib borilmoqda va yaratilmoqda:

chuqurligini, donli ekinlar va ozuqa o’tlarni kesish balandligini rostlash;

  • ekin ekishda ishlov berish va hosilni yig’ib olishda, sug’orishda va o’simliklarni zahar li ximikatlar bilan ishlov berishda seyalka, kultivator va boshqa mashinalarni ishchi organlarini yurish yo’nalishini boshqarish.

Dexqonchilikda statsionar elektrlashtirilgan uskunalarni avtomatlashtirish juda keng tarqalgan. SHuning uchun quyida hosil yig’ilgandan keyin qishloq xo’jalik maxsulotlariga ishlov berish va saqlash kabi texnologik jarayonlarni avtomatik bosh-qarish usullari va sxemalari ko’rib chiqilgan.



Download 323,23 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Download 323,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mamayusupova zilola rasuljon qizi bitiruv malakaviy ishi

Download 323,23 Kb.