INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Vol.52, No. 4, 2023
ISSN 2181-4732
69
UO‘K 631.312
YUMSHATKICH TISHINING TUPROQ KESAKLARIGA OʻZARO
TAʼSIRINI OʻRGANISH
Abduraxmonov Urol Nurmatovich- texnika fanlari nomzodi, professor v.b.,
E-mail:
u.abdurahmonov64@mail.ru
.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi sh., О‘zbekiston
Annotatsiya. Maqolada ekishdan oldin tuproq yuzasiga ishlov berishda dala yuzasidagi tuproq
kesaklarining samarali uvalanishini ta’minlash uchun agregat (yumshatkich) harakatining kritik
tezligi aniqlangan. Ish jarayonida yumshatkich tishi kesaklarni ishchi qirrasi va yuzalari bilan
beriladigan zarba hisobiga maydalaydi. Bunda kesaklarning maydalanishi va tuproqning uvalanish
darajasi ehtimoli yumshatkich tishlari va kesaklarning to‘qnashuvi paytida yo‘qotilgan kinetik
energiya miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, chunki bu energiya asosan kesaklarni deformatsiyalashga, ya’ni
ularning uvalanishiga sarflanadi. Demak, to‘qnashuv paytida yo‘qotiladigan energiya miqdori
qanchalik ko‘p bo‘lsa, kesakning uvalanish darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Maqoladagi
ifodalarning tahliliga ko‘ra agregatning ish tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, kesaklarni maydalash
uchun sarflanadigan energiya miqdori va kesaklarning uvalanish darajasi ham shunchalik yuqori
bo‘ladi, ya’ni tuproqning uvalanish sifati ortadi. Kesaklarni maydalash uchun sarflanadigan
energiya va kesaklarning uvalanish darajasini yumshatkichning ilgarilanma harakat tezligini
o‘zgartirish yo‘li bilan erishish mumkinligi aniqlangan. Ushbularni hisobga olib dala yuzasidagi
tuproq kesaklarining uvalanishini ta’minlaydigan agregatning minimal (kritik) harakat tezligi
aniqlangan. Nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, tuproq kesaklari samarali
maydalanishi uchun yumshatkich (agregat) ning ish tezligi 2,0 m/s dan kam bo‘lmasligi zarurligi
aniqlangan.
Kalit so‘zlar: agregat, osma qurol, yumshatkich, borona, yumshatkich tishi, parallelogrammlik
mexanizm, tirkama, prujinaning taranglik kuchi, prujinaning qattiqligi, tuproqning uvalanish
darajasi, kesakning maydalanishi, kritik tezlik.
УДК 631.312
|