INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Vol.52, No. 4, 2023
ISSN 2181-4732
71
foydasizdir. Ularda agrotexnik tadbirlarni bajarishda 0,9...1,4 sinfdagi g‘ildirakli traktorlardan
foydalananish samarali bo‘ladi. Bugungi kunda ekishdan oldin tuproq
yuzasiga ishlov berishda
energiya va resurs tejamkorlikni ta’minlaydigan qishloq xo‘jalik mashinalari va qurollarini ishlab
chiqish va takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot va konstruktorlik ishlari olib borilmoqda.
Mavjud ekishdan oldin tuproq yuzasiga ishlov berish mashina
va qurollari konstruksiyasi
o‘rganib chiqildi va ularni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilindi. Tahlil
natijalariga asosan energiya harajatlarini kam sarflab tuproq yuzasiga sifatli ishlov berish qurolini
tuproqning fizik-mexanik xususiyatlarini va uning real ish sharoitini hisobga olgan holda amaldagi
mashina va qurollarni takomillashtirish hisobiga yaratish mumkin degan xulosaga kelindi [4].
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda g‘ildirakli (chopiq) traktorlari uchun osma boronalash
quroli takomillashtirildi. U rama, uning kundalang brusiga o‘rnatilgan
yumshatkich va tayanch
g‘ildiraklaridan tashkil topgan. Yumshatkich kundalang joylashgan brus (truba) va unga o‘rnatilgan
tishlardan iborat. Yumshatkich tirkama brusiga taranglovchi prujinali parallellogrammli mexanizm
yordamida biriktiriladi. Taranglovchi prujina yumshatkich tishlarining
tuproqqa bosimini rostlash
uchun xizmat qiladi [3].