|
O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #240649 |
Bog'liq hisobot chala
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
Moliya va buxgalteriya hisobi kafedrasi
MMT21-S-01(D) guruh talabasi Redjepova Yulduzxan Ametovna
“5+1” tartibidagi malakaviy amaliyot bo`yicha yozgan
HISOBOTI
Korxona (tashkilot, muassasa) nomi: Qong`rot tuman fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egaliklari kengashlari huzuridagi fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi
Amaliyot rahbari: Berdaliyev X.
Toshkent-2023
MUNDARIJA
KIRISH...........................................…………………………….................3
1. Qong`rot tuman fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egaliklari kengashlari huzuridagi fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi faoliyati haqida...............…........4
2. Qong`rot tuman fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egaliklari kengashlari huzuridagi fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi “Buxgalteriya” bo`limidagi shaxsiy faoliyatim haqida........…………………………………..…........6
XULOSA(Amaliyot haqidagi fikrim)...........…….................…...............7
KIRISH
Qong`rot tuman fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egaliklari kengashlari huzuridagi fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi faoliyati haqida
Jamiyat tomonidan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar
2023 yilda “Sirdaryo viloyati guliston shaxar Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 64,0 mlrd.kVt/soat (foydali uzatma) elektr energiyasi yetkazib berildi. 2022 yilning mos davriga nisbatan о‘sish sur’ati 108,0% ga oshdi.
2023 yil davomida elektr energiyasi barqarorligini ta’minlash maqsadida 0,4-110 kV – 29 464 km uzunlikda elektr tarmoqlari va 10 157 dona transformator punkti mukammal ta’mirdan chiqarildi. Bundan tashqari 35-110 kV quvvatga ega podstansiyalarda 99 dona kuch transformatori tо‘liq ta’mirlandi.
0,4-6-10 kV – 9 850 km uzunlikda elektr tarmoqlari va 3 288 dona transformator punktlari yangilandi. Bundan tashqari 164 km 35-110 kV elektr uzatish tarmoqlari 19 ta podstansiyalar yangi qurildi hamda 24 ta podstansiyalar modernizatsiya qilindi.
“Sirdaryo viloyati guliston shaxar
HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJda YOSHLAR SIYOSATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106 sonli Farmoni hamda 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3138 sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashi tashkil etilgan.
2. Qong`rot tuman fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egaliklari kengashlari huzuridagi fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi “Buxgalteriya” bo`limidagi shaxsiy faoliyatim haqida.
Men Sirdaryo viloyati Guliston shahar HET da Buxgalter sifatida amaliyot o'tadim. Elektr tarmoqlari korxonasida Buxgalter sifatida vazifalarim juda ko'p edi. Men asosan to'lov jarayonlarini boshqarish bilan shug'ullandim va hisob-kitob jarayonlarini olib borish va pul mablag'larini kuzatish hamda hisoblash menga katta tajriba va kuchli qiziqish berdi. Kreditlar, debitorlar va kreditorlar bilan ishlash hamda kassani boshqarish va kassaga kirim-chiqimlarni kuzatish hamda moliyaviy tartib va qonunlar bo'yicha hisob-kitobni amalga oshirish ham meni vazifalarimdan edi va o'ylaymanki bu vazifalar meni kelajakdagi faoliyatim juda katta maktab bo'lib xizmat qildi.
Faoliyatim davomida Sirdaryo viloyati guliston shaxar HET tomonidan murojaatchilarga qanday xizmatlar kо‘rsatilishini bilib oldim:
· iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulashda texnik shartlar ishlab chiqish va taqdim etish;
· respublika hududidagi barcha turdagi murojaatchilarni “foydalanishga tayyor holda” elektr tarmoqlariga ulash;
· elektr qurilmalarini barcha kuchlanishdagi elektr tarmoqlariga ulashda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
· elektr tarmoqlariga ulanishda barcha kuchlanishdagi elektr ta’minoti loyihalarini kelishish;
· elektr qurilmalariga texnik xizmat kо‘rsatish;
· qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini olib borish;
· elektr qurilmalariga laboratoriya va sinov-sozlash xizmatlarini kо‘rsatish;
· yangi ulanayotgan iste’molchilarni “Elektrohisob” kompleks dasturiga kiritish va boshqa xizmatlar.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsam men shu amaliyot davrimda juda katta tajriba orttirdim va o'ylaymanki bu orttirgan tajribalarim kelajakda menga dasturi amal bo'lib xizmat qiladi. Chunki o'zimni soham ham Buxgalteriya bilan chambarchas bog'liq. Va yana shuni anglab yettimki Buxgalterning korxona oldidagi vazifalari va albatta masuliyati juda katta ekan. Chunki Buxgalterning xato qilishga haqqi yo'q, agar mabodo qandaydir kichik xatoga yo'l qo'ysa ham korxona faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Va yana amaliyot davomida shuni tushunib yettimki yaqin kelajakda o'z faoliyatimizni katta qiyinchilik va tushunmovchiliklarsiz davom ettrish uchun nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy bilimlar ham biz uchun juda muhim.
|
| |