|
Fermer xo’jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari Mundarija: Kirish Asosiy qism
|
bet | 1/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 210,5 Kb. | | #235413 |
Bog'liq Fermer xo’jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari Mundarija 2
Fermer xo’jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………4
Asosiy qism
Fermer va Fermer xo‘jaliklari, ularning rivojlanishi……………………..15
Fermer xo‘jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy asoslari………..…22
Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligi va yanada oshirish masalalari…………………………………………………………………..28
Xulosa………………………………………………………………...…………..29
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………31
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Qishloq xo‘jaligi – O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xomashyoga bo‘lgan talabini qondiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foizga yaqini agrar tarmoqda tayyorlanadi. Qishloq xo‘jaligi respublikamizning iste’mol bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari va kayta ishlash sanoatiga xomashyo yetkazib berish bilan birga, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati kabi bir qator tarmoqlar mahsulotlari uchun kafolatli bozor bo‘lib ham hisoblanadi.
Agrar tarmoq yurtimiz aholisining salmoqli qismini ish o‘rinlari bilan ta’minlab kelmoqda. Shu jihatdan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalasi respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligining asosiy tayanchi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, ishlab chiqarishga yangi va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ekin navlari va chorva mollari zotini, urug‘chilik-seleksiya ishlarini tubdan yaxshilash borasida keng qamrovli, shu bilan birga, puxta o‘ylangan ishlar amalga oshirildi.
Respublikamizda qishloq xo‘jaligi korxonalarining samarali faoliyat yuritishi va rivojlanib borishi ko‘p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Bu borada ayniqsa qulay moliya-kredit va soliq mexanizmlarini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Islohotlar davomida Fermer xo‘jaliklarini moliya-kredit va soliq mexanizmlari orqali qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimiga asos solindi:
Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ular faoliyatini tahlil etish va ularda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini belgilashda ulardagi mulk va yer munosabatlari, mavjud resurslardan unumli foydalanib ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotilishi tashkil etish, Fermer xo‘jaliklarining boshqa korxonalar va davlat tashkilotlari bilan iqtisodiy aloqalari va shu kabi qator boshqa masalalar o‘rganiladi.
Aynan ana shunday muammolar yechimini ilmiy asoslash mazkur mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.
|
| |