|
Kurs ishning maqsadi va vazifalari
|
bet | 2/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 210,5 Kb. | | #235413 |
Bog'liq Fermer xo’jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari Mundarija 2Kurs ishning maqsadi va vazifalari. Ishning asosiy maqsadi bozor iqtisodiyoti sharoitida Fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy jihatdan asoslangan taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
- Fermer xo‘jaliklarini tashkil qilishni va ularni huquqiy asoslarini o‘rganish;
- Respublikada Fermer xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yo‘llarini o‘rganish;
- Fermer xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirish va iqtisodiy samaradorligini tahlil etish;
- Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash.
Mavzuni o‘rganish obyekti. Mintaqada Fermer xo‘jaliklarini tashkil etishni, uning rivojlanishini va hozirgi kunda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi tahlil Kurs ishning o‘rganish obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Kurs ishning ilmiy yangiligi. Eng avvalo viloyatda tashkil etilgan Fermer xo‘jaliklari, ularga ajratilayotgan yerlar maydonlarining kengayib borishi va ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining o‘sib borishi hamda sanoatni xomashyo bilan ta’minlashda Fermer xo‘jaliklarini tugan o‘rnini belgilash va Fermer xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish, ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish, kelajakk istiqbollarini ushbu malakaviy ishning ilmiy ahamiyatini ko‘rsatadi.
Mavzuni o‘rganishning tadqiqot usullari. Kurs ishni bajarishda tadqiqot usuli sifatida Prezidentimiz asarlariga, iqtisodiyotni erkinlashtirish borasidagi nashr etilgan ilmiy, sohani rivojlantirish bo‘yicha iqtisodchi olimlarning ishlari, ishlab chiqarish ilg‘orlarining tajribalari mantiqiy fikrlash, statistik guruhlash, geografik taqqoslash usullaridan foydalanildi.
Kurs ishning tarkibi. Ish tarkibi kirish, 3 ta bob, xulosa va takliflardan iborat.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, uning o‘rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari amaliy ahamiyat kasb etadi.
Ishning I bobida Fermer xo‘jaliklarining tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslari, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida mulkchilikning turli-tumanligi, uning mohiyati va mazmuni, qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar va uning natijalari o‘rganilgan.
Ishning II bobida Fermer xo‘jaliklarining yer, suv, resurslari va ulardan foydalanishning samarali yo‘llari va uni oshirish masalalari hamda mehnat resurslari, ulardan foydalanishni tashkitl etish va Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligi va uni yanada oshirishg masalalari aniq subektlar asosida tahlil qilindi va xulosalar chiqarildi.
Ishning III bobida Fermer xo‘jaliklarini davlat tomonidan tartibga solish va ularni qo‘lab-quvvatlash masalari ko‘rilgan. Xususan, Fermer xo‘jaliklari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solib turishning mohiyati, zaruriyati va o‘ziga xos xususiyatlari bayon qilingan. Shu bilan birga Fermer xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy vazifalari hamda 2008-2012 yillarda Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan kapital mablag‘lar bayon qilingan.
Ishning xulosa qismida bajarilgan tadqiqot natijalari umumlashtirilgan va Fermer xo‘jaliklarini kelajakda rivojlantirish istiqbollari berilgan hamda Fermer xo‘jaliklarida yer va suvdan foydalanishni tejash bo‘yicha taklif va xulosalar berilgan. Fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va xulosalar berilgan.
|
| |