|
Fermer xo’jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari Mundarija: Kirish Asosiy qism
|
bet | 8/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 210,5 Kb. | | #235413 |
Bog'liq Fermer xo’jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari Mundarija 2KO‘RSATKICHLAR
1.
| Yerdan foydalanish ko‘rsatkichlari: - 1 ga ekin maydonidan yalpi mahsulot, yalpi foyda, sof foyda - yerdan foydalanish koeffitsiyenti |
2.
|
Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari:
- fond qaytimi
- fond sig‘imi
- foyda me’yori ( asosiy va aylanma fondlarga nisbatan)
- aylanma fondlar aylanishi koeffitsenti
- bir traktor va avtomashinaning yillik ish yuklamasi
|
3.
|
Chorva mollari mahsuldorligi ko‘rsatkichlari:
- bir bosh sigirdan olingan yillik o‘rtacha sut miqdori
- boquvdagi mollarning sutkalik vazn ortishi
- so‘yishdagi mollarning tirik vazni
- ona xayvonlardan bola olish darajasi
- bir bosh tovuqdan olingan yillik tuxum mikdori
- bir bosh qo‘ydan olingan yillik jun mikdori
- 1 sentner ozuqa birligiga yetishtirilgan chorva maxsuloti
- 1 sentner vazn ortishiga yoki 1 sentner sutga ozuqa sarfi
|
4.
|
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari :
- 1 sentner maxsulotga mexnat sarfi
- 1 gektar yerga mexnat sarfi
- o‘rtacha bir ishlovchiga yalpi maxsulot, yalpi foyda, sof foyda
- bir birlik mexnat sarfiga yalpi maxsulot, yalpi foyda, sof foyda
|
5.
|
Xarajatlar sarfi ko‘rsatkichlari:
maxsulotlar tannarxi
- 1 gektar yerga sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari
- 1 bosh chorva molini boqish xarajatlari
- 1 so‘mlik ishlab chiqarish xarajatiga yalpi mahsulot, yalpi foyda
|
6.
|
Kapital tarkibi ko‘rsatkichlari:
- moliyaviy qaramlik koeffitsenti
- mulk koeffitsenti
- kreditorlarning himoyalanganligi koeffitsenti
|
7.
|
To‘lovga qobillik (likvidlik) ko‘rsatkichlari:
- sof aylanma kapital
- joriy likvidlik koeffitsenti
- tezkor likvidlik koeffitsenti
- absolyut likvidlik koeffitsenti
|
8.
|
Ish faolligi ko‘rsatkichlari:
- aktivlarning aylanishi
- debitorlik qarzlari aylanishi
- kreditorlik qarzlari aylanishi
- moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari aylanishi
|
9.
|
Rentabellik ko‘rsatkichlari:
- aktivlar rentabelligi
- mahsulot sotish rentabelligi
- xususiy kapital rentabelligi
- tannarxga nisbatan rentabellik darajasi
|
Yalpi mahsulot korxona xo‘jalik hisobi faoliyati uchun joriy baholarda ma’lum tahliliy xulosalar chiqarish, mavjud resurslardan (mehnat, moddiy v.h.) foydalanish dimanikasini aniqlash maqsadida qiyosiy, ya’ni taqqoslama baholarda hisobga olib boriladi. Bu formula mahsulot yetishtirish uchun xo‘jalik qancha kam joriy sarf xarajat va asosiy fondlarni jalb qilgan bo‘lsa shu xarajatlar birligiga ko‘proq mahsulot yetishtirganligini ifoda qiladi.
Xulosa
Fermer xo‘jaliklarining davlat bilan iqtisodiy munosabatlari tizishda ular faoliyatini davlat tomonidan iqtisodiy rag‘barlantirish va qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda davlat boshqaruvi, tartibga solish birinchi navbatda Fermerchilikda vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan inqirozlarni bartaraf etishga, shuningdek qudratli agrobiznes bilan bo‘ladigan raqobatli kurashda Fermerlarga davlat yordami ko‘rsatishga qaratiladi va juda ko‘p ijtimoiy va iqtisodiy masalalar mana shunday yo‘llar bilan hal etiladi.
Fikrimizcha, xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda Fermer xo‘jaliklarini moliya-kredit mexanizmi orqali qo‘llab-quvvatlashni quyidagi yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadga muvofiq:
- Fermerlik inshoatlari, binolar qurish, texnika vositalari, asbob-uskunalar va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, muddati 5 yildan 10 yilgacha bo‘lgan va foizi yiliga 8-10 foizdan oshmaydigan uzoq muddatli kreditlar berishni yo‘lga qo‘yish va uni kredit risklaridan kafolatlaydigan maxsus “kafolat jamg‘armasi”ni tashkil etish;
- yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlarni o‘zlashtirish maqsadlariga xizmat qiluvchi davlat budjeti hisobidan moliyalashtiradigan jamg‘arma shakllantirish (yagona yer solig‘ining bir qismini yo‘naltirish orqali);
- yerlarni uzoq muddatli ijaraga olish huquqini va bo‘lg‘usi hosilni kredit uchun kafolat sifatida qabul qilish mexanizmini kuchaytirish va “ipoteka krediti” tizimini kengaytirish.
Fermer xo‘jaliklari faoliyatini budjet-soliq tizimi orqali tartibga solish va rag‘batlantirish masalalari muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Fermer xo‘jaliklariga amaldagi qonunchilik doirasida bir qator soliq imtiyozlari belgilangan. Fermer xo‘jaliklari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solib turish jarayoni doimo takomillashtirilib boriladi.
|
| |