|
Fermer xo’jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari Mundarija: Kirish Asosiy qism
|
bet | 6/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 210,5 Kb. | | #235413 |
Bog'liq Fermer xo’jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari Mundarija 2Bosqichlar
|
Bosqichlar davri
|
Bosqichlarning nomlanishi
|
1.
|
I-bosqich
|
1989-1997 yillar
|
Fermer xo‘jaliklarini dastlabki vujudga kelishi va shakllanishi davri
|
2.
|
II-bosqich
|
1998-2001 yillar
|
Fermer xo‘jaliklarining me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish va mustahkamlash davri
|
3.
|
III-bosqich
|
2002-2007 yillar
|
Surunkasiga zarar ko‘rib ishlagan past rentabelli shirkatlarni tugatish negizida Fermer xo‘jaliklarini keng ko‘lamda ustivor rivojlantirish davri
|
4.
|
IV-bosqich
|
2008 yildan boshlab
|
Fermer xo‘jaliklarining hajmini optimallashtirish davri
|
1-chizma. Fermer xo‘jaliklarini rivojlanish bosqichlari
I-bosqich – 1989-1997 yillar.
Respublikada Fermer xo‘jaliklarini mustaqil xo‘jalik yuritish subyekti sifatida rasman tan olish va faol shakllantirish jarayoni 1991 yilning oxirlaridan boshlandi. Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini joriy etishni jadallashtirish, mulkchilikning turli shakllarini vujudga keltirish, xususiy mulk va shaxs manfaatlarining ustivor rivojlanishini ta’minlash maqsadida 1991 yil 29 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 295-sonli «Respublikada Fermer (Fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahqamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Bu farmonning qabul qilinishi respublikada Fermer xo‘jaliklarini bozor sharoitida shakllanib kelayotgan xo‘jalik yuritishining yangi shakli sifatida hisobga olish va rivojlantirish uchun dastlabki huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Farmonda Fermer xo‘jaliklarini shakllantirish maqsadida boshlang‘ich yer fondini shakllantirish, ularni moddiy-texnika resurslari va kreditlar bilan ta’minlash hamda Fermerlar faoliyatini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash masalalari belgilab berildi.
Respublika Prezidentining 295-sonli farmoni asosida 1991 yil 30 dekabrda Vazirlar Mahkamasining 315-sonli “Respublikada Fermer (Fermer) xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chorlari haqida”gi qarori e’lon qilindi. Mazkur qarorining 1-bandiga muvofiq Fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun 200 ming gektardan iborat yer fondi tuzish ko‘zda tutilgani holda haqiqatda ajratilgan yer maydoni 217232 gektarga teng bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 315-sonli qarorini hayotga tatbiq etilishi natijasida respublikamizda Fermerlik harakati ancha kuchaydi.
Dastlabki tashkil etilgan Fermer xo‘jaliklari asosan respublika hukumati tomonidan ajratilgan davlat yer fondi bazasida, zahiradagi yerlarda, mehnat resurslari yetishmaydigan, yangi sug‘oriladigan, qishloq xo‘jaligi korxonalarining kam unumli, foyda bermaydigan yoki kam rentabelli yerlarida shakllantirilgan.
|
| |