• I BOB ADABIYOTLAR SHARHI.......................................................
  • II BOB TADQIQOTLAR JOYINING TABIIY VA XO`JALIK SHAROITLARI………………………………………………
  • IIIII BOB TADQIQOT O`TKAZISH SHAROITLARI VA USLUBLARI
  • IIV BOB TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI......
  • XULOSA………………………………………………...
  • ILOVALAR………………………………………………….. 79 KIRISH Mavzuning dolzarbligi
  • Adabiyotlar sharhi




    Download 12 Mb.
    bet1/28
    Sana12.02.2024
    Hajmi12 Mb.
    #154945
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Finished Laylo .13.06.23.tt











    MUNDARIJA






    KIRISH..........................................................................................

    3

    I BOB

    ADABIYOTLAR SHARHI.......................................................

    8

    1.1.

    Mosh (Vigna radiata L) ning sistematikasi va morfologiyasi….

    8


    1.2.

    Makkajo`xori(Corn)ning biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi

    20


    1.3.

    Moshni makkajoxori bilan aralashtirib ekish texnologiyasi……

    27




    I bob bo`yicha xulosa…………………………………………….

    30

    II BOB

    TADQIQOTLAR JOYINING TABIIY VA XO`JALIK SHAROITLARI………………………………………………

    31

    2.1.

    Tajribao`tkaziladigan joyning geografik joylashgan o`rni, rel`efi va yer fondi……………………………………………………

    31

    2.2.

    Tadqiqot joyining iqlimi va geomorfologiyasi……………….

    34




    II bob bo`yicha xulosa………………………………………...

    42

    IIIII BOB

    TADQIQOT O`TKAZISH SHAROITLARI VA USLUBLARI

    43

    3.1.

    Tadqiqot o`tkazish uslubi……………………………………..

    43

    3.2.

    Tadqiqot o`tkazishdagi agrotexnik sharoitlar va tadbirlar…….

    46




    III bob bo`yicha xulosa………………………………………..

    51

    IIV BOB

    TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI......

    52

    4.1

    Mosh va makkajo`xori urug`larini laboratoriya va dala sharoitida unuvchanligini aniqlash………………………………………..

    52

    4.2.


    Dukkakli don ekinlarni makkajo`xori bilan aralashtirib yetishtirishda quruq modda to`plashiga va barg sathi indeksiga ta`siri………………………………………………………….



    55

    4.3.

    Aralashtirib ekishda mosh va makkajo`xorining mahsuldorligi..

    61

    4.4.

    Mosh va makkajo`xorida uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari………………………………………..

    63




    IV bob bo`yicha xulosa………………………………………..

    72




    XULOSA………………………………………………...

    73




    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………

    74




    ILOVALAR…………………………………………………..

    79

    KIRISH


    Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda sug`oriladigan yerlardan oqilona foydalanishga katta e`tibor berilmoqda. Kuzgi bug`doy maydonlarini kengaytirishga bog`liq ravishda iyun oyida ulkan maydonlar g`alladan bo`shaydi, bu esa ushbu yerlarda dala, yem-xashak va boshqa ekinlarni takroriy yetishtirish imkonini beradi. Bunday rejada yem-xashak ekinlarini yetishtirish maqsadga muvofiq bo`lib, chorvachilikni oziqa bilan ta`minlash masalalari hal etiladi. Takroriy ekin sifatida makkajo`xori, jo`xori, soya va mosh kabi ekinlarni yetishtirish mumkin. Yuqori oziqaviy qiymatga ega yem-xashak ishlab chiqarish uchun makkajo`xorini mosh bilan yetishtirish maqsadga muvofiqdir. Takroriy ekish uchun komponentlarning turi, navi va duragaylarini tanlash zarurdir.
    Aholini oziq-ovqat mahsulotlariga va chorvachilikni yem-xashak bazasiga bo`lgan talabini to`la qondirish maqsadida kuzgi bug`doydan bo`shagan maydonlardan samarali foydalanish uchun takroriy ekinlar ekish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. Kuzgi bug`doydan keyin ekiladigan ekin turlarini tanlashda ularning biologik xususiyatlariga e`tibor berish kerak. Hozirda Respublika qishloq xo`jalik ekinlari strukturasiga don – boshoqli ekinlar kiritilgan va sug`oriladigan yerlardan unumli foydalangan holda bir yilda ikki, uch hosil olishga erishilmoqda. Bu esa aholini don va don mahsulotlari bilan ta`minlashda, paxta-g`alla navbatlab ekish negizida don ishlab chiqarishni ko`paytirish respublika iqtisodiy islohotlari bosh yo`nalishi bo`lib qolmoqda. Makkajo`xori va moshni erta pishar navlarini kuzgi bug`doydan bo`shagan yerlarga takroriy ekin sifatida yetishtirish ham mo`l don hosili olish imkoniyatlari mavjud. Demak, mamlakatimizning turli tuproq iqlim sharoitlarida makkajo`xori va moshdan mo`l va sifatli hosil olish taqozo etiladi. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasida1 “milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun qishloq xo`jaligi ob`ektlarini rivojlantirish” bo`yicha vazifalar belgilab berilgan[1].Mamlakamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar xalq xo`jaligining barcha sohalari qatori qishloq xo`jaligiga ham katta e`tibor berib, uning barcha tarmoqlari va sohalarida yangi sifat holatiga o`tishni talab qiladi. Qishloq xo`jaligida bunday sifat o`zgarishlaridan biri aholi iste`mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarida oqsilning yetarli bo`lishini ta`minlashdir. Aholining oqsilga bo`lgan talabini qondirish, ozuqa oqsili muammosini to`la hal etish maqsadida tarkibida oqsil moddasi ko`p bo`lgan ekinlarni serhosil navlarini yetishtirishni ko`paytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular o`zlaridan keyin sof, boy holdagi azotni qoldirib, tuproq unumdorligini oshiradi hamda yerdan unumli foydalanib mo`l-ko`l hosil yetishtirish imkoniyatini beradi[7].
    Keyingi yillarda oziq-ovqat mahsulotlari va chorvachilik uchun yem-xashak bazasini ishlab chiqarishning o`sishi mosh va makkajo`xori yetishtirilishni kengaytirishni taqozoetmoqda. Mosh ildizining xususiyati va ularda tugunak bakteriyalarining mavjudligi ushbu o`simlikni azot o`zlashtiradigan o`simliklar qatoriga kiritadi, bu esa keyingi o`simlik uchun azotli o`g`itlarga sarflanadigan moliyaviy vositalarni kamaytirish imkonini beradi. Makkajo`xori eng qimmatli, yuqori hosilli donli o`simlik hisoblanib, oziq-ovqat, yem-xashak, texnik va agrotexnik ahamiyatga ega.Yem-xashak sifatida makkajo`xorining doni va poyasi ishlatiladi.Uningdoni juda to`yimli.1 kg.makkajo`xori doni 1,34 kg.ozuqa birliga ega.Makkajo`xori poyasi mollarga ko`k holicha beriladi, xashaktayyorlanadi. Donning sut-mum pishish davrida o`rilganda esa uning poyasidanyuqori sifatli silos tayyorlash mumkin.Kavkazorti mamlakatlari, Ukraina va Moldaviyada qadimdan fasol, loviya, va mosh makkajo`xoriga qo`shib ekiladi[14].

    Download 12 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 12 Mb.