|
Adabiyotlar sharhi
|
bet | 8/28 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 12 Mb. | | #154945 |
Bog'liq Finished Laylo .13.06.23.tt(2.1.1-jadval).
Tuproq qatlamlari,sm
|
Umumiy shakllari, %
|
Harakatchan shakllari, mg/kg
|
Chirindi
|
N
|
P
|
K
|
N-NO3
|
P2O5
|
K2O
|
0-30
|
0,339
|
0,058
|
0,136
|
1,4
|
4,29
|
19,11
|
110,24
|
30-50
|
0,316
|
0,038
|
0,118
|
1,1
|
4,64
|
16,92
|
113,15
|
Tuproq o`simlik dunyosini yaratishda ishtirok qiladigan va juda murakkab dinamik jarayonlar kechib turadigan asosiy tabiat komponenti hisoblanib, u kimyoviy va organik moddalar, gazlar, o`simlik va hayvonot dunyosi kabi elementlardan iborat. Tuproq tarkibiy qismlari orasida yuzaga keladigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar uning dinamik xarakterlarining ajralmas qismidir.
Tadqiqot ob`ekti Xorazm viloyati 410-420 shimoliy kenglik va 600-610 sharqiy uzoqliklar oralig`ida, ekologik inqirozga uchragan Orol dengizini 200 km janubi-sharqida, Аmudaryo daryosining qadimiy deltasi ustida joylashgan bo`lib, voha o`tloqi allyuvial tuproqlarini tashkil qiladi. Xorazm vohasi iqlimikeskin kontinental, ko`p yillik o`rtachabug`lanish juda yuqori − 1400 mm va yog`ingarchlikmiqdori juda kamligi -92 mm bilan xarakterlanadi. Shuning uchun, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish bevosita yagona manba - Аmudaryo daryosi keltirgan suvga bog`liq. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti ma`lumotlariga ko`ra, Xorazm viloyatida bir yillik iste`mol qilinadigan suv miqdori 4,5 km3 bo`lib, uning 90% ulushi qishloq xo`jaligida ishlatiladi[41].
Xorazm viloyatida tarqalgan tuproqlar 100% sho`rlangan bo`lib, darajasiga ko`ra 1-3 marta sho`r yuvish tadbirlari amalga oshiriladi. Vegetatsiya davrida ekinlarning suvga bo`lgan talabini va tuproq qatlamidagi tuzlarni hisobgaolib, dalalarga katta miqdorda suv qo`yishni taqoza qiladi [3]. Vohada tuproqlar paydo bo`lishi va rivojlanishi bevosita Аmudaryo daryosi keltirgan allyuvial yotqiziqlar bilan bog`liq bo`lib, keyinchalik madaniylashgan. Аllyuvial jinslardan iborat bo`lgan tuproqlar mexanik tarkibiga ko`ra asosan loyqa (55%), qumoq (13%) va qumli (12%) tuproqlardan iborat.Tursunov ma`lumotlariga ko`ra, Xorazm vohasi 14 sug`oriladigan yerlari o`tloqi va botqoq-o`tloqi allyuvial tuproqlari mexanik tarkibi jihatidan juda xilma-xildir.Shuningdek, Tursunov tomonidan tuproq mexanik tarkibi, unda kechadigan barcha suv-kimyoviy jarayonlar hamda suv va tuzlarning harakati va to`planishi tuproq fizik hossalari bilan bog`lik xarakterga ega eganligi vohada olib borilgan tadqiqot ishlarida atroflicha o`rganilgan[39].. Voha issiqsevar eng shimoliy mintaqalardan hisoblanib, ekin yerlarining asosiy qismida kuzgi bug`doy (Triticum aestivum) yetishtiriladi. Barcha turdagi madaniy ekinlarni sug`orish davri iyun-avgust oylari oralig`ida 4-6 martagacha sug`orishlar soni bilan o`tkazilib, kuzgi bug`doyni sug`orish noyabrdan boshlab, may oyida tugaydi. Shuningdek, tuproq mexanik tarkibining qatlamlar bo`ylab tarqalishi va fizik loy miqdoriga muvofiq yer osti suvlari tuproq kapillyarlari orqali o`simlik ildiz qatlamini namlik bilan ta`minlaydi.Xorazm viloyati jami yer fondi 6,1 kv.km, shundan sug`oriladigan yerlar 265,5 ming ga bo`lib, ekin yeri 198,6 ming ga maydonda asosan g`o`za 45% (90 ming ga), 16% kuzgi bug`doy, 10% (20 ming gektar) gacha sholi davlat rejasi asosida joylashtiriladi.
Xorazm viloyati tabiiy-iqlim va yer sharoitining og`irligini dehqonchilik qilinadigan tuproqlarining 54 foizi kuchsiz, 33 foizi o`rtacha, 13 foizi esa kuchli darajada sho`rlangan yerlar tashkil qilishi ham ushbu fikrni isbotlab beradi.Markaziy Osiyo tabiiy geografik o`lkasi iqlimining shakillanishidauni geografik o`rni, yer usti tuzulishi, janub va sharqi baland tog`lar bilano`ralganligi, shimol va g`arbidagi yassi tog` va tekisliklar hamda Qoraqum va Qizilqum cho`llari muhim rol` o`ynaydi. O`lkaning katta qismini qurg`oqchilmintaqa tashkil etib, Himolay va Pomir tog`lari materik ichkarisiga mussonhavo massalarining kirib kelishiga to`sqinlik qilsa, qish faslida sovuq-Sibir antitsikloni, yoz faslida quruq va jazirama Markaziy Osiy tsiklonita`sirida keskin kontinental iqlim tipi hukumron bo`ladi.Chubning ta`kidlashicha, iqlimning global isishi ohirgi 40 yilda Markaziy Osiyo o`lkasida havo haroratining ko`tarilishiga sabab bo`lgan. Xorazm vohasi Markaziy Osiyodagi eng katta cho`llar (Qoraqum va Qizilqum) oralig`ida joylashib, yozi jazirama issiq, qishi qahraton sovuq bo`ladi va tuproqlarini kuchli sho`rlangan yerlar tashkil qiladi.Voha, eng kam yog`in yog`adigan mintaqalardan biri hisoblanib, yillik yog`ingarchilik 90-100 mm atrofida o`zgaradi [41].
|
| |