|
II bob bo`yicha xulosalar
|
bet | 10/28 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 12 Mb. | | #154945 |
Bog'liq Finished Laylo .13.06.23.ttII bob bo`yicha xulosalar
1. Tadqiqot o`tkazilgan hudud Xorazm viloyatida dehqonchilik olib boriladigan asosiy tuproqlar-qadimdan sug`orilib kelingan o`tloqi-allyuvial tuproqlar hisoblanadi. Bu tuproqlarning bir qismida uning ustki qatlami engil bo`lib, pastki qavatlari og`ir bo`lganligi sabab, melorativ jihatidan noqulay hisoblanadi.
Yer osti sizot suvlari daryo bo`ylarida 0,5-1,0 metrdan 1,5-2,0 metrgacha chuqurlikda joylashgan bo`lib, daryodan uzoqlashgan sayin yanada chuqurlashib boradi. Daryo bo`yidan uzoqlashgan sayin minerallashish darajasi ham ortib 2-3 g/l ni, ayrim hollarda esa 5-10 g/l ni tashkil qiladi.
Ishlab chiqish sanoatini rivojlantirish fermerlarning daromadini va aholining farovonligini oshirish uchun mahalliy bozor va eksport potentsialiga yo`naltirilgan istiqbolga egadir.
Umuman olganda, hududning iqlim sharoiti o`ziga xos bo`lib, hudud tuproq – iqlim sharoitida bug`doy, makkajo`xori, mosh, beda va boshqa o`simliklarni ekib yuqori hosil olish imkoniyatini beradi.
III BOB.TADQIQOT O`TKAZISH SHAROITLARI VA USLUBLARI
3.1 Tadqiqot o`tkazish uslubi
Dala tajribalari 2021-2022 yillarda Xorazm viloyati Urganch tumani “Murodbek” fermer xo`jaligida qadimdan sug`orilib kelingan o`tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida o`tkazildi.
Tajribada makkajo`xorini “Моldava 215 АMV ” navi gektariga 25 kg, moshning “Zilola” navi gektariga 16 kg me`yorda ekildi. Tajribada Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitlarida, xususan Urganch tumanida makkajo`xori(Corn) va mosh (Vigna radiata L.) ni sof va aralashtirib yetishtirish texnologiyasi ilk bor o`rganildi. Dala tajribalari va ishlab chiqarish sinovlari «Методика Государственного сортоиспытания сельскохозяйственных культур» va B.А.Dospexovning «Методика полевого опыта» uslubiyatlari bo`yicha o`tkazildi [27,10].
Tajribalarda tuproqning agrofizikaviy tahlillarini o`tkazishda «Методы агрофизических исследований» qo`llanmasidan foydalanildi [28]. Tuproqning hajm massasini aniqlash maqsadida tajribaning har bir variantidan ekinlarni ekishdan oldin va amal davri oxirida tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlaridan tuproq namunalari tsilindr yordamida olinib, N.А.Kachinskiy usulida tarozida tortish yo`li bilan aniqlab borildi.Tuproqni agrokimyoviy tahlil qilishda «Методы агрохимических анализов почв и растений» [28] qo`llanmasidan foydalanildi.Tajriba dalasi tuproq namunalari tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlaridan amal davri boshida va oxirida olinib, undagi chirindi miqdori I.V.Tyurin usulida, azot va fosforning umumiy miqdorlari А.P.Gritsenko, I.M.Maltseva usulida, nitratli azot miqdori kalorimetr usulida, harakatchan fosforni B.P.Machigin,almashinuvchi kaliyni alangali fotometrda P.V.Protasov usullarida aniqlandi.Mosh donining o`rtacha bozor narhi bo`yicha sarflangan harajatlar va olingan sof foyda bo`yicha iqtisodiy samaradorlik“ Ilmiy tadqiqot ishlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlashning asosiy qoidalari” uslubi bo`yicha hisobkitob qilindi. Mazkur hududda fenologik kuzatuvlar o`tkazildi ontogenez
davrlarining muddatlari aniqlandi. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishini bajarishda umum qabul qilingan fenologik tajriba – kuzatish usuli, Apsim matematik statistika usuli orqali o`rganildi,tadqiqotlar «Dala tajribalarini o`tkazish uslublari» kabi uslubiy qo`llanmalari asosida bajarildi[11]. Quritilgan o`simlik namunalari tarkibida umumiy NPK miqdorlari Ginzbur, Sheglova va Vulfius usulida aniqlandi. Mosh ildizidagi tugunak bakteriyalarni Posipanov usulida o`rganildi. O`simlikni laboratoriya sharoitida o`stirish umumiy qabul qilingan uslublar orqali o`rganildi.Qo`yilgan vazifalarga oid xulosalar chiqarildi.Fenologik kuzatuvlar davomida takroriy ekin sifatida yetishtiriladigan makkajo`xori navlarida so`talar soni ham hisoblab borildi.Kuzatishlarda so`talar soni qator oraligiga qarab mutanosib ravishda o`zgarib borganligi kuzatildi. Bunda takroriy ekin sifatida yetishtiriladigan makkajo`xori nazorat variantlarida so`talar soni o`rtacha 1,2 va 1,0 tani tashkil etganligi kuzatildi.
Tajriba dalasining tuprog`i o`tloqi allyuvial, granulometrik tarkibiga ko`ra o`rta qumoq, kuchsiz sho`rlangan. O`simlikni laboratoriya sharoitida o`stirish umumiy qabul qilingan uslublar orqali o`rganildi.Xorazm viloyatining sug`oriladigan o`tloqi allyuvial tuproqlarida makkajo`xori va dukkakli don ekinlarni sof va aralashtirib ekish usullarining samaradorligi o`rganildi.Makkajo`xori(Corn) va mosh (Glisina hispida)ni yetishtirishda yangi va zamonaviy texnologik jarayonlardan foydalanish shu soha mutaxassislaridan faqat nazariy bilimni, balkim zamonaviy ilmiytadqiqot ishlaridan boxabar bo`lishni ham taqozo etadi. Laboratoriya tajribasida-bunda o`simliklar, ularning o`sish, rivojlanish sharoitlari maxsus jihozlangan laboratoriyalarda olib borildi. Laboratoriya tajribasi ayrim hollarda mustaqil hal qilishi lozim bo`lgan masalalarga bag`ishlansa ham, lekin bu tajriba turi keng ilmiy tekshiruvlarning bir bosqichi bo`lib hisoblanadi.
Lizimetrik tajriba - bu metod vegetatsion tajriba metodidan shu tomoni bilan farqlanadiki, bunda o`simlik dalada maxsus lizimetrlarda, ya`ni to`rt tomoni va ostidan o`rab olingan tuproq sharoitida o`stirilib o`rganildi. Lizimetrning hajmi ko`pincha 1-2 metr kub bo`ladi.
Dala tajribasi. Ilmiy tekshiruvning yakunlovchi bosqichi bo`lib, dala sharoitida, alohida ajratib olingan yer uchastkasida o`tkaziladi. Dala tajribasi asosiy maqsadi bu tajriba variantlari orasidagi farqlarni aniqlashga, o`simliklarning o`sish va rivojlanish, hosil to`plashga sababchi bo`lgan faktorlarni, sharoitlarni miqdoriy jihatdan baholashga qaratilganidir. Dala tajribasining o`ziga xos xususiyati shundaki, bunda madaniy o`simliklar o`sishi va rivojlanishi tuproq, iqlimiy va agrotexnik faktorlarning o`zaro birlikdagi kompleksi holida va uning shakllanuvini belgilovchi faktorlarni o`zaro bog`lanish aloqalarini ko`rsatib beradi.
Dala tajribasi o`tkazilish maqsadlari va hal bo`linishi zarur bo`lgan vazifalarga bog`liq asosan 2 ta katta gruppaga bo`linadi:
1. Agrotexnik dala tajribalari - bular tuproqni ishlov, almashilab ekish, o`g`itlash, qishloq xo`jalik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash, ekin normalarini belgilash va boshqalarga bag`ishlangan tajribalardir.
2.Qishloq xo`jalik ekinlarining nav sinov tajribalari.
Geografik dala tajribasi - bu o`xshash ma`lum gruppa tajribalarini bir vaqtni o`zida bir qancha geografik sharoitlarda o`tkazildi. Umuman qishloq xo`jalik praktikasida dala tajribasi 2 xil modifikatsiyada, ya`ni:
1.Laboratoriya tajribasi
2. Dala tajribasi holida o`tkazildi.
Dala tajribasi quyidagi tuzilma asosida bajarildi.
|
| |