3.2.1-rasm.Dalada agrotexnik tadbirlar
3.2.2-rasm.Tajriba dalasining umumiy ko`rinishi
3.2.3-rasm.Moshni rivojlanish davrlari
III bob bo`yicha xulosalar
Ma`lumki keyingi yillarda aholini oziq-ovqatga bo`lgan talabini qondirish va chorvachilikni yem-xashak bilan ta`minlash maqsadida kuzgi bug`doydan bo`shagan maydonlarda takroriy ekin sifatida dukkakli don ekinlarni makkajo`xori bilan aralashtirib yetishtirishga katta e`tibor qaratilmoqda. Chunki aholini oziq-ovqatva chorvachilikni ozuqa bazasi, shu jumladan, yuqori miqdorda o`simlik oqsili tutuvchi dukkakli don bilan yetarli darajada ta`minlash qishloq xo`jaligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.Ularni hosildorligini oshirish maqsadida turli tuproq iqlim sharoitlariga mos keladigan agrotexnika yaratish maqsadida ilmiy izlanishlar olib bordim.Kuzgi bug`doy o`rib olingandan so`ng yoz oylarining ikkinchi yarmidan to kuzning oxirigacha qolgan 120 kun davomida takroriy ekinlar ekib, bir yilning o`zida ikki hosil yetishtirish imkoniyati yaratiladi. Dukkakli don ekinlarining makkajo`xori bilan aralashtirib ekish afzalligi yuqori sifatli oqsilga boy don va ko`k massa berib, o`zlaridan keyin sof holdagi azotni qoldirib, tuproq unumdorligini oshiradi hamda yerdan unumli foydalanib mo`l-ko`l hosil yetishtirish imkoniyatini beradi [14]. Shu sababli respublikamizning turli tuproq iqlim sharoitlarida kuzgi bug`doy ang`iziga ekilgan takroriy, shu jumladan donli dukkakli va makkajo`xori bilan aralashtirib ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatni kasb etadi.
Xorazm viloyatining sug`oriladigan o`tloqi allyuvial tuproqlarida makkajo`xori va dukkakli don ekinlarni sof va aralashtirib ekish usullarining samaradorligi o`rganildi. Izlanishlardan ko`zlangan maqsadni amalga oshirish uchun barcha agrotexnik tadbirlar o`z vaqtida va puxta bajarildi.Sifatli bajarilgan agrotexnik chora tadbirlar bosqichma-bosqich o`z vaqtida olib borilgandan so`ng bu ekinlar sentyabr oylarining oxirida, oktyabr oyining o`rtalariga kelib pishib yetilgan hosil, har bir variantning 5 nuqtasidan namuna, qo`lda o`rib olish yo`li bilan yig`ishtirib olindi. Natijada, yuqori sof foyda beradigan va rentabellik jihatidan samarali bo`lgan variantlar aniqlandi.
|