|
IV BOB.TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI
|
bet | 14/28 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 12 Mb. | | #154945 |
Bog'liq Finished Laylo .13.06.23.ttIV BOB.TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI
Mosh va makkajo`xori urug`larini laboratoriya va dala sharoitda unuvchanligini aniqlash
Makkajo`xorini “Moldova 215 AMV” Moldaviya davlatining seleksion duragayi. 2007 yildan Respublika bo`yicha ekish uchun Davlat reestriga kiritilgan. O`rta bo`yli, o`simlik bo`yi o`rtacha 150,0-200,0 sm. Vegetatsiya davri 85-98 kun. 1000 dona urug` vazni o`rtacha 209,0-308,6 g.
O`rtacha hosildorlik takroriy muddatlarda don uchun 42,5-50,7 s/ga, silos uchun 350-450 ts/ga. Makkajo`xorini takroriy ekin sifatida kuzgi ekinlardan bo`shagan yerlarga ekish alohida o`rin tutadi. Bu holda kuzgi ekinlar tez muddatda yigib olinadi, yer ekishga tayyorlanadi va urug`lar ekilgandan so`ng sug`oriladi.. “Zilola” navi O`zbekistan O`simlikshunoslik ITIda yaratilgan, Davlat reestriga 2008 yili kiritilgan. Nav tezpishar. Birinchidukkagi maysalanishdan 60-63 kun o`tganda yetiladi.Urug`i 90-95 kunda pishadi.Dukkaklar o`simlikning yuqorigi qismida shakllanadi, o`rtacha 25-30 dona bo`ladi. Hosildorlik 25,0-27,0 s/ga ni tashkil qiladi. 1000 ta urug`ning vazni 72 g. Bahorda ekilganda sug`orish me`yori 1500 m3, yozda ekilganda - 2000 m3. Ekish me`yori 30 kg/ga qalin ekilganda (400 ming tup /ga).
Laboratoriya sharoitida mosh va makkajo`xori urug`larini unuvchanligini aniqlash uchun urug`lardan 20 tadan tanlab olindi. Urug`lar sifati tekshirilib, 5-aprel kuni laboratoriya sharoitida temostat harorati 200C bo`lganda urug`lar petri idishlarida oddiy disterlangan suvga ekildi. Suv petri idishlariga urug`lar to`la botguncha quyildi.Urug`lar ekilgan kundan 3 kun o`tgandan so`ng, idishdagi suvlar kamaydi. 10-aprel kuni urug’larni unmaganligini kuzatdik. Harorat 200C dan 28 0C ga oshirildi urug’larga yana suv quyildi. Biz yana kuzatishda davom etdik.
Urug`larga har 3 kundan suv quyib borildi va 15-aprel kuni urug`lar bo`rtganini kuzatdik. Quyidagi javdalda mosh va makkajo`xorining 20 ta urug`idan nechtasi unib chiqqanligi ko`rsatilgan(4.1.1-jadval).
|
| |