4.2.1-rasm.Barg yuzasini LI-COR 3100 uskunasida o`lchovlar
Makkajo`xori va dukkakli don ekinlar quruq modda to`plashi dinamikasini o`rganish maqsadida ekinlarni barcha rivojlanish davrlarida to`rt takrorlanishning barcha variantlaridan o`simlik namunalari 1m2 yuzadan olinadi (o`simlikning o`rtacha rivojlangan qismi tanlanadi). O`sish davrlarida olingan o`simlik a`zolarga ajratilib (barg, poya, ro`vak, so`ta, don, so`ta qobig`i, ildiz, dukkak) termostatda 65-700C da 24 soat mobaynida quritiladi va tarozida tortiladi. Shu ma`lumotlar asosida 1ga maydondagi o`simliklarning quruq modda to`plashi hisoblab topildi(4.2.1-jadval). O`simliklarni asosiy o`suv davrlari bo`ylab olingan o`simlik namunalari dastlab portativ sovutgich kameralarida zudlik bilan laboratoriyaga olib kelinadi. Ular qismlarga ajratilib, barglari LI-COR 3100 uskunasida 2 marta takror o`lchanadi va haqiqiy barg sathi aniqlandi.
4.2.2-rasm. Makkajo`xori barg yuzasini LI-COR 3100 uskunasida o`lchovlar
Barcha variant va takrorlanishlarda ekinlar asosiy fazalarga kirgan kunlari qayd qilib borildi hamda variantlar va ekinlar bo`ylab vegetatsiya davomiyligi aniqlandi. O`simliklarni (rivojlanish davrlarida) fenologik kuzatishlar olib borildi. Bunda makkajo`xori o`simligini bo`yi, barglar soni va boshqa ko`rsatkichlari, moshda novda, dukkaklar soni, dukkaklar uzunligi va ulardagi donlar soni hisobga olindi. Buning uchun har bir variantda 50-ta o`simlik belgilab qo`yildi.Keyingi o`lchovlar ham shu belgilangan maydonlardagi o`simliklarda bajarildi.Ma`lumki o`simliklarning barg sathi o`simlik rivojlanishi davomida kengayib boradi va u biomassaning fotosintez qilishini ifodalovchi muhim ko`rsatkich hisoblanadi.Аzotli o`g`itlarning barg sathi, xlorofill va assimilyatsiya miqdori hamda o`simlikni biomassa to`plashiga ijobiy ta`siri Kienzler tomonidan ham alohida ko`rsatilgan[26].
4.2.1-jadval
Shoxlash Shonalash Gullash Dukkak va
|