Quruq modda to`plashi bo`yicha o`simlik rivojlanish davrining 2-4 hamda 6-8 barg chiqarish davrlarida variantlar o`rtasidagi farq sezilmadi, rivojlanishning keyingi bosqichlaridan boshlab o`simlikning quruq modda to`plashi bo`yicha variantlar orasidagi farqlar kuzatila boshlandi (4.2.1-jadval).Quruq modda to`planishining maksimum ko`rsatkichlari ham makkajo`xori o`simligining sut mum pishish davriga, moshda esa dukkak hosil qilish davriga to`g`ri keldi.
4.2.2-jadval
Shoxlash Shonalash Gullash Dukkak va so`ta hosil qilishi
O`suv davrlari
Tajribalarda maksimum barg sathi makkajo`xori o`simligining sulton chiqarish davriga, moshda esa gullash davriga to`g`ri keldi. Barg yuzasining o`zgarib borishiga mutanosib ravishda o`simlik quruq modda to`plashining ortishi kuzatildi (4.2.2-jadval).
.
4.2.3-rasm. Маkkajo`xoridan olingan o`simlik namunalari
4.2.4-rasm. Маkkajo`xorini qismlarga ajratilgan namunalari
4.2.5-rasm. Ajratib olingan namunalarni barg yuzasini o`lchash
Kuzgi bug`doydan keyin makkajo`xori va dukkakli don ekinlarni sof va aralash yetishtirilganda yuqori va sifatli don hamda ko`k massa hosiliga erishish usullari ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga tegishli tavsiyalar berildi.
Demak, sug`oriladigan yerlarda bir yilda ikki marta hosil yetishtirishda takroriy ekin sifatida mosh va makkajo`xorini sof va aralashtirib yetishtirish, ulardan yuqori va sifatli hosil olish mumkinligini izlanishlarda qayd etishga erishildi. Makkajo`xorini mosh bilan aralashtirib ekish chorvachilikning oziqaviy oqsilga bo`lgan talabini qondirish muammolarini hal etish yo`llaridan biri hisoblanadi.
4.2.6- rasm.Laboratoriyada o`lchovlar olib borgan jarayoni
|