• Dissertatsiyaning “Kirish” qismida va ilova qilingan materiallarning tarkibi va bajarilish sifati
  • Dissertatsiyadagi ilmiy manbalar. Fan-tеxnika innovatsiya yutuqlari natijalaridan foydalanilganligi
  • T A Q R I Z Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa mosligi




    Download 12 Mb.
    bet26/28
    Sana12.02.2024
    Hajmi12 Mb.
    #154945
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
    Bog'liq
    Finished Laylo .13.06.23.tt

    T A Q R I Z


    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa mosligi:
    Keyingi yillarda oziq-ovqat mahsulotlari va chorvachilik uchun yem-xashak bazasini ishlab chiqarishning o‘sishi mosh va makkajo’xori yetishtirilishni kengaytirishni taqozo etmoqda. Bizning mamlakatimizda kuzgi bugʼdoydan boʼshagan maydonlardan samarali foydalanish maqsadida takroriy ekin sifatida ularning tezpishar navlarini parvarishlash muhim hisoblanadi. Bunda dukkakli don ekinlarini alohida hamda boshqa don ekinlariga qoʼshib ekish va maqbul ekinlarni tanlash muhim ahamiyatni kasb etadi. Mosh ildizining xususiyati va ularda tugunak bakteriyalarining mavjudligi ushbu o‘simlikni azot o‘zlashtiradigan o‘simliklar qatoriga kiritadi, bu esa keyingi o‘simlik uchun azotli o‘g‘itlarga sarflanadigan moliyaviy vositalarni kamaytirish imkonini beradi. Makkajo’xori eng qimmatli donli o’simlik hisoblanib, oziq-ovqat, yem-xashak, texnik va agrotexnik ahamiyatga ega.
    Ushbu dissertasiya ishi 4 bobda yozilgan bo‘lib kirish, adabiyotlar sharhi, asosiy qism, tadqiqot ishi, natijalari va xulosa qismlardan iborat. Har bir bobning mazmuni va mohiyati ko‘plab ilmiy adabiyotlar asosida ochib berilgan. Xulosa qismida talaba o‘z ishini umumlashtirib zarur tavsiyalar bergan.
    Ruzimova Laylo Shuhratovna tomonidan magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan ushbu dissertatsiya ishi reja bo‘yicha fanning so‘nggi yutuqlari asosida yozilgan.
    Dissertatsiyaning “Kirish” qismida va ilova qilingan materiallarning tarkibi va bajarilish sifati: Ilmiy ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, tadqiqotning ob’ekti va predmeti, tadqiqot metodlari, ilmiy yangiligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
    Dissertatsiyadagi ilmiy manbalar. Fan-tеxnika innovatsiya yutuqlari natijalaridan foydalanilganligi: Tadqiqotchi dissertasiya ishini bajarishda ilmiy-metodik adabiyotlar, mavzuga oid ilmiy maqolalardan va internet ma’lumotlardan foydalangan. Tajribalarga asoslangan ilmiy ish fan va texnika yutuqlarga asoslangan holda olib borilgan. Ushbu dissertasiya ishida Xorazm viloyatining sugʼoriladigan oʼtloqi allyuvial tuproqlarida dukkakli don ekinlarni sof va makkajoʼxori bilan aralashtirib ekish samaradorligi oʼrganilgan. O’rganilgan omillarni barg sathi va biomassa to’plashiga ta’sirini o’rganilgan.Mosh va makkajo’xorini aralashtirib yetishtirish texnologiyasi, uning mahsuldorligi, oqsil miqdori va ahamiyatini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
    Ushbu dissertasiya ishida makkajo’xorini va moshni aralashtirib ekilganda uning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va urug’chilik asoslari bo’yicha tajribalarni amalga oshirilgan, olingan natijalarni ilmiy adabiyotdagi ma’lumotlar bilan qiyosiy tahlil qilingan. Ushbu magistrlik dissertatsiya ilmiy ishida o`rganilgan ma`lumotlar aholini oziq ovqat bilan ta`minlanishida hissa qo`shuvchilarga dasturi amal bo`lib xizmat qiladi.

    Download 12 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    T A Q R I Z Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa mosligi

    Download 12 Mb.