• Kurs ishini maqsadi va vazifasi
  • 6-Mavzu: Kurs ishi yozish. Kurs ishining mazmuni va tarkibiy qismlari. Reja




    Download 23.92 Kb.
    bet1/7
    Sana01.11.2023
    Hajmi23.92 Kb.
    #92488
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    6-Mavzu
    mohi jar 2 top, Скан 20231117 (6), 4.Биринчи транзистор ва ИМС қачон ва кимлар томонидан яратилган

    6-Mavzu: Kurs ishi yozish.Kurs ishining mazmuni va tarkibiy qismlari.
    Reja:
    1.Kurs ishi haqida tushuncha 2.Kurs ishining mazmuni 3.Kurs ishining tarkibi.
    Tayanch so‘z va iboralar: kurs ishi, tadqiqot, ilmiy rahbar, metod, ilmiylik, ilmiy yangilik, tadqiqot dolzarbligi
    Kurs ishi - bu o’quv rejasiga kiritilgan, biror aniq mavzu bo’yicha talaba va magistr tomonidan tayyorlanadigan, ilmiy-tadqiqot elementlarini o’z ichiga olgan yozma ish. Kurs ishlarini bajarish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ―Davlat ta‘lim standartlari‖da ko’zda tutilgan. Uni yozish talaba va magistrlarning fan bo’yicha olgan bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlashga, mustaqil ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko’nikmasini egallashga, bajargan ilmiy ishi natijalarini ijodiy yakunlashni o’rganishga yordam beradi. Kurs ishini maqsadi va vazifasi
    Akademiya ta‘lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talaba va magistrlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko’nikmalarini shakllantirishda kurs ishining ahamiyati kattadir. Kurs ishini bajarish jarayonida talaba va magistr egallagan nazariy bilimlari va mavjud me‘yoriy hujjatlar, ma‘lumotnomalar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib amaliy masalalarni mustaqil ravishda echish hamda o’z g’oya va echimlarini jamoada himoya qilish ko’nikmasini egallaydi. Kurs ishini bajarishdan maqsad - o’quv rejasida ko’zda tutilgan muayyan fan bo’yicha ma‘ruza va amaliy mashg’ulotlarda olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarni aniq ijodiy va amaliy masalalarni mukammal yechishda qo’llashdir.
    Kurs ishini bajarish orqali talaba va magistr murakkabroq nazariy va amaliy masalalarni, masalan, bitiruv-malakaviy ishini bajarishga tayyorlanadi. Shu bilan birga kurs ishi talaba va magistrda davlat standartlari, soha me‘yorlari, ma‘lumotnomalar, jadvallar, diagrammalar, yo’riqnomalar va muqaddam egallangan tajribalardan foydalanish ko’nikmasini shakllantiradi. SHuningdek, kurs ishi talaba va magistrlarda hisob-kitob ishlarini bajarish, masalalar chizmalarini chizish, tushuntirish hisobotlarini rasmiylashtirish ko’nikmalarini hosil qilishi lozim.

    Download 23.92 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 23.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-Mavzu: Kurs ishi yozish. Kurs ishining mazmuni va tarkibiy qismlari. Reja

    Download 23.92 Kb.