Adabiyotlar sharhi




Download 12 Mb.
bet23/28
Sana12.02.2024
Hajmi12 Mb.
#154945
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Finished Laylo .13.06.23.tt

IV bob bo`yicha xulosa
Izlanishlar Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan “Murodbek” fermer tajriba xo`jaligi dalalarida olib borildi. Takroriy ekin sifatida makkajo`xori va dukkakli don ekinlarini aralash ekishning samarasini aniqlashda ko`rinishlar (variantlar) dalada bloklash va rendomizatsiyalash usullaridan foydalanib joylashtirildi.Takroriy ekin sifatida yetishtirilgan makkajo`xori va dukkakli don ekinlarining o`sishi, rivojlanishi, hosildorligi va mahsulot sifati parametrlari to`plandi.
Xorazm viloyati sharoitida kuzgi bug`doydan keyin takroriy ekin sifatida yetishtirilgan moshninig Zilola va makkajo`xorining Moldava 215 AMV navlarini aralashtirib ekish usullarining samaradorligi aniqlandi. Bunda eng maqbul muddat 1 iyulda ekilsa hosildorligi ortishi kuzatildi. Mosh va makkajo`xori o`simligiuchun mo`tadil iqlim va namlik etarli bo`lsa yaxshi rivojlanishi¸ undan sifatli va mo`l hosil olindi. Barcha variant va takrorlanishlarda ekinlar asosiy fazalarga kirgan kunlari yozib qo`yildi hamda variantlar va ekinlar bo`ylab vegetatsiya davomiyligi aniqlandi. Bu ikkala ekinni ham don va poya hosili sifatini aniqlandi. Makkajo`xorini barcha variantlarda donning namligi, uning tarkibidagi oqsil, yog`, kletchatka, kraxmal va kul miqdorlari, poyasining esa ozuqabopligi, moshda oqsil,moy,kletchatka, kraxmal aniqlandi.




XULOSALAR



  1. Xorazm viloyatining sug`oriladigan o`tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi bug`doydan keyin takroriy ekin sifatida dukkakli don ekinlarni makkajo`xori bilan aralashtirib yetishtirilishda tuproqning agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalari ijobiy tomonga o`zgarib, undagi gumus miqdori tuproqning haydov (0-30 sm) qatlamida 0,339% dan 0,475% ga ortganligi aniqlandi.

  2. Dukkakli don ekinlarni makkajo`xori bilan aralashtirib yetishtirishda quruq biomassa to`planishi va barg sathi ekish usuliga bo`g`liq bo`lib, oddiy qator orasi 60 sm qilib ekilganga nisbatan qo`shqator qilib 60х30 sm da ekilganda yuqori bo`lishi aniqlandi.

  3. Xorazm viloyati tuproq iqlim sharoitida kuzgi bug`doydan so`ng takroriy ekin sifatida dukkakli don ekinlarni makkajo`xori bilan aralashtirib yetishtirishda don va poya hosildorlik yuqori bo`lishi aniqlandi.

  4. Kuzgi bug`doydan so`ng takroriy ekin sifatida dukkakli don ekinlarni makkajo`xori bilan aralashtirib yetishtirishda maqbul ekish muddati (1 iyulgacha)qo`llanilsa, uning sifati va iqtisodiy ko`rsatkichlari yuqori bo`lishi aniqlandi.



Download 12 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Download 12 Mb.