4.4.2-rasm. Mosh mozaikasi kasalligini belgilari (qo`zg`atuvchiPhaseolus virus 1).
Kuzgi tunlam. Keng tarqalgan zararkunanda bo`lib, qurtlari 5 yoshni boshdan kechiradi. Katta yoshlik qurtlik bosqichida tuproqning 5-15 sm chuqurligida qishlaydi.Kapalaklari o`rtacha 500-600 tagacha tuxumqo`yadi. Аsosan birinchi avlod qurtlari unibchiqqan maysalar va yosh nihollarga jiddiy zarar yetkazadi. Ko`chatlarni qirqib tup sonini keskin kamaytiradi.
Ko`sak qurti. O`simlikning o`suv nuqtasiga bittadan tuxum qo`yadi.Tuxumlari gumbazsimon. Hayoti davomida o`rtacha 800-2000 tagacha tuxum qo`yadi. Tanasi och yashil, ko`kish sarg`ish rangdan tortib, qoramtir ranggacha bo`ladi. Xayoti davomida 4-5 marttagacha avlod beradi. Ko`sak qurti dukkak va donlarni kemirib zarar yetqazadi.
O`rgimchakkana. Moshning ashaddiy zararkunandasi bo`lib, u ko`p o`simlik bilan oziqlanadi.O`rgimchakkana 160-600 ta gacha tuxum qo`yadi. O`zbekistonda 18-20 tagacha avlod beradi. Moshning barg va meva organlarni so`rib zararlaydi.
4.4.3-rasm. Mosh mozaikasi kasalligini belgilari (qo`zg`atuvchiPhaseolus virus ).
Makkajo`xori kasalliklari-zamburug`, bakteriya va viruslar vujudga keltiradigan kasalliklardir. Ularning 70 dan ortiq turi ma`lum. Eng ko`p tarqalgan urug` va maysalarning mog`orlashi.Uni zamburuglar paydo qiladi. Kasallangan urug` sirtida ko`kimtir, kulrang va boshqa tusdagi g`ubor bo`ladi, bunday urug` unib chiqmaydi. Urug` kamroq kasallangan bo`lsa ekkanda maysa chiqadi, lekin yer osti qismi zararlangan bo`ladi, 4-5 ta barg chiqarguncha o`sib, keyin o`sishdan to`xtaydi. Bunday qurib qolishiga yana bir sabab, o`simlik ildiziga tushadigan qurtdir. Yani o`simlik unib chiqqanidan so`ng qurt uning ildizini eb bitiradi va keying o`simlik ildiziga o`tadi. Buni oldini olish uchun ekishdan oldin yerga kamroq o`g`it (mochevina) solish kerak.Bu o`g`it bilan o`simlik qurtlardan himoya qilinishi bilan birga ozuqa bilan ta`minlanadi.
Pufaksimon qorakuya-zamburug` havo orqali yuqib, makkajo`xori so`tasi, popugi, poyasi, bargi va ba`zan ildizi bo`g`zini zararlaydi. Kasallangan organlarda oqimtir dog` hosil bo`lib, turli kattalikdagi pufakka aylanadi. O`simlik yaxshi rivojlanmaydi.
Changsimon qorakuya- zamburug` o`simlik poyasi o`sib, gullash davrida so`tasi va popugini zararlaydi. Kasllangan so`tada shish paydo bo`lib, bu shish oldin oq yoki pushti parda bilan qoplanadi. Ichi esa to`q jigarrang qora chang massaga aylanadi. O`simlik o`sishdan to`xtaydi, shoxlab ketadi, barglari kengayadi, hosil tugmaydi.
|