Makkajo`xori va moshni sifat ko`rsatkichlari
4.3.2-jadval
№
|
Variantlar
|
oqsil%
|
kletchatka%
|
yog`%
|
1
|
Makkajo’xori R1 60 sm
|
0,97
|
1,57
|
5,19
|
2
|
Makkajo’xori+mosh R1 60
|
1,94
|
0,59
|
4,85
|
3
|
Makkajo’xori R1 90 sm
|
1,17
|
2,58
|
4,69
|
4
|
Makkajo’xori+mosh R1 90
|
1,52
|
1,82
|
4,69
|
5
|
Mosh R1 60 sm
|
2,78
|
5,55
|
1,71
|
6
|
Mosh+makkajo’xori R1 60
|
2,54
|
4,73
|
1,43
|
7
|
Mosh R1 90 sm
|
2,94
|
5,67
|
0,92
|
8
|
Mosh+makkajo’xori R1 90
|
3,04
|
7,44
|
1,06
|
Аmal davri boshi va oxirida tajriba variantlari bo`ylab hamma qaytariqlarda poyalarning umumiy soni hisoblandi( 4.3.3-jadval).
4.3.3-jadval
№
|
Variantlar
|
Qator orasi(sm)
|
Ekish tizimi
|
1 m2 dagi poyalar umumiy soni
|
1
|
Mosh
|
60
|
60 х 10-1
|
10
|
2
|
Mosh
|
60х30
|
(60 х 30) х 13-1
|
16
|
3
|
Mosh + мakkajo’xori
|
60
|
60 х 10-1
|
20
|
4
|
Mosh + мakkajo’xori
|
60х30
|
(60 х 30) х 13-1
(60 х 30) х 26-1
|
12
|
Don va ko`k massa uchun sof hamda aralash yetishtirilgan makkajo`xori va mosh ekinlarining hosili barcha variant va qaytariqlarda har bo`linmaning hisobga olinadigan 4 ta qatoridagi o`simliklar bo`yicha aniqlandi. Bunda bo`linmadagi 4 qator ko`k massa va yana 4 qator don hosili uchun mo`ljallandi. Barcha variant va qaytariqlarda don hosili uchun olingan namunalar termostatda 65-700C da 24 soat davomida quritildi, undan keyin don hosili miqdori aniqlandi. Ko`k massa hosili uchun makkajo`xori donning sut-mum pishish, dukkakli don ekinlardan mosh o`rta qismdagi dukkaklarning hosil bo`lishi davrida o`rildi. Vegetatsiya davrining oxirida hosil to`la hisoblash maydonchasidan olingan o`simlik namunalarida hosil strukturasi kabi ko`rsatkichlarni hisoblash yo`li bilan aniqlandi.
4.4. Mosh va makkajo`xorida uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari
Respublikamizning barcha mintaqalarida mosh va makkajo`xori ekinlarida turl xil kasalliklar tarqalgan.
O`simliklar ildiz chirishi bilan butun vegetatsiya davrida surunkali zararlanadi, ammo odatda urug`, barg va yosh ko`chatlar chirishi ko`proq uchraydi. Ularning barcha organlari (barg, gipokotil, poya, ildizchalari) zararlanishi va chirishi mumkin. Zararlangan kattaroq o`simliklarning barglari sarg`ayadi va so`ladi, to`kiladi, dukkaklari va doni kichik bo`lib qoladi, bo`yi pasayadi, ildizi qorayadi va so`lib qolishi mumkin.o`zg`atuvchi zamburug`lar zararlangan urug`, o`simlik qoldiqlari va tuproqda saqlanadi. Kasallik ko`proq tuproq namligi 50% dan past, tuproq harorati 18-25oC bo`lganida va urug` chuqur ekilganida kuchli rivojlanadi. Ildiz va nihollar chirishi ekin siyrak bo`lib qolishiga, kasallik kuchli rivojlanganida hosil 30% va ko`proqqa pasayishiga olib keladi. Kasallikni bir nechta parazit zamburug`lar qo`zg`atadi.
Ulardan eng ko`p tarqalgani – fuzarioz, kamroq uchraydiganlari rizoktonioz, pitioz va qora ildiz chirishdir. Bu kasalliklarning xarakterli belgilari quyidagi rasmda keltirilgan.
4.4.1.-rasm. Mosh ekinini rizoktonioz ildiz chirishi (qo`zg`atuvchi Rhizoctonia solani).
Unga qarshi kurash chorasi.Kasalliklarga chidamli va ertapishar navlar yaratish va qo`llash;
Yuqori sifatli, sog`lom, puxta saralangan va samarali fungitsid bilan dorilangan urug`larni tavsiya qilingan muddatlarda va chuqurlikka, ertaroq muddatlarda va qisqa vaqt ichida ekish;
Ularni ekishdan oldin 12-20 soat davomida ivitish;
Ekish paytida qatorlarga fosfor va kaliy o`g`itlari solish;
Аgrotexnika qoidalariga rioya qilish, qatqaloqni yumshatib turish.
Sinalgan urug` dorilagichlari (Vitavaks 200FF, Yangi Raksil, Darmon-4, Himoya) orasida vitаvаks 200FF mosh ildiz chirishi va fuzariozga qarshi eng yuqori biologik samaradorlik ko`rsatgan.
Un-shudring kasalligi.Kasallik dunyoning barcha mintaqalarida tarqalgan, O`zbekistonda ham qayd etilgan.Un-shudring o`simliklarning barcha yer usti organlarini zararlaydi va ularning ustida un purkaganga o`xshash oq, so`ngra kulrang tus oluvchi qatlam rivojlanadi.Kulrang qatlam asosan konidiyalardan iborat. Konidiyalar shamol, yomg`ir tomchilari va hasharotlar vositasida ekin ichida tarqaladi.Yoz oxirlarida barglardagi qatlam ichida va ustida och-sariq, so`ngra qora tusli, dumaloq, oddiy ko`z bilan zo`rg`a ko`rinadigan kleystotetsiylar paydo bo`ladi. Kleystotetsiylar o`simlik qoldiqlarida qishlaydi, bahorda ularning ichidan askosporalar chiqib, yosh o`simliklarni zararlaydi. Un-shudring havo harorati 20-25oS va namligi 70-80% bo`lgan sharoitda kuchli rivojlanadi. Kech ekilgan ekinlar odatda kuchliroq zararlanadi. Ko`pincha kasallangan o`simliklar nobud bo`lmaydi, ammo barglari va dukkaklari kichik bo`lib qolishi, fotosintez kamayishi va o`simlikdagi fiziologik jarayonlar buzilishi natijasida hosil 15% va undan ham ko`proqqa pasayishi kuzatiladi.Un-shudringni dukkakli ekinlarda obligat parazit askomitset zamburug`lar, jumladan moshda phaseoli qo`zg`atadi. O`zbekistonda un-shudring moshni kuchli zararlashi va hosilini pasaytirishi aniqlangan. Kasallikka chidamli navlar mavjud emas.
Kurash choralari.Ertapishar navlarni mo`tadil muddatlarda ekish;
O`simlik qoldiqlarini daladan chiqarib yo`qotish;
Kasallikning birinchi belgilari ko`rinishi bilan, urug`lik ekinlarga fungitsid purkash;
Chuqur kuzgi shudgor qilish tavsiya qilinadi.
Zang kasalligi.Kasallikni moshda yakka xo`jayinli obligat parazit -romyces phaseoli (sinonim U. appendiculatus) bazidiomitset zamburug`i qo`zg`atadi;
Yoz boshida barglarning pastki, ba`zan esa ham ustki tomonida va dukkaklarida dumaloq, diametri 2 mm gacha keladigan, qo`ng`ir urediniyalar rivojlanadi. Ulardan chiqqan urediniosporalar shamol yordamida sog`lom ekinlarga tarqaladi va ularni zararlaydi. Mavsum davomida zamburug` bir nechta urediniya avlodlarini beradi.Kuchli zararlangan barglar, ba`zan dukkaklar ham, to`kiladi, hosil pasayadi.
Kurash choralari.Chidamli navlar yaratish va qo`llash; almashlab ekish;
Ekishdan oldin urug`ni fungitsid bilan dorilash;
Begona o`tlarga qarshi gerbitsid;
Kasallik kuchli rivojlanganida, urug`lik ekinlarga fungitsid purkash;
Hosilni yig`ib olgach, o`simlik qoldiqlarini daladan chiqarib, yo`qotish va chuqur kuzgi shudgor qilish tavsiya etiladi.
Askoxitoz kasalligi. Kasallikni moshda Ascochyta phaseolorum piknidali zamburug`lari qo`zg`atadi. Barglarda, ba`zan dukkaklarda dumaloq yoki noto`g`ri shaklli, qo`ng`ir tusli, to`q-qo`ng`ir hoshiyali, ba`zan kontsentrik doiralar shaklidagi dog`lar rivojlanadi. Har bir dog`ning markazida to`q-qo`ng`ir, so`ngra qora tus oluvchi piknidalar paydo bo`lib, dog`larning o`rtasi qorayib qoladi. Poya va barg bandlarida cho`zinchoq dog`lar va piknidalar rivojlanishi mumkin. Dukkaklar va ularning ichidagi don ham zararlanadi. Qo`zg`atuvchining piknosporalari ekin ichida yomg`ir va shamol bilan tarqaladi va sog`lom o`simliklarni zaralaydi.
Kurash choralari.
Аlmashlab ekishni joriy qilish;
Urug`likni sog`lom yoki kam zararlangan ekinlardan olish;
Ekishdan oldin urug`ni yaxshilab tozalash, saralash va samarali fungitsid (misol uchun Vitavaks 200FF) bilan dorilash;
Urug` olish uchun mo`ljallangan dalalarda birinchi ko`ringan kasal o`simliklarni daladan chiqarib, yo`qotish va ekinga fungitsid purkash;
Kaliyli o`g`itlarning yuqori me`yorlarini solish;
Kuzda hosil yig`ib olingach, dalani o`simlik qoldiqlaridan tozalash va chuqur shudgor qilish tavsiya qilinadi.
Mosh mozaikasi.Mosh mozaikasini virus qo`zg`atadi. Bu juda xavfli kasallik bo`lib, u mosh doni hosilini 55-70% ga, ko`k massasini esa 30-65% ga kamaytiradi. Zararlangan barglar tomirlari atrofida qoramtir hoshiya paydo bo`ladi va barg chetlari pastga bukiladi. So`ngra barglarda yaqqol ko`zga tashlanuvchi mozaika rivojlanib, ular kuchli g`ijimlangan shakl oladi. O`simlikning bo`yi pasayadi va u rivojlanishdan orqada qoladi. Virus urug` bilan o`tadi. Ba`zi mosh navlari kamroq zararlanadi.
|