• MUNDARIJA
  • KIRISH
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti




    Download 36.72 Kb.
    bet1/9
    Sana28.02.2024
    Hajmi36.72 Kb.
    #164208
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Botanika fanidan kurs ishi mavzu Burchoqdoshlar oilasi-fayllar.org
    Ms excel dasturida funksiyalardan foydalanib murakkab hisobotlar-fayllar.org, Excel dasturida avto hisoblashlar, IP - Umurova Shaxnoza, OWluasu6Ai1Y8PO4KdGouelS3HU3aCrpU24hvOOT

    Botanika fanidan kurs ishi mavzu: Burchoqdoshlar oilasi

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
    TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI

    11-21-GURUH TALABASI


    Hasanova Xadichaning
    Botanika fanidan
    KURS ISHI


    Mavzu: Burchoqdoshlar oilasi.
    Qabul qiluvchi: Abduraimov Aziz

    Guliston -2023

    MUNDARIJA

    KIRISH 3


    I. ADABIYOTLAR TAHLILI 6
    II. ASOSIY QISM 9
    2.1. Burchoqdoshlar oilasining tavsifi. 9
    2.2. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar 13
    2.3. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. 20
    XULOSA 23
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 24

    KIRISH

    Burchoqdoshlar yoki dukkakdoshlar oilasi (Fabaceae) Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) bo‘limi, Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfi, (Dicotyledones) Burchoqnamolar qabilasi (Fabales) ga kiradi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng tarqalgan.



    Burchoqdoshlarning 12000 turni birlashtirgan 500 turkumi tarqalgan. O‘zbekistonda 528 turni o‘z ichiga olgan 57 turkumi bor. Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasining tarkibiga daraxt, buta va chala buta o‘simliklar kiradi.
    Oila 3 ta kenja oilaga: mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaсеае) ga bo‘linadi.
    Mimozadoshlar oilachasi asosini tropik va suptropik xududlardagi daraxt o’simliklari, bularning o’ziga xos belgilari gullarining aktinomorf bo’lishidir. Changchilari erkin ( akatsiya –aсaсia turkum vakillari)
    Sеzalpindoshlar оilachasi daraxt, buta va lianalar bo’lib, tropik mintaqalarda tarqalgan o’simliklardir. Ba’zi vakillari bizda madaniy holda o’stiriladi. Masalan, yahudiy daraxti ( сerсis siliguastrum), o’tkirbargli sano (сassia aсutifolia) va boshqalar.
    Kapalakguldoshlar oilacha vakillarining gullari shingil, soyabon yoki kallak (boshcha) shakldagi to’pgulga yig’ilgan. Kosacha barglari qo’shilgan, 5 tishchali, aktinomorf yoki zigomorf. Kapalaksimon gulqo’rg’on 5 ta gultojibarglarga ega bo’lib, ularning 3 tasi erkin (yelkan va 2 ta eshkak) va ikkitasi qo’shilib qayiqchani hosil qiladi.
    Bu oilaga kiradigan o’simliklarining barglari yonbargchali patsimon yoki barmoqsimon murakkab, ba’zan novdada oddiy bargchalar chiqaradi. Gullari odatda o’rtacha yoki mayda bo’ladi, gullari mayda bo’lsa, odatda shingil, ba’zan boshcha soyabon yoki boshoqsimon to’pgul holida bo’lib turadi. Gulining tuzulishi juda tipikdir. Beshta kosachabargi qo’shilib o’sgan va goho zigomorf, ba’zan ikki labli bo’ladigan gulkosacha hosil qiladi



    Download 36.72 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 36.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti

    Download 36.72 Kb.