|
Internet protokollari
|
bet | 1/2 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 10,88 Mb. | | #145733 |
Bog'liq IP - Umurova Shaxnoza - Reja: 1. Internet global tarmog‘i haqida.
- 2. Internet protokollari haqida.
- 3. Internet protokollarining asosiy vazifasi.
- 4. Internet provayderlari haqida.
- Internet (lotincha: inter — aro va net — tarmoq) — standart minimal internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Internet tarmog‘ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog‘i – bu global tarmoq vakili hisoblanadi. Internet alohida kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o‘zaro birlashtirish imkonini ham beradi.
- Internet o‘z - o‘zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan: -texnik; - dasturiy; - axborot.
- Internet tarmog‘ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.Internet tarmog‘ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi dasturlar.Internet tarmog‘ining axborot ta’minoti Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.Internetning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, buning birinchisi axborot makoni bo‘lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir.
- Protokol — jo’natuvchi va qabul qiluvchi o’rtasida ma’lumot almashish uchun oldindan kelishib olingan kelishuvlar to’plami. Ikkala taraf ham ma’lumot almashinuvi vaqtida shu kelishuvlarga qat’iy rioya qiladi. IP - Internet protokoli. U birinchi bo'lib alohida shaxsiy kompyuterlarni yagona tarmoqqa birlashtirgan. Aytishimiz mumkinki, bu protokol eng oddiy. Shuningdek, u ishonchsizdir, chunki u paketlarni qabul qiluvchiga yetkazib berishni tasdiqlamaydi va ma'lumotlarning yaxlitligini nazorat qilmaydi. IP protokoli yordamida ma'lumotlar uzatish ulanish o'rnatmasdan amalga oshiriladi.
- IP ning asosiy vazifasi - datagram marshrutlash, ya'ni biz tarmoq tugunlari orqali ma'lumotlar yo'lini aniqlash haqida gapiramiz. Hozirgacha eng ommabop versiya 32 bitli manzilli IPv4 edi. Ammo, bilasizki, 4,29 milliard IPv4 manzillari juda ko'p, ammo uzoq vaqt davomida etarli emas. Shuning uchun IPv6 manzillar taqchilligi muammosini hal qilish uchun mavjud.
|
| |