4.4.4. Makkajo`xorining changsimon qorakuya kasalligi
Bakterial so`lish-o`simlikning pastki barglarida och yashil chiziq dog`lar hosil bo`lib, dog`lar keyinchalik sarg`ayadi.Asta-sekin butun barg bo`ylab uzun yo`llar hosil bo`ladi.So`ngra barglardan poyalarga va yuqorigi barglarga o`tadi, o`simlik so`liydi.
So`ta bakteriozi-zararlangan donlarda, ayniqsa so`taning yuqori qismida dumaloq,yarasimon dog` paydo bo`ladi.Bunday kasalliklar bilan kasallangan maydonlardan olingan donlardan urug`lik sifatida foydalanib bo`lmaydi. Chunki keying yili ham bu kasallik urug`lik bilan yana tarqalishi mumkin.
Zаrаrkunаndаlаrgа qаrshi kurаsh chorаlаri
Profilaktika tadbirlari
1.Yangi hosilni qabul qilishdan oldin ombor, jixoz,qoplar va idishlar ta`mirlanadi;
2.Har bir omborni o`z inventari bo`ladi uni yuqimsizlantirmay turib boshqa omborlarga olib chiqilmasligi kerak;
3.Ombor atroflari hasharot ko`payishi uchun qulay bo`lgan begona o`tlardan tozalanadi;
4.Omborxonani hamma yoriq va darz ketgan joylari suvab ta`mirlanadi;
5.Kunduzgi soatlarda eshik, deraza hamda havo o`tish darchalari ochilib, muntazam ravishda shamollatib turiladi, bulutli va yomg`ir kunlari omborlar shamollatilmaydi;
6.Urug`lik, oziq - ovqatga ishlatiladigan mosh doni nam o`tmaydigan qoplarga solinib taxta yog`och ustida taxlanib saqlanadi. Yerga, g`ishtga yoki tsement polga to`kib saqlash yaramaydi;
7.Almashlab ekishni joriy qilish;
8.Urug`ni ekishgacha dorilash;
9.Urug`likni sog`lom poyalarda pishib etilgan so`talardan olish;
10. Kasallikka chidamli navlarni ekish.
2. Zararkunandani qirib yuqotish choralari
1. Yozda imorat, hovuz va daraxtlardan chekkadagi balandroq tekislikka brezent va shu kabi narsalarni yozib ustiga zararsizlantiriladigan donlar yupqa qilib yozilib 3-4 kun quyoshda qizdiriladi. Har kuni yog`och kurak bilan 2-3 marta ag`darilib turiladi.Kechki paytda donlar to`planib usti brezent bilan yopiladi.So`ng zararkunandalardan tozalanadi.
2. Omborda saqlanayotgan donni (ekilmaydigani) 600C haroratda 2-3 soat saqlash zararkunandaga halokatli ta`sir etadi. Omborda haroratni 00C gradusdan pastda saqlansa donxo`r qo`ng`izlari rivojlanishdan to`xtaydi.
3. Donni omborda fumigatsiyalash
Ombordagi donlar (ayniqsa eksport qilinadigani)fumigatsiya qilinishi shart.Bunda fumigatsiyalash yopiq binolarda xavfsizlik talablariga qat`iy rioya qilib o`tkaziladi.Magtoksin 660 fumiganti tabletkalari 5 gramm 1m3 maydonga sarflanib oziq-ovqat va urug`lik uchun ishlatiladigan don 5-10 kecha-kunduz davomida dudlanadi yoki Fastfos 56fumiganti 3 gramm 1m3 miqdorda sarflab bo`sh omborda yoki 8 gramm 1m3 miqdorida sarflab 2,5 m gacha xirmon qilib to`kilgan yoki qoplanib usti brezent yoki polietilen plyonka yopilgan oziq-ovqat va urug`lik uchun ishlatiladigan don 10 kecha-kunduz davomida dudlanadi. Yoki Metil bromid (Metabrom 980) 30- 100g/1m3 sarflab qo`llash ham mumkin.Fumigatsiya qilibbo`lingach odamlar 4-6 kun yaxshilab shamollatilgandan keyin kirish mumkin.
4.Ochiq dalada zararkunandalarga qarshi kurash choralari
1.Аgrotexnik tadbirlardan, ayniqsa chidamli navlarni tanlab ekish, o`simlik qoldiqlarini yo`qotish, yerni ikki yarusli plug bilan haydash va almashlab ekish zararkunandalarni zararini oldinioladi.
2.Mosh ekini urug`ini kasalliklarga qarshi ekishga 3-5 oy qolganda namlash usuli bilan Vitavaks 200FF34% suvli suspenziya kontsentrati (s.sus.k.) preparati bilan 5,0 kg/ yoki Fundazol 50% namlanuvchi kukun -2,0 kg/ sarflab dorilanadi.
3.Dala sharoitida zararkunandalarga qarshi kimyoviy usulda kurashilganda BI-58 yangi 40% emulsiya kontsentrati (em.k.) 1,5-2,0 l/ga, Karate 5% em.k.- 0,5-1,2 l/ga yoki Fufanon 57% em.k. preparatlarini kanalar, shiralar, tripslar, oqqanotlar, parvonalar, mevaxo`rlarga; Omayt 57%, em.k. preparatini o`rgimchak kanaga; Superkil 25% em.k. preparatini parvonalar va mevaxo`rlarga qarshi qo`llash tavsiya etiladi.
4.Ekinni o`suv davrida oltingugurtli dorilar: ohakni oltingugurtli qaynatmasi (ISO) ni 0,5-10 C gradusli quyuqliqda qo`llash yoki oltingugurt talqonini gektariga 20-30 kg/ga me`yorda changlash unshudring kasalligi va o`rgimchak kanani rivojlanishini oldini oladi.
Zararkunanda va kasalliklarga qarshi boshqa ruxsat etilgan preparatlarni ham qo`llash mumkin.Pestitsidlari bilan ishlashda texnik havsizligi qoidalariga va sanitar talablarga qattiq rioya qilish lozim.
5.Biologik usul.
1.Mosh ekini zararkunandalariga qarshi biologik usulda kurashishda entomofaglardan oltinko`z,trixogramma, brakon, xon qizilar, enkarziya va boshqalar foydalaniladi. Entomofaglar ertalabki va kechki salqinda qo`llaniladi.
2.Biologik usulni qo`llashda shiralar (o`simlikbitlari) ga qarshi oltinko`z entomofagi 1:10, 1:5 nisbatlarda (2-3 ming dona gektariga); g`o`za tunlamini o`rta va katta yoshdagi qurtlariga qarshi brakon paraziti 1000-2000 dona gektariga me`yorda va tuxumiga qarshi trixogramma entomofagi 3 ming dona gektariga, 3-6 kun oralab 3 marttada chiqariladi.Zararkunanda miqdorini va entomofag chiqarish
muddatlarini aniqlashda feromon tutqichlardan foydalaniladi.
Makkajoʻxori kasalliklari -zamburugʻ, bakteriya va viruslar vujudga keltiradigan kasalliklar. 70 dan ortiq turi ma`lum. Koʻp tarqalganlari:urugʻ va maysalarning mogʻorlashi. Uni Penicillium va boshqa zamburugʻlar paydo qiladi. Kasallangan urugʻ sirtida koʻkimtir, kulrang yoki boshqa tusdagi gʻubor boʻladi, bunday urugʻ unib chiqmaydi. Urugʻ kamroq kasallangan boʻlsa, ekkanda maysa chiqadi, lekin yer osti qismi zararlangan boʻladi, 4—5 barg chiqarguncha oʻsib, keyin oʻsishdan toʻxtaydi; Zamburugʻ havo orqali yuqib, makkajoʻxori soʻtasi, popugi, poyasi, bargi va ba`zan ildizi boʻgʻzini zararlaydi. Kasallangan organlarda oqimtir dogʻ hosil boʻlib, turli kattalikdagi pufakka aylanadi.Oʻsimlik yaxshi rivojlanmaydi.Changsimon qorakuya.Sorosporium Reilianum Me. Alp.zamburugʻi tugʻdiradi. Zamburugʻ oʻsimlik poyasi oʻsib, gullash davrida soʻtasi va popugini zararlaydi. Kasallangan soʻtada shish paydo boʻlib, bu shish oldin oq yoki pushti parda bilan qoplanadi, ichi esa toʻq jigarrang va qora chang massaga aylanadi. Oʻsimlik oʻsishdan toʻxtaydi, shoxlab ketadi, barglari kengayadi, hosil tugmaydi.
|