|
Mavzuning o`rganilganlik darajasi
|
bet | 2/28 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 12 Mb. | | #154945 |
Bog'liq Finished Laylo .13.06.23.ttMavzuning o`rganilganlik darajasi: Dukkakli don ekinlarni aralash ekish usuli Misr, Hindiston, Xitoyda keng tarqalgan.
Bizning mamlakatimizda kuzgi bug`doydan bo`shagan maydonlardan samarali foydalanish maqsadida takroriy ekin sifatida ularning tezpishar navlarini parvarishlash muhim hisoblanadi. Bunda dukkakli don ekinlarini alohida hamda boshqa don ekinlariga qo`shib ekish va maqbul ekinlarni tanlash muhim ahamiyatni kasb etadi.Xorazm viloyati sharoitida bu ish ilk bor o`rganildi va har tomonlama tahlil qilindi.
Tadqiqot ob`ekti: Davlat reestriga kiritilgan moshning “Zilola” va makkajo`xorining “Moldava 215 AMV” navlari tanlangan.
Tadqiqot predmeti– moshni “Zilola” va makkajo`xorini “Моldava 215 АMV ” navini sof va aralashtirib ekilganda uning o`sishi, rivojlanishi, hosildorligi va xo`jalik ahamiyati hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati tuproq iqlim sharoitida mosh va makkajo`xorini sof va aralashtirib ekish samaradorligi, hosildorligi, uning barg sathi va biomassa to`plashiga ta`sirini o`rganishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
1.Xorazm viloyatining sug`oriladigan o`tloqi allyuvial tuproqlarida dukkakli don ekinlarni makkajo`xori bilan aralashtirib ekish samaradorligini o`rganish;
2. Xorazm vohasi sharoitida ekish tizimini 2 xil tartibda: qator orasi 60 sm va (60x30 sm ) qilib o`rganish;
3.O`rganilgan omillarni barg sathi va biomassa to`plashiga ta`sirini o`rganish;
4.Hosil stkurturasi, don va poya hosili, hamda don sifatini aniqlash;
5.Xorazm vohasi o`tloqi - allyuvial tuproqlari sharoitida moshni Zilola, makkajo`xorini Моldava 215 АMV navining biologiyasini o`rganish;
6.Mosh (Vigna radiata L.) va makkajo`xori (Corn)ni aralashtirib yetishtirishda hosildorligi, uning xalq xo`jaligidagi ahamiyatini o`rganishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida, mosh (Zilola) va makkajo`xori (Моldava 215 АMV ) ni sof va aralashtirib yetishtirish samaradorligi ilk bor o`rganildi.
|
| |