• Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi
  • IBOB. ADABIYOTLAR SHARXI Dukkakli don ekinlarni (Vigna radiata L.) ning sistematikasi va morfologiyasi
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati




    Download 12 Mb.
    bet4/28
    Sana12.02.2024
    Hajmi12 Mb.
    #154945
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Finished Laylo .13.06.23.tt

    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Xorazm viloyatining sug`oriladigan o`tloqi allyuvial tuproqlarida dukkakli don ekinlarni makkajo`xori bilan sof va aralashtirib ekish usullarining samaradorligi o`rganildi.
    Tadqiqot natijalaridan oliy o`quv yurtlarida biologiya, ekologiya mutaxassislarni tayyorlash jarayonida noan`anaviy o`simliklarning biologiyasi, agroekologiyasi, maxsus kurslarda ma`ruzalar o`qishda foydalanish tavsiya etildi.Ushbu magistrlik dissertatsiya ilmiy ishida o`rganilgan ma`lumotlar aholini oziq ovqat bilan ta`minlanishida hissa qo`shuvchilarga dasturi amal bo`lib xizmat qiladi.Ishlab chiqish sanoatini rivojlantirish fermerlarning daromadini va aholining farovonligini oshirish uchun mahalliy bozor va eksport potentsialiga yo`naltirilgan istiqbolga egadir.
    Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi: Dissertatsiya ishi 77 betda yozilgan bo`lib, kirish, adabiyotlar sharhi, tajriba uslubi va sharoiti, tadqiqot natijalari, xulosalar, 15 ta rasm, 10 ta jadval va 14 ta ilovadan iborat. Foydalanilgan adabiyotlar 50 ta, shundan 5 tasi xorijiy mualliflar, 3 ta Internet saytlari tashkil etadi. Dissertatsiya mavzusi va natijalari bo`yicha ilmiy nashrlarda 4, jumladan 2 ta respublika va 2 ta xorijiy jurnallarda tezis va maqolalar chop etilgan.

    IBOB. ADABIYOTLAR SHARXI

      1. Dukkakli don ekinlarni (Vigna radiata L.) ning sistematikasi va morfologiyasi

    Dukkakli don ekinlari -don (urug`) olish uchun ekiladigan oʻsimliklar bo`lib, dukkakdoshlarning (Fabaceae) kapalakgullilar kenja oilasiga (Papilionaceae) mansub. Shuningdek, ulardan tuproq unumdorligini oshirish uchun almashlab ekishda foydalaniladi.Dunyo boʻyicha dukkakli don ekinlarining 17 turkumiga mansub 60 dan ortiq turi ma`lum.Poyasi yer bagʻirlab (mosh) oʻsadi.Barglari murakkab patsimon yoki panjasimon.Ildizi har xil shaklda, gul tuzilishi kapalakgullilarniki singari.Mevasi dukkak (2-9 urugʻli). Urugʻi mayda va juda yirik, dumaloq, buyraksimon, batamom yoki nuqtali rangli poʻstloq bilan oʻralgan. Oʻrta Osiyo sharoitida oʻsuv davri 60-90 kundavom etadi. Gʻunchalash va gullash davrida yer ustki qismlari kuchliroq oʻsadi. Koʻpchilik dukkakli don ekinlari mevalari birin-ketin, pastdan yuqoriga qarab joylashadi, shuning uchun urugʻlar baravar pishib yetiladi. Dukkakli don ekinlari don toʻlishishi va uning pishib yetilishi fazasida issiklikni koʻp talab qiladi. Dukkakli don ekinlari yengil qumloq va qumoq tuproqlarda juda yaxshi oʻsadi.Dukkakli don ekinlari fosforli-kaliyli oʻgʻitlarga talabchan. Dukkakli don ekinlari oziq-ovqat hamda ozuqa ahamiyatiga ega, oqsilga boy don olish uchun ekiladi. Doni, ayniqsa, toʻla pishib yetilmagan doni oqsil (12-60%), uglevod (11-60%), yogʻ (0,5-52%; quruq modda hisobida), vitamin, karotinga boy. Pishib yetilgan doni bevosita taomlarga ishlatiladi. Ulardan yorma, un tayyorlanadi. Dumbul mevalari sabzavot sifatida foydalaniladi.
    Dukkakli don ekinlar doni, kunjarasi, poyasi va poxoli chorva mollari hamda parrandalar uchun qimmatbaho, proteinga boy ozuqadir. Dukkakli don ekinlari tuproqni azotga boyitadi va ekinlar uchun muhim oʻtmishdosh oʻsimlik hisoblanadi. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida dukkakli don ekinlari angʻiz yoki oraliq ekin sifatida ekiladi. Koʻk massasi qoramol uchun ozuqa yoki koʻkat oʻgʻit sifatida ishlatiladi.Mosh (Phaseolus aureus Piper. va oxirgi klassifikatsiyasi bo`yicha (Vigna radiata L.) keng dunyoda tarqalgan ekin bo`lib, u ozuqa uchun qimmatli hisoblanadi.Phaseolusning 200 dan ortiq turi bo`lib, shulardan 20 turga yaqini madaniy ekin sifatida foydalaniladi, qolganlariyovvoyi turlardir[6].Kelib chiqishi bo`yicha turlar ikki (Аmerika va Osiyo)geografik guruhga bo`linadi. Аmerikali guruhga quyidagi keng tarqalgan turlar kiradi: oddiy loviya (Phaseolusvulgaris L) poyasi tik yoki chirmashadigan. Dukkagida 3-5 urug`bo`ladi. 1000 urug` vazni 200-400 g. Urug` rangi turlicha, oqdan to`q sariqqacha; ko`p gulli (Phaseolus multiflorus Lam) uzunchirmashadigan poyasi, oq va qizil gullari, yirik urug`lari bor. 1000 urug` vazni 700-1200 g; o`tkir bargli (Phaseoluslunatus acatifolus Gray L) tuksimon shaklida, keng, qisqa,yassi, dukkaklarida 2-3 urug`lari bor, tez yoriladi.
    Lima loviyasi (Phaseolus lunatus L) – bir va ko`p yillik shakllarimavjud. Gullari mayda, dukkagi keng, yassi, 2-3 don bo`ladi.Doni yirik, oq rangli, goho boshqa rangda bo`ladi. Osiyo loviyasidan ko`p tarqalgan turlari: Osiyo loviyasiyoki mosh (oltinsimon loviya, mango loviyasi,vigna moshi deb ham nomlanadi) – Ph.aureus Pip, adzuki-phangularis Willch, sholisimon loviya Ph. calcaratus Piper hisoblanadi. G.M.Popova Ph. aureus turini 3 ta kenja turgaajratadi: 1. s.sp.indicus G.Pop. – dukkaklari juda ham nozik,dukkaklar bo`yining uzunligi 7 sm gacha va eni 0,3-0,5 sm bo`lib, doni mayda, 1000 dona don og`irligi 15-30 g keladi. O`rtapishar va kechpishar shakllari mavjud. Ular asosan Hindistonda tarqalgan. Bunday mosh kenja turi vakillariningasosiy poyasi mustahkam va to`g`ri turuvchi shaklga ega bo`lib,hosilini kombaynda yig`ib olishga juda qulay hisoblanadi;
    2. s.sp.chinensis Q.Pop.–dukkagi katta, 9-17 sm uzunlikda,yo`g`on (10 mm.gacha) urug`i ham katta.Tezpishar nav, Xitoy va Uzoq Sharq mamlakatlaridatarqalgan. Ushbu kenjatur bebaho turlar sirasiga kiradi;
    3. s.sp.iranicus G.Pop. –dukkagi o`rtacha uzunlikda, uning uzunligi 7-8 sm bo`lib, 1000dona don og`irligi 35-38g.O`rtapishar, O`rta Osiyo mamlakatlarida, Аfg`oniston vaEronda keng tarqalgan. O`simligi yerga yoyilib o`sadi. Moshmezofit o`simligi bo`lib, o`zini-o`zi changlatadi.Mosh (Phaselus aureus Piper.) – bir yillik o`tsimon o`simlik. O`simlik o`q ildiz bo`lib, baquvvat rivojlangan. U tuproqda 110-140 sm gacha chuqurlikda o`sadi, ammo ildizning asosiy qismi haydalma qatlamda tarqalgan. Mosh o`simligining xarakterli xususiyati shundaki, bu o`simlikni har qanday tuproq sharoitida o`stirilganda ham uning ildizlarida havodagi erkin azotni o`zlashtiruvchi tuganak bakteriyalar tabiiy shakllanadi, tuproqdagi namlik ChDNS nisbatan 65-70% holatda bo`lganda tuganak bakteriyalar shakllanishi uchun eng maqbul bo`ladi va har o`simlikda shakllangan tuganak bakteriyalarning soni o`rtacha 80-88 donani tashkil qiladi[34]. Shuningdek, mosh o`stirilgan tuproqlardagi ang`iz vaildiz qoldiqlari bilan 2,12% azot, 0,88% fosfor, va 2,65 % kaliy ozuqa elementlari tuproqqa qaytib, uning unumdorligini tiklashga yordam beradi.
    Sug`oriladigan yerlar asosiy ehtiyoj manbai bo`lganligi sababli undan samarali foydalanishning asosiy usuli yil davomida uzluksiz foydalanib, bir yilda bir necha marta hosil yetishtirish asosiy masala ekanligi olimlar tomonidan ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan [35] .Poyasi dumaloq ko`rinsa-da, qirralibo`ladi. O`sish davrining boshidan shonalashgacha tik, so`ng chirmashib yoki yarim yotib o`sadi. Bo`yi 30-130 sm gacha bo`lib, o`rtacha 50-60 sm,yaxshi shoxlanadi. Yonshoxlar yoyiq yoki tarvaqaylagan holdabo`ladi. Poyasi katta maydonni egallashi tufayli mexanizatsiya yordamida yig`ishtirish og`ir. Poyasi qoramtir tuk bilan qoplangan. Poyasi o`rtacha 68-95 sm bo`lib, tik, yarimbutasimon bo`lib o`sishi bilan farq qiladi. Ularning poyasi determinant, ya`nicheklangan tipga kiradi.Barglari murakkab uchtalik (uch qo`shaloq), 12-17 smli barg bandida joylashadi, mayda qoramtir sarg`ish tuklarbilan qoplangan, tukchalarining rangi, barg bandlari yirik vauzun. Barg bandi va bargining orqa tomonida tuklar ko`p.
    Moshning barglari tashqi ko`rinishidan loviyaning barglariga o`xshaydi.To`pgulli. Gullari yirik, binafsha va sariq ranglarda.Guli to`p bo`lib joylashgan. Gulining 10-20 tasi bir tupga birikkan.Shingilda gulning bir qismi rivojlanmay qurib qoladi.Barcha dukkakli ekinlarning gullari o`zidan changlanuvchan bo`lib, ularning guli asosan hali ochilmasdan shonaning ichidalik holida changlanadi, gullagan gulning tojbarglari yulib ochib ko`rilsa, uningichida shakllanib ulgurgan yoki dukkaklari kuzatiladi. Gulining umumiy tuzilishi boshqa dukkaklilarnikiga o`xshash.Dukkagi to`g`ri, egilgan yoki cho`ziq ingichka dukkak, uchi o`tkir mayda qoramtir tuk bilan qoplangan. Tuklar dukkakka qoramtir tus beradi, uzunligi 5-18 sm ga yetadi va bir dona dukkakning ichida 6-15 tagacha urug` bo`ladi. O`simlik poyasidan osilib turadi, pishgandan keyin tez yig`ishtirilmasa chatnaydi. Tsilindrsimon skaklli uchi uchli, to`mtoq ko`rinishli, navlariga qarab har hil darajada tuklanadi, pishib yetilganda to`q qo`ng`ir, qora rangli, uzunligi 8,5-14,5 sm gacha bo`lishi mumkin.
    Dukkaklari chatnaydi, ammo yangidan introduktsiyalash (iqlimlashtirishning dastlabki bosqichi) asosida yaratilayotgan poyasi tik o`suvchi navlarning o`simliklaridagi dukkaklarning ichki qismida oq momiqsimon tuk mavjud bo`lib, bu dukkaklar chatnamaydi, donlari to`kilmaydi, ularning po`sti qattiq qalinligi bilan xarakterlanadi. Har biro`simlikda o`rtacha 46-78 donagacha dukkaklar bo`lishi mumkin.Har bir dukkakda o`rtacha 8-12 donagacha mosh urug`i joylashadi.
    Urug`lari ko`pincha tsilindrsimon, yumaloq shaklli,to`q yashil, och yashil, qo`ng`ir yashil, och sariq, qora rangli yaltiroq po`stli, ba`zan qalin tukli, urug` pallali don bo`ladi.Shuningdek, moshning urug`lari mayda, sal cho`zinchoq,hajmi 3-5 mm, rangi qoramtir, yashil, qora bo`ladi. Urug` kertigining rangi qora, ba`zan oq rangda ham bo`ladi.1000 dona urug`ining vazni 50-80 g keladi. Donining urug`qopchig`i aksariyat hollarda oq rangli chiziqchalik.
    Dondagi oqsil miqdori o`rtacha 24,3-27,2% gacha, moy miqdori 0,5-0,8 %ni tashkil etishi mumkin[8].Mosh individual rivojlanish davrida bir qator organogenez bosqichlarini o`taydi va ular quyidagilar:
    1) bo`rtish; 2) unib chiqish; 3) poyaning shoxlanishi; 4) shonalash;5) gullash; 6) dukkaklar hosil bo`lishi; 7) pishish; 8) to`la pishi.
    Mosh issiqlikni eng ko`p talab qiladigan ekinlardandir. O`simliklarning normal o`sishi va rivojlanishi uchun yuqori harorat talab etiladi. Urug`i 8-100Сissiqda unib chiqa boshlaydi, ammo urug`lari tez va qiyg`os unib chiqishi harorat o`rtacha 12-140С bo`lganda kuzatiladi, urug`ining erta ekilganda unib chiqishi cho`zilib ketadi, urug`larining bir qismi chirishi mumkin. Bu jihatdan moshni takroriy ekin sifatida ekish uning issiqlikka bo`lgan talabiga juda mos keladi va 3-4 kunda to`la unib chiqadi. Mosh uchun 18-220 C haroratda eng maqbul sharoit yaratiladi. Jazirama issiqda ham bemalol gullab,hosil tugaveradi. Shonalash va gullash davrida 20-250C issiq bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Mosh ekini 45-47 darajagacha issiqlikka chidamli. Moshning nihollari sovuqqa nisbatan juda ta`sirchan, bir daraja sovuq uni nobud qilishi mumkin. Mosh kunduzgi issiqva tungi salqinga, ya`ni havoning keskin o`zgarishiga bardosh bera oladi. Moshning tezpishar navlari uchun foydali harorat yig`indisi 18000 С, o`rtapishar navlari uchun 20000С hisoblanadi[9].
    Hozirgi vaqtda olimlarimiz moshning yuqori hosildorlikka ega, biologik va texnologik xususiyatlari yaxshi bo`lgan bir qancha yangi navlarni yaratishganlar.Moshning aksariyat navlari mahalliy yoki chetdan introduksiya qilingan nav va populyatsiyalarda bir martali yakka tanlash yo`li bilan yaratilgan. Yakka tanlashda dalada eng yuqori mahsulotli, zamburug` kasalliklarga, virusli va bakterial kasalliklarga chidamli, dukkaklari baland joylashgan,chatnab ketmaydigan navlar tanlab olinadi.Har bir o`simlikning urug`i seleksion pitomnigida alohida-alohida qilib ekiladi va yil davomida avlodlari o`rganilib eng yaxshilarining urug`i ajratib olinib kontrol pitomnikda dastlabki va konkurs nav sinashida o`rganiladi, sinaladi va ko`paytiriladi. Mosh seleksiyasida turichida duragaylash keng rivojlangan. Bu bilan barcha turlararo duragaylash ham qo`llaniladi. Oxirgi yillarda mosh seleksiyasida sun`iy mutagenezdan keng foydalanilmoqda.
    O`zbekistonda mosh seleksiya ishlari natijasida Radost, Pobeda-104, Durdona, Navro`z, Qahrabo, Turon, Marjon, Zilola navlari Davlat reestiriga kiritilgan.
    Qahrabo nav-O`zbekiston sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining seleksion navi. Mualliflar: Saltas M.M.,Raxmanov А., Sirimov А. 2005 yildan respublika bo`yicha sug`oriladigan yerlarda Davlat reestriga kiritilgan. Botanik turi-«mung bean». O`suv davri 90-95 kun.O`simlik bo`yi 70-75 sm.Shohlar soni 4- 6 ta, bir o`simlikdagi dukkak soni 50-60 ta, bir dukkakdagi don son 8-10 ta.1000 dona urug` og`irligi 55- 60 g. Don tarkibida oqsil 28-30%, poya ko`rinishi shtampali,guli sariq, ertapishar nav.Doni to`kilishga, kasalliklarga chidamli va mexanizatsiya yordamida yig`ishtirib olishga mo`ljallangan. Hosildorligi. 18-20s/ga. Bu yangi navni don olish, ko`k poya olish uchun asosiy hamda bug`doydan keyin takroriy ekin sifatida ang`izga ekish tavsiya etiladi.Dukkaklarining birinchi yig`imi maysalarning paydo bo`lgandan 40-45 kundan so`ng amalga oshirish mumkin. O`simlikdagi dukkaklar dalada chatnab ketmaydi, shu munosabat bilan hosil yig`imi dukkaklarining to`liq yetilishi davrida amalga oshiriladi.O`simlikdagi yetilgan dukkaklari to`q jigar rang yoki qora tusdabo`ladi.
    Marjon navi O`simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan va 2008 yilda Davlat reestriga kiritilgan.Nav issiqqa va kasalliklarga chidamli,o`rta sho`rlangan yerlarda yetishtirish uchun mos.Vegetatsiya davri 95 kun. O`simlik tik o`suvchan, bo`yi 60-65 sm, poyasida 35 dona va undan ortiq dukkaklar shakllanadi. Xar bir dukkakda 10-12 dona urug` shakllanadi. 1000 dona urug` vazni-82 g. Doni zaytun rangtusda, yaltiroq.Dukaklari poyasining ustki qismida shakllanishi terim jarayonini yengillashtiradi.Dukkaklarining birinchi yig`imi maysalarning paydo bo`lgandan 60-63 kundan so`ng amalga oshirish mumkin. O`simlikdagi dukkalari dalada chatnab ketmaydi, shu munosabat bilan xosil yig`imi dukkaklarining to`liq yetilishi davrida amalga oshiriladi.O`simlikda yetilgan dukkaklari sariq tusda bo`ladi.Intensiv tipdagi nav, kombaynda yig`ish uchun yaroqlidir. Hosildorligi 25,5-28,0 s/ga.
    Turon navi O`simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan va 2012 yilda Davlat reestriga kiritilgan.Nav issiqqa va kasalliklarga chidamli,o`rta sho`rlangan yerlarda yetishtirish uchun mos.O`rtapishar nav. Vegetatsiya davri 100 kun. O`simliktik o`suvchan, bo`yi 70-75 sm, 40 va undan ortiq dukkaklar shakllanadi. Xar bir dukkakda 12-14 dona urug`mavjud. 1000 dona urug` vazni- 85 g. Doni to`q zaytunrang tusda.Dukaklari poyasining ustki qismida shakllanishi terim jarayonini yengillashtiradi.Dukkaklarining birinchi yig`imi maysalarning paydo bo`lgandan 65 kundan so`ng amalga oshirish mumkin. O`simlikdagi dukkalari dalada chatnab ketmaydi,shu munosabat bilan hosil yig`imi dukkaklarining to`liq yetilishi davrida amalga oshiriladi.O`simlikda pishgan dukkaklar to`q jigar rangli yoki qora rangli.Intensiv tipdagi nav, kombaynda yig`ish uchun yaroqlidir. Hosildorligi 30,0- 32,0 s/ga.
    Radost navi-O`zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutining seleksiya navi bo`lib, O`simlikshunoslik institutida yaratilgan. 1984 yildan respublika bo`yicha sug`oriladigan yerlarda ekish uchun davlat ro`yxatiga kiritilgan.Nav o`ta tezpishar, 72-76 kunda yetiladi. Tupi tik o`sadi,balandligi 65-70 sm bo`ladi. Gullarni soni 30-60 ta, shingilida 6-8ta o`rtacha, sariq guli bor. doni o`rtacha, yashil. Dukkagi kalta,dukkaklarida 10-14 donagacha doni bo`ladi, urug` kertigi oq rangli,1000 dona don vazni birmuncha yengilroq, o`rta hisobda 39-49 grammni tashkil etadi.Hosildorligi o`rtacha 17,2 s/ga.Moshning “Radost” navi bahorda ekilganda o`suv davri o`rtahisobda 101 kunni, ang`izda yetishtirilganda 80-85 kunni tashkil etadi. Yozda kechki muddatlarda ekilsa, o`suv davri qisqaradi. Moshning “Radost” navi kasalliklarga, noqulay sharoitga, ayniqsa yuqori haroratga va namning yetishmasligiga “Pobeda-104” naviga nisbatan chidamlidir. Birinchi dukkaklari yerdan 15-17 smbalandlikda paydo bo`ladi. Dukkaklar shoxlarning uchki qismida joylashgan.Ushbu navning hosilini kombaynlar vositasida yig`ishtirib olish qulay.
    Mosh qurg`oqchilikka chidamli bo`lib, suvni ko`p talab qilmaydi. Lekin, tuproq namligini doimo me`yorida saqlab turish maqsadga muvofiqdir. Vegetatsiya davri davomida 2-3 marta sug`oriladi. Mosh urug`lari unib chiqishi uchun va gullashdan avval albatta sug`orish kerak.O`simlikning suvga bo`lgan talabi bahorgi muddatda 1500m3, yozgi muddatda esa- 2000 m3. Dukkaklari paydo bo`lgandan so`ng ular to`la yetilishi uchun o`simliklarni sug`orish tavsiya etilmaydi.
    Durdona navi O`simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan va 2011 yilda Davlat reestriga kiritilgan.Tezpishar nav (70 kun).Tez pisharligi jihatidan respublikada navning analoglari yo`q.Nav issiqqa va kasalliklarga chidamli, o`rta sho`rlangan yerlarda yetishtirish uchun mos.O`simlik tik o`suvchan, yarim tarvaqaylagan poyaga egabo`lib, bo`yi 50-60 sm. Poyasida 30 dona va undan ortiq dukkaklar shakllanadi. Har bir dukkakda 8-9 dona urug` mavjud. 1000 dona urug` vazni- 60 g. Doni to`q zaytun rang tusda.Dukkaklari poyasining ustki qismida shakllanishi terim jarayonini yengillashtiradi. Dukkaklarining birinchi yig`imi maysalarning paydo bo`lgandan 40-45 kundan so`ng amalga oshirish mumkin. O`simlikdagi dukkalar dalada chatnab ketmaydi, shu munosabat bilan xosil yig`imi dukkaklarining to`liq yetilishi davrida amalga oshiriladi.O`simlikdagi yetilgan dukkaklari to`q jigarrang yoki qora tusda bo`ladi.Intensiv tipdagi nav, kombaynda yig`ish uchun yaroqlidir. Xosildorligi-21,0-22,0 s/ga.Moshning “Durdona” navi bahorda asosiy va yozda kuzgi bug`doy ang`izida takroriy ekin sifatida ekiladi.
    Moshning Oltin navi O`zbekiston Sholikorlik ilmiy-tekshirishinstitutida Jitomir oblastidan keltirilgan oddiy loviyani vigna (duragay) bilan chatishtirish va keyin yakka tanlash yo`li bilan yetishtirilgan[32]. Bu navni don va ko`k dukkagi yetishtirish uchun ekish mumkin. O`simlik 55-60 sm ga yetadi.Gullari 6-10 ta, binafsha rangli. Har qaysi dukkagidagi urug`lar miqdori 8 taga boradi. Urug`lari cho`ziq, buyraksimon, yirik, 1000donasining vazni 500 g. Doni tarkibida 24% oqsil, ko`k dukkagi tarkibida esa 14,1% miqdorida oqsil mavjud.
    Qurg`oqchilikka chidamligi bilan ajralib turadi.Sizot suvlari yuza joylashgan yerlarda hosildorligi pasayib ketadi.Jitomir Davlat nav sinash uchastkasida Oltin navli moshning maksimal hosili don bo`yicha 29 va dukkagi bo`yicha 32,6 s/ga bo`ldi.Moshning bu navida pastki dukkaklar juda yuqoridan birikkanligi tufayli, hosil mexanizatsiyalashtirilgan usulda yig`ib olishga qulay[7].
    “Zilola” navi O`zbekiston Sholichilik ilmiy-tadqiqotinstitutining seleksion navi. O`zbekiston O`simlikshunoslik institutida yaratilgan.Davlat reestriga 2008 yili kiritilgan. Nav tezpishar. Birinchi dukkagi maysalanishdan 60-63 kun o`tganda yetiladi. Urug`i 90-95 kunda pishadi.
    Vegetasiya davri 95 kun.Dukkaklar o`simlikning yuqorigi qismida shakllanadi, o`rtacha 25-30 dona bo`ladi. Hosildorlik 25,0-28,0 s/ga ni tashkil qiladi. 1000 ta urug`ning vazni 90 g. Bahorda ekilganda sug`orish me`yori 1500 m3, yozda ekilganda - 2000 m3. Ekish me`yori 30 kg/ga qalin ekilganda (400 ming
    tup /ga). Ekish sxemasi:qator orasi - 60 sm va 90 sm qo`sh qatorlab ekiladi. Qo`sh qatorlarning orasi 15 sm vao`simliklarning orasi ham 20 sm[8].
    Dukkakli don ekinlarining urug`i, poyasi va bargida boshqa ekinlarga nisbatan 2-3 barobar ko`p oqsil bo`ladi. Shuning uchun ham yem-xashaklarning oqsili tarkibini yaxshilash maqsadida dukkakli donlilar boshqa ekinlar bilan aralashtirib ekiladi. Ta`mi sifati yaxshi. Qishloq xo`jalik kasalliklari va zararkunandalariga chidamliligi bilan xarakterlanadi. Takroriy ekinda 20 iyungacha, urug` ekish me`yori 12-15 kg [13]. Dukkakli don ekinlarining urug`ida va, ayniqsa, o`suv a`zolari tarkibida B1, B2, C kabi vitaminlar mavjud. Dukkakli o`simliklar ildizi va rizosferadagi tugunaklarda atmosfera azoti birikadi, natijada tuproq azot va organik qoldiqlar bilan boyitiladi. Dukkakli don ekinlaridan keyin yetishtiriladigan ekinning hosili va sifati yaxshilanadi.
    Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, Xorazm viloyatining o`tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida kuzgi bug`doydan keyin dukkakli don ekinlar bilan makkajo`xorini aralashtirib parvarish qilinganda, moshdan 18,0-19,0 ts/gа don hosili olingan.
    X.N.Аtabayeva (2003) va I.А.Isroilovning (1997) olib borgan tajribasiga ko`ra, moshni takroriy ekin sifatida erta muddatlarda ekib, ularni 100 kg/ga fosfor va 50 kg/ga kaliy bilan oziqlantirilganda don hosildorligi 20,3-23,2 s/ga ni tashkil etganligini aniqlaganlar[8].Internetdagi ma`lumotlarga ko`ra, dunyoda kechayotgan iqtisodiy vaziyat, dunyoda aholini jadal sur`atda bilan ko`payib borayotganligi, oziq-ovqat zahirasining yetishmasligi, dukkakli don ekinlaridan olinadigan mahsulot bilan dunyoning asosiy aholisini ta`minlovchi Аvstraliya mamlakatida ko`pdan buyon davom etayotgan qurg`oqchilik, Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabning oshib borishi kelgusida don ekinlarini ko`proq maydonlarga ekishni talab etadi.
    Shundan kelib chiqib, respublikamizda oziq-ovqat havfsizligini ta`minlash, uni barqaror holda ushlab turish uchun oziq-ovqat ekinlari maydonini o`zimizda ham kengaytirishni taqozo etadi [2]..
    Mosh ko`proq Osiyo mamlakatlarida yetishtirilib, uning o`zbekcha nomi mosh, ruscha nomi esa fasol zolotistaya deb yuritiladi. Moshning lotincha nomi ilmiy manbalarda Phaseolus aureus yuritiladi.Ye.N.Mishustin ma`lumotlari ko`ra, bakteriyalar dukkakli don o`simliklari ildiziga kirganidan keyin bir qancha o`zgarishlarga uchrab, dastlab tayoqchasimon shaklga kiradi, keyin esa bakteroidlar hosil qilib, ushbu bakteroidlar vositasida havodan erkin azot o`zlashtirilib, dukkakli don o`simliklari ildizlarida zahira holda to`plana boshlaydi.
    V.P.Izrailskiy, Ye.V.Runov, V.V.Bernardlar ma`lumotlariga ko`ra, havodagi erkin azotning dukkakli don o`simliklari ildizlaridagi tuganak bakteriyalar vositasida o`zlashtirilishi ko`proq gullash fazasida jadal bo`lib, fotosintez jarayoni bilan bog`liqligini aniqlaganlar. Shuning uchun moshni takroriy ekin sifatida erta muddatlarda ekish, ya`ni uning gullash fazasini uzun kun davriga mos kelishiga e`tibor berish kerak.V.N.Stepanov, P.P.Vavilov va boshqalar moshni “fasol zolotistaya” deb nomlashib, uning qurg`oqchilikka o`ta chidamli bo`lishini, don va siderat o`g`it uchun yetishtirish mumkinligini qayd qilishganlar. K.I.Rudakov, G.V.Lopatina, O.I.Shvetsovalar olib borgan tajribalariga ko`ra, dukkakli don o`simliklari ildizlarida yashovchi tuganak bakteriyalarda sintez bo`lgan oqsil, vitaminlar va boshqa birikmalar, mineral azot vositasida hosil bo`lganga nisbatan sezilarli darajada sifatli bo`lishini qayd etishgan. N.А.Krasilnikov dukkakli don o`simliklari ildizlarida yashovchi tuganak bakteriyalar Rhizobium turga mansub bo`lib, qaysi oilaga mansubligini munozarali ekanligini ta`kidlaydi. Shu bilan bir qatorda N.A.Krasilnikov dukkakli don o`simliklari ildizlarida yashab, havodagi erkin azotni o`zlashtiruvchi tuganak bakteriyalar fiziologik faol moddalar va vitaminlarni ham sintez qilishini aniqlagan. M.V.Fedorov dukkakli don ekinlari ildizida yashovchi tuganak bakteriyalarning havodagi azotni o`zlashtirishini o`rganib, dukkakli don ekinlari kech muddatlarda ekilib, azotli o`g`it bilan yuqori me`yorda oziqlantirilsa, ularning azot to`plash darajasi keskin pasayishi hamda don hosildorligi 2-4 s/gacha pasayib ketishini o`z tajribasida aniqlagan[20].
    X.N.Аtabaeva esa moshni “Osiyo loviyasi” deb atagan. Ko`rinib turibdiki, moshning nomi turli manbalarda turlicha nomlangan. Shunga qaramasdan uning lotincha nomi bir xilda Phaseolus aurebs Roxb deb atalishi qabulqilingan[6].Аholi extiyoji uchun talab qilinadigan to`yimli, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ta`minotini yaxshilashda donli ekinlar bilan bir qatorda dukkakli-don ekinlar xam muhim o`rinni egallaydi. Dukkakli-don ekinlar donli ekinlarga nisbatan oqsil, muhim aminokislotalar vavitaminlarga boy bo`lib, uning tarkibida 25-50 % oqsil mavjuddir. Dukkakli ekinlar don, ozuqa, yem-xashak yetishtirish hamda texnik va universal maqsadlarda foydalaniladi.
    Dukkakli don ekinlari dehqonchilikda uchta asosiy vazifani, ya`ni o`simlik oqsili masalasi, don yetishtirishni ko`paytirish va tuproq unumdorligini oshirishni hal etishga yordam beradi[8]. O`simlik oqsili masalasi mamlakatimizda jiddiy hisoblanadi. Ular odam organizmini tarkibida zarur aminokislotalar bo`lgan oqsillar bilan ta`minlashda muhim ahamiyatga ega. R.Oripov va N.Xalilovlar ma`lumotiga qaraganda, moshning ildizi o`q ildiz bo`lib, tuproqning 1,0-1,5 metrgacha qatlamiga kirib boradi.Bo`yi 40-60 sm, 1000 donining vazni 30-80 g bo`ladi. Ekish muddatiga mutanosib holda 70-100 kunda pishib yetiladi, har gektar yerga nav xususiyati bo`yicha 10-25 kg/ga urug` sarflanib, keng qatorlab ekiladi[33].
    L.M.Doroshinskiy tajribalariga ko`ra, dukkakli don ekinlarini yosh davrida azotli o`g`itlar bilan oz miqdorda oziqlantirish, kelgusida uning o`sish va rivojlanishi uchun samarali bo`lishini ta`kidlagan[12].S.Negmatovadukkakli don ekinlari tuproq unumdorligini oshirib, keyingi ekinga ijobiy ta`sir etishini o`rgangan[32].
    Z. Jumayev va A.Sirimov dukkakli don ekinlaridan samarali foydalanishni tashkil etish uchun ularning turlari va navlarini har bir tuproq va iqlim sharoitida chuqur o`rganib, samarali turlari va navlarini to`g`ri tanlanishi muhim ekanligini aniqlagan[22].Qoraqalpog`iston sharoitida U.Ismoilov, Ye.Sadiqov, N.Raimovlarning olib borgan izlaninishlarida takroriy ekin sifatida mosh ekilganda, 8-10 s/ga don hosili olishga erishilgan[21].Mosh o`simligi dukkakli-don ekini bo`lib, uning tarkibida organik moddalar: oqsil 24,8%, karbon suvlari-50,4%, moyli kislotalar-1,5%vitaminlar: B1, B2, B6, B9 hamda А, K, C, E, mineral moddalar: natriy,fosfor, kaliy, magniy, mis, rux mavjud. Moshdan xar xil taomlar tayyorlanadi - pyure, sho`rva, bo`tka, quymoq, somsa, pirojkiy, salat tayyorlanadi. Oziq-ovqatda doni, uni, o`stirilgan don, pishmagan dukkagi qo`llaniladi. Mosh dorivor o`simlik sifatida ham muhimdir. Uning ta`sirida modda almashinuvi, gastrit, ateroskleroz, yurak xastaliklari, buyrak xastaliklarida, qandli diabet, semislikda organizmnitozalashda, astma, allergiya, artrit, kosmetologiyada foydalaniladi, xotira yaxshilanadi[7].M.I.Smirnovaning ta`kidlashicha, dukkakli don ekinlarining turi va naviga hamda ekish muddati va me`yoriga bog`liq ravishda ulardagi oqsil miqdori o`zgarib boradi, shuning uchun ularning yuqori oqsilli navini yaratish, tuproq-iqlim sharoitiga mos ravishda parvarishlash agrotexnikasini ishlab chiqish talab etiladi va takroriy ekin sifatida istiqbolliekanligini anglatadi. N.A.Ergashev dukkakli don ekinlari erta muddatlarda ekilganda 17,8 s/ga don hosili olingan bo`lsa, undan boshoqli don ekinlari ekilganda hosildorlikni 1,2 s/ga (14,2%) oshishiga olib kelganini tajribalarida kuzatgan.Dukkakli don ekinlar parvarishida agrotexnik qoidalarga to`liq amal qilinganda, ulardagi fermentlarning faolligi yuqori bo`ladi va azot o`zlashtirilishi tezlashadi degan fikrni ilgari suradi[13]. I.A. Isroilov dukkakli don o`simliklari tuganak bakteriyalarning azot to`plashida fosforli o`g`itlarning ahamiyati beqiyos ekanini aniqlagan. Shuning uchun fosforli o`g`itlarning ushbu jarayonda to`liq ishtirok etishini ta`minlash uchun dukkakli don ekinlarni imkon qadar erta muddatlarda ekish, ko`chat qalinligiga jiddiy e`tibor berish lozimligini ta`kidlaydi[8].
    S.T.Negmatova mosh takroriy ekin siftida iyul oyining boshi(1-iyul)da ekilganda ostki dukkaklarning yerdan balandlikda joylashishi 13 sm ni tashkil etgan holda,iyul oyining o’rtasi(15-iyul) da 11 sm ni va avgust oyining boshi(1-avgust)da ekilganda 10 smni tashkil etganligini aniqlagan[32].
    D.Yormatova.E.Boyniyozovlarning ta’kidlashicha moshni takroriy ekin sifatida ekib gektaridan 19,3-20,6 s/ga don hosil olishlari va tuproqda o’rta hisobda 1,8-2,8 tonna ildiz va ang’iz qoldiqlari qoldirishini aniqlaganlar [44].



    Download 12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati

    Download 12 Mb.