Makkajo`xorining biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi




Download 12 Mb.
bet5/28
Sana12.02.2024
Hajmi12 Mb.
#154945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Finished Laylo .13.06.23.tt

1.2. Makkajo`xorining biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi.
Makkajo`xori Zea mays L. - boshoqdoshlar oilasiga mansub bo`lib bir yillik o`simlik hisoblanadi. Makkajo`xorining vatani Markaziy va Janubiy Amerika mintaqasi hisoblanadi. Tuproq harorati 10°C ga yetganda 10-12 kunda unib chiqadi.20-25°C da normal rivojlanadi.Makkajo`xori o`simligi xalq xo`jaligida keng ko`lamda foydalaniladi. Yer yuzidagi ko`plab mamlakatlarda makkajo`xori donining 20 foizi oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Undan un, yorma, konserva tayyorlanadi. Sanoatda makkajo`xori donidan kraxmal, etil spirti, dekstrin, glyukoza, askarbin kislotasi va glyutamin kislotalari olinadi. Gulning ustuncha qismi meditsinada ishlatiladi. Makkajo`xori so`tasidan, poyasidan va bargidan qog`oz, linolium, viskoza materiallari olinadi.Mamlakatimizda makkajo`xori silos tayyorlanadigan ekin sifatida birinchi o`rinda turadi. Don tarkibida oqsil 9-12 %, yog` 4-8 %, uglevodlar 65-70 %, shuningdek madaniy tuzlar va vitaminlar mavjud[5].Poyasi esa yem hashak sifatida ishlatiladi. Makkajo`xori o`simligi dunyoda eng ko`p ekiladigan donli o`simliklardan biri yer sharida 135 mln gektardan ziyod maydonlarda ekiladi[7].
Mamlakatimizda ilg`or xo`jaliklarda yuz sentnerdan ko`p hosil olinadi. O`zbekistonning hamma tumanlarida ekilib yuqori hosil olinadi. Makkajo`xori surunkasiga bir maydonga qayta-qayta ekilishga chidamli bo`lib, O`zbekistonda makkajo`xori asosan sug`oriladigan yerlarda ekiladi. Uni beda, g`o`za, kartoshka, poliz ekinlari, kuzgi don ekinlaridan keyin joylashtirish yaxshi natija beradi. Xorijiy tajribalarni ma`lumotlariga ko`ra, makkajo`xorini mosh va soya bilan qo`shib ekishda tuproq unumdorligi, keyin ekilgan bug`doy hosildorligi oshib sifati yaxshilanganligi kuzatilgan. Almashlab ekishda makkajo`xoriini joylashtirish bir gektardan oziqa birligini chiqishini ko`paytiradi, sug`oriladigan yerlar samaradorligini oshiradi. Makkajo`xori kuzgi bug`doy, kuzgi arpa, kartoshka poliz ekinlari uchun yaxshi o`tmishdosh ekin hisoblanadi[19]. Uni surunkasiga bir dalada 4-5 yil, qorakuya bo`lmaydigan maydonlarda 10-15 yil o`stirish mumkin. Bu ekinni ferma oldi almashlab ekishlarida, fermaga yaqin maydonlarga ekish, organik o`g`itlarni ko`proq solishga, hosilni yig`ishtirish, saqlash, tashish ishlarini, harajatlarini kamaytirishga imkon beradi[33].
Navi va tuproq-iqlim sharoitiga qarab oʻsuv davri 90—150 kun. Makkajo`xori issiqsevar, yorug`sevar, qurgʻoqchilikka ancha chidamli ekin, tuproq harorati 10° boʻlganda 10—12 kunda unib chiqadi. Maysalari -2-3°C sovuqqa chidaydi.Kuzda - 3° da sovuq uradi, ozuqalik sifatini pasaytiradi.20-25°C dan normal oʻsib rivojlanadi. Harorat 35°C dan yuqori boʻlganda gullari yaxshi changlanmasligi mumkin (yuqori harorat va havoning quruqligi urugʻchi toʻpgullar ipakchalarini quritib qoʻyadi).Makkajo`xorini takroriy ekin tarzida ekish uchun begona oʻtlardan toza, shoʻrlanmagan va sizot suvlari chuqur, oʻtmishdosh ekinlardan kuzgi don ekini, bug`doy ekilgan yer tanlanadi. Yer kuzda 28-30 sm chuqurlikda shudgorlanadi, gektariga 10-35 t goʻng va 60-80 kg sof fosfor hisobidan oʻgʻit solinadi. Makkajo`xori texnik ahamiyati shundan iboratki-uning donidan kraxmal, spirt, glyukoza, sirka kislotasi, poyasidan qog`oz, karton, kauchuk, yog`och spirti, smola va boshqa har xil mahsulot olinadi.Makkajo`xori agrotexnik ahamiyatga ham egadir. U qurg`oqchilikga chidamli va chopiq talab o`simlik bo`lganligi uchun tuproqda begona o`tlar kamayadi. Makkajo`xorini tezpishar navlarini ekish natijasida bir yilda ikki marta hosil olish imkonini beradi va uni boshqa ekinlar bilan birga qo`shib ekish mumkin.
Makkajo`xori juda qadimgi o`simlik, u Markaziy Аmerikadan kelib chiqqan. Markaziy Аmerikaning mahalliy xalqi bizni eramizdan 2400-2300 yil oldin ekib kelgan.Аmerika ochilgandan so`ng makkajo`xori katta ekin maydonlariga ekilganligi ma`lum.Аmerikadan makkajo`xori XV asrda Ovropaga keltirilgan, shu paytda Portugaliyaliklar tomonidan makkajo`xori Hindiston, Hindi-Xitoy, Xitoy mamlakatlariga keltirilgan.Rossiyaga makkajo`xori XVII asrda Gruziyadan tarqalgan. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida u G`arbiy Xitoydan O`rta Osiyoga keltirilgan. Yer yuzida makkajo`xori ekini 110 mln gektar yerga ekiladi.
Makkajo`xori yuqori hosilli ekin. O`zbekistonning sug`oriladigan yerlarida uning har gektaridan 40-50 sentner don va 500-700 sentner silosbop ko`k poya olish mumkin.
Makkajo`xori issiqqa talabchan o`simlik, uning urug`lari tuproq harorati 7-8°C unib chiqa boshlaydi, maysalari va yosh o`simliklar 2-3°C sovuqga chiday oladi. Makkajo`xorini rivojlanishi uchun eng optimal harorat 23-25°C hisoblanadi.Makkajo`xori qurgoqchilikga chidamli.U namni tejab sarf qiladi.Lekin shu bilan bir qatorda namga talabchan hisoblanadi, sug`orish natijasida uning hosili ortadi. Makkajo`xorini namga talabchanligi to`pgul va don hosil qilish davrida ortadi. Shu davrda uni tez-tez sug`orib turish lozim.Makkajo`xorining transpiratsiya koeffitsienti 230-370.Makkajo`xori qisqa kun-yorug`sevar o`simlik. Makkajo`xori har qanday tuproqda ham o`sa oladi, lekin unumdor, begona o`tlardan toza bo`lgan yerlarda u yaxshi o`sadi. Odatda so`ta ro`vakga nisbatan 2-3 kun keyin gullaydi. Makkajo`xori chetdan changlanuvchi o`simlik.Shuning uchun uni sun`iy ravishda ham changlantirish mumkin. Makkajo`xori urug`langandan so`ng 15-20 kun o `tgach sut va 22-25 kun o`tgach mum pishish davri boshlanadi va undan 5-10 kun o`tgach don to`la pishib yetiladi. Makkajo`xorini o`suv davri uning naviga qarab 91-140 kunni tashkil qiladi.
O`zbekistonda O`zbekiston-361, O`zbekiston-601, Moldava 215 AMV, Qorasuv, O`zbekiston-100 va xorijiy navlardan Аvizo, Brilliant, Ilka, Tema, Figaro va boshqa navlar ekilmoqda.
O`zROS-kremnistaya-mahalliy popluyatsiyalardan tanlash yo`li bilan yaratilgan. Don va silos uchun Samarqand, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlarida ekish uchun Davlat reestriga kiritilgan. Doni oq, hosili 68,3-69,7 s/ ga teng. 1000 ta donning vazni 259,4-273,5 g. Kechpishar. O`suv davri 135-137 kunni tashkil etadi. Oqsil 8,8-9,8 %, kraxmal 76,3-74,7 %. Qorakuya kasalligi bilan o`rtacha zararlanadi [33].
Moldava 215 AMB Moldaviya davlatining selektsion duragayi.2007 yildan Respublika bo`yicha ekish uchun Davlat reestriga kiritilgan. Duragay bahorgi sovuqqa chidamli. O`rta bo`yli, o`simlik bo`yi o`tacha 150,0-200,0 sm. Vegetatsiya davri 85-98 kun. 1000 dona urug` vazni o`tacha209,0-308,6 g. O`rtacha hosildorlik takroriy muddatlarda don uchun 42,5-50,7 s/ga. Don chiqimi 72-82 %. Yotib qolishga bardoshli.
O`zbekiston -306 MV takroriy ekish uchun mo`ljallangan. Davlat reestriga kiritilgan. 1000 don vazni 340-420 g, o`rtapishar. O`suv davri 86-103 kunni tashkil etadi.Ko`sak qurti va tunlam bilan kam zararlanadi.
Makkajo`xori kuzgi bug`doy, kuzgi arpa, kartoshka, poliz ekinlari uchun yaxshi o`tmishdosh. Uni surunkasiga bir dalada 4-5 yil, qorakuya bo`lmaydigan maydonlarda 10-15 yil o`stirish mumkin.
Makkajo`xori yer tanlamaydi. Uni har qanday ekindan bo`shagan yerga ekish mumkin. Makkajo`xorini takroriy ekin sifatida ekilganda yaxshi natija beradi. Makkajo`xori yuqori hosilli o`simlik bo`lganligi uchun tuproqdan juda ko`p oziq moddalar oladi va boshqa o`simliklarga nisbatan u butun o`suv davrida o`g`itni talab qiladi. O`g`itni asosiy qismi ekishdan oldin, qolgan qismi ekish bilan bir vaqtda va o`simliklarni o`sish davrida beriladi[18].
Oziqlantirish ham makkajo`xorini hosilini oshiradi. O`sish davrida makkajo`xorini ikki marta, birinchi marta o`simlikda 3-4 barg hosil bo`lganda va ikkinchi otalik to`pgul hosil bo`lishiga 8-10 kun qolganda oziqlantiriladi. Makkajo`xori ekish uchun yer kuzda shudgor qilinadi. Tuproqni xususiyatiga qarab shudgorlash chuqurligi 28-30 sm va undan ham chuqur bo`lishi mumkin. Urugʻlar qator oralari 60, 70, va 90 sm qilib makkajo`xori seyalkalarida qatorlab 6—10 sm chuqurlikda ekiladi. Oʻsuv davrida 2-marta birinchisida gektariga 70–80 kg azot, 60–80 kg fosfor, ikkinchisida 80-100 kg azot, 50–60 kg fosfor, 40–50 kg kaliy hisobidan oziqlantiriladi, 2-3-marta kultivatsiya qilinadi, 4-6-marta sug`oriladi. Makkajo`xori koʻkat yem uchun roʻvak chiqarguncha, silos uchun doni dumbul boʻlib yetilganda va doni uchun toʻla yetilganda yigʻishtiriladi. Oʻzbekiston sharoitlarida ilgʻor xoʻjaliklarda don boʻyicha hosildorlik 50-60 s/ga, koʻk massa boʻyicha 300-600 s/ga ga boradi. Makkajo`xorini angʻiz ekin sifatida (yozda bugʻdoydan boʻshagan maydonlarga) ham ekiladi[20].
Makkajo`xori va dukkakli don ekinlarni aralashtirib ekish bo`yicha Nigeriyada, Kanadada Martin, 1987; АQShda Sullivan, 2003; Madagaskarda Naik, 1986; Eronda Eskandari, 2009; Dahmardeh 2010; Efiopiyada Getachew, 2008; Turkiyada Saban, 2008; Meksikada Amador, 1980 yillarda o`rganilgan.Makkajo`xorining doni, yashil massasi, silosi va so`tasi, yormasi ajoyib oziqa hisoblanadi. 1 kg donida 1,34 oziqa birligi va 78 g hazmlanadigan protein bor. Omixta yem tayyorlashda makkajo`xori qimmatli komponent. Sut-mum pishish fazasida o`rilgan 100 kg silos massasida 21 oziqa birligi va 1800 g tez hazm bo`ladigan protein bor. Makkajo`xori baland bo`yli o`simlik bo`lganligi sababli uning o`sish energiyasi moshga nisbatan yuqoridir, shu bois birgalikda va sof ekilgan makkajo`xori qalinligi o`rtasida sezilarli farq bo`lmadi[5].
Makkajo`xori va dukkakli don ekinlarini asosiy ekin sifatida yetishtirish agrotexnikasi (o`g`itlash, sug`orish va hakozo omillar) ilmiy asoslangan (masalan Mansurov,Аbdel-lax Moxamed, Selim Аli) va amaliyotga joriy etilgan. Shu bilan bir qatorda, sug`orma dehqonchilikda boshoqli g`alladan keyin takroriy ekinlarni yetishtirish bo`yicha tavsiyalar [9] ham ishlab chiqilgan va bu borada izlanishlar yanada davom etmoqda (Ro`ziyev, 2001; Аllanov, 2007; Bo`riyev, 2008 va boshqalar).Bizning mamlakatimizda kuzgi bug`doydan bo`shagan maydonlardan samarali foydalanish maqsadida takroriy ekinlar sifatida ularning tezpishar navlarini parvarishlash muhim hisoblanadi.
Mamlakatimizning turli tuproq iqlim sharoitlarida makkajo`xoridan mo`l va sifatli hosil olish maqsadida yetishtirishning mintaqaviy texnologiyasini yaratish va ishlab chiqarishga tadbiq etish muhimdir. Bunda makkajo`xorini mineral o`g`itgava suvga bo`lgan talabini aniqlash, maqbul o`tmishdosh ekinlarni tanlash, ekish muddatlari va me`yorlarini belgilash dolzarb masalalar hisoblanadi.Makkajo`xori hosildorligini oshirishga yo`naltirilgan agrotexnik tadbirlar orasida mineral o`g`itlarni qo`llash alohida o`rin tutadi. Mashhur tuproqshunos-olim V.А.Kovda iborasi bilan aytganda, insoniyatning o`g`itlarga bo`lgan talabi yildan-yilga ortib bormoqda, lekin uni dehqonchilikda ishlatish madaniyatini keskin o`zgartirilishi lozim. Mineral o`g`itlarning samaradorligi ularni maqbul qo`llash me`yorlari va muddatlariga bog`liq.Shuning uchun turli tuproq va iqlim sharotida bu masalani turli jihatlarini chuqur tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir.Respublikaning turli tuproq iqlim sharoitlarida makkajo`xorini asosiy ekin sifatida yetishtirish agrotexnikasi, o`g`itlash, sug`orish tartibi ko`p yillik tajribalar natijasida ilmiy asoslangan va amaliyotda joriy etilgan (Yuldoshev, 1984; Oripov va Xalilov, 2006 va boshqalar).I.Niyazaliyev (1960) azotli o`g`itlarni gektariga 120 kg dan qo`llash orqali qo`shimcha don hosiliga erishish mumkin, biroq azotli o`g`itlarning miqdori 120 kg dan oshirilishi makkajo`xori hosildorligiga ta`sir ko`rsatmasdan faqat o`simlik biomassasining ortishiga sabab bo`lishini ko`rsatgan[33].
F.X. Abdullayev azotli o`g`itlarning 120 kg dan 150 kg ga ortishi bilan makkajo`xoridagi so`talar soni o`zgarmasdan bir so`tadagi donlar soni ortib borishini aniqlagan[4]. A.To`rayev olib borgan izlanishlarida kuzgi bug`doydan so`ng ang`izga makkajo`xori bilan mosh ekilganda 2 ekindan don hosili olishga erishilgan[40].
N.A.Ergashev olib borilgan izlanishlarda esa kuzgi bug`doy va undan so`ng makkajo`xori ekilganda jami 2 hosildan 117,5 sentner don, arpa va makkajo`xoridan 115,3 sentner don, javdar va undan so`ng makkajo`xoridan esa 101,4 tsentner don hosili olingan bo`lsa, somon va ko`k poya miqdori gektariga 443,5-445,4 sentner oralig`ida bo`lgan.Samarqand viloyati sharoitida olib borilgan izlanishlarda esa, tritikaledan so`ng makkajo`xori ekib bir yilda ikki don hosili olishga erishilib, takroriy ekin sifatida ekilgan makkajo`xoridan 22,4 sentner/ga don hosili olingan[13].
Toshkent viloyatining o`tloqi, mexanik tarkibi o`rta qumoq, sizot suvlari 1,5-2,0 m bo`lgan tuproqlarda A.To`rayev (2001) o`tkazgan tajribalarida kuzgi bug`doydan so`ng yerni 27-28 sm chuqurlikda haydab makkajo`xorining turli xil (O`zbekiston-306 АMV, Moldava-215 АMV) duragaylari ustida olib borgan izlanishlarida azotli o`g`itlarning yillik me`yoridan 40% 4-5 chin barg davrida, qolgan (60%) qismi esa 8-9 chin barg chiqargan davrda qo`llanildi. Lekin olib borilgan ilmiy izlanishlarda sug`orish tartiblari inobatga olingan va ChDNS ga nisbatan 75-80-70% bo`lishi makkajo`xoridan yuqori hosil olish garovi ekanligini asoslab berishgan.Farg`ona viloyatining o`tloqi-bo`z, kuchsiz sho`rlangan, og`ir mexanik tarkibli tuproqlarida makkajo`xori don uchun ekilganda 57,5s/ga, jami bir yilda gektariga 115,9 sentner don hosili olishga erishilgan[40]. Bunda chorva ozuqa bazasini rivojlantirish uchun 290 s/ga makkajo`xori poyasi yetishtirilgan.Shuningdek, Xorazm viloyati tuproq iqlim sharoitida ham makkajo`xori bilan o`tkazilgan dastlabki izlanishlar I.R.Quryozov tomonidan amalga oshirilgan. Bunda makkajo`xori va g`o`za almashlab qisqa rotatsiyali ekish bo`yicha izlanishlar bajarilgan. Аmmo, asosiy ekin sifatida va kuzgi boshoqli don ekinlaridan so`ng makkajo`xori va dukkakli-don ekinlarni takroriy ekin sifatida ekishga mos navlarni tanlash hamda ularning agrobiologik xususiyatlari va har bir hududning tuproq - iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ko`chat qalinligi, ekish sxemasi, maqbul ekish muddatlari kabi omillar bilan bog`liq maqbul o`g`itlash tizimini ishlab chiqish yetarli darajada o`rganilmagan.Keyingi yillarda ekinlarni parvarishlab, olib borilgan ilmiy izlanishlarda zamonaviy uskunalardan foydalanib, alohida e`tibor berilmoqda.Аyniqsa ushbu usul rivojlangan davlatlarda keng joriy etilgan. Bunda o`simliklarda kechayotgan biologik va biokimyoviy jarayonlarni aniq kuzatib borishda zamonaviy uskunalardan keng foydalanildi.Undan un, yorma, konserva tayyorlanadi.
Makkajo`xori o`gitlarga talabchan, don hosili 60-70, yashil massa hosili 500 -700 s bo`lganda, tuproqdan 150-180 kg azot, 60-70 kg fosfor, 160-190 kg kaliy o`zlashtiriladi. Sug`oriladigan yеrlarda makkajo`xori juda yuqori hosil bеradi. Solinadigan organik va ma`danli o`g`itlar mе`yori rеjalashtirilgan hosilga, tuproq agrokimyoviy kartogrammasiga bog`liq holda bеlgilanadi. Kuzgi shudgordan oldin 40-60 t chirigan go`ng yoki kompost solish juda yaxshi natija bеradi va don hosilini 15-20 s/ga oshiradi. Ma`danli o`g`itlar samaradorligi sug`oriladigan yеrlarda juda yuqori, 1 kg NPK hisobiga 18-20 kg don hosili olinishi mumkin. Makkajo`xori 1 ts don hosil qilishi uchun 2,2-3,4 kg azot o`zlashtiradi. O`rtacha 3 kg olinsa 60 ts don hosili olish uchun 180 kg azot talab qilinadi. Xo`jaliklarda go`ng bo`lmasa ma`danli azot, fosfor, kaliy o`g`itlari mе`yorlari oshiriladi. Makkajo`xori 60 s don hosil qilish uchun o`rtacha 50-60 kg fosfor o`zlashtiriladi. Ma`danli fosforli o`g`itning o`zlashtirilish koeffitsiеnti 15-20% ni tashkil yetadi.


    1. Download 12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Makkajo`xorining biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi

Download 12 Mb.