1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA- MATEMATIKA fakulteti
“UMUMIY FIZIKA” kafedrasi
FIZIKA- ASTRONOMIYA ta’lim yo’nalishi
3
A
-guruhi talabasi Egamqulova Adibaning
“Umumiy fizika” fanidan
REFERATI
MAVZU: Suyuq kristallar va ularning qullanilishi.
Ilmiy rahbar: k.o’q. Sh.O Toshpo’latova
Navoiy-2014
3
Kirish
Suyuq kristall iborasi bilan texnika asrida tez-tez uchratyapmiz. Biz
barchamiz ular bilan yuzlanamiz, va ularning
hayotimizda ahamiyati kam
emas ko’pgina samonaviy uskuna va qurilmalar bu moddalar yordamida
ishlaydi. Masalan soatlar,
termometrlar displeylar, monetorlar va boshqa
qurilmalar. Xo’sh nima ekan bu suyuq kristallar handa nega ularning
ahamiyati qiziqish hosil qilyapdi?
Hozirgi kunda ilm ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi va shuning uchun u
yoki bu ob’yekt va hodisaga bo’lgan yuqori ilmiy qiziqishimiz va ob’yekt
yoki hodisa xomashyo ishlab chiqarish uchun qiziqish uyg’otishini anglatadi.
Bundan suyuq kristallar ham mustasno emas. Ularga bo’lgan qiziqishimiz
shundan
iboratki, ularni ishlab chiqarish ishlari sohasida samarali qo’llash
imkoniyatiga egamiz. Suyuq kristallarni qo’llanilishi iqtisodiy samara,
oddiylik, qulaylikni anglatadi.
Suyuq kristall - bu moddaning spetsifik agregat holati bo’lib, bir
vaqtning o’zida ham
kristall, ham suyuqlik xossalari nomoyon bo’ladi.
Hamma narsalar ham suyuq kristall holatida bo’la olmaydi. Ko’pchilik
moddalar 3 xil, barchamizga ma’lum bo’lgan agregat holatida bo’ladi. Qattiq
yoki kristall, suyuq yoki gaz holatida bo’ladi, lekin ba’zi murakkab
molekulalarga ega bo’lgan organik moddalar aytib o’tilgan uch holatdan
tashqari to’rtinchi agregat holatini suyuq kristall
holatini hosil qilishi
mumkin. Bu holat ba’zi bir moddalarning kristallarini eritish orqali sodir
bo’ladi. Hosil bo’lgan suyuq kristall fazasi oddiy suytuqlikdan farq qiladi. Bu
faza kristallning erish temperaturasidan yuqori temperaturagacha bo’lgan
oraliqda mavjuddir. Suyuq kristall erish holatida oddiy suyuqlikka aylanadi.