|
Mavzu: Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari reja: Don va don turlari
|
Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 4,01 Mb. | | #117080 |
Bog'liq Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari 222
Toshkent-kimyo texnologiya instituti Yangiyer filiali
Oziq ovqat texnologiyasi asoslari
Bajardi: 601-21-KT HUSANOVA HILOLA
Qabul qildi: Oblaberdiyev S
Mavzu: Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari REJA: 2. Elevatorlarda ishlab chiqarish jarayoni . 3. Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni . 4. Yorma zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni .
Bug‘doy doni tuzilishi
1-doni meva va urug‘ qobiqlari
2-aleyron qatlam 3 –endosperm 4-murtak
Donda: suv miqdori -14 % oqsil – 11,6-12,5 % uglevodlar- 67,5-68,7 % yog’lar – 1,6-1,9% mineral moddlar – 1,7-1,8%
Don (caryopsis) – g‘alla ekinlar mevasi yoki dukkakli don o’simliklar urug’i hisoblanib, oziq-ovqat sanoatida muhim o’rin tutadigan ekin mahsulot.
Don bu-
- Elevatorlarda ishlab chiqarish jarayoni quyidagi amallarni o`z ichiga oladi:
- -donni qabul qilish va un navi , yetishtirilgan jug`rofiy hududi va asosiy texnologik xususiyatlari (tip bo`yicha tarkibi, namligi , ifloslanganligi va umumiy shaffofligi) bo`yicha silosli korpuslarga joylashtirish ;
- -donning fizikaviy, fiziologik va biologik-kimyoviy xossalarini o`zgartirib, uning uzoq saqlanishiga imkon beradigan chora-issiqlik yordamida quritish;
- -don massasini asosiy tur dondan chiziqli o`lchamlari va aerodinamik xossalari bilan farq qiluvchi begona aralashmalardan dastlabki tozalash;
- -ma`lum fizikaviy va kimyo-biologik belgilari bo`yicha don turkumlarini shakllantirish. Bu narsa davlat standartlari talablariga javob beradigan un va yorma ishlab chiqarishni ta`minlashda ishlatiladigan yuqori texnologik xususiyatli don aralashmalarini olish uchun zarurdir.
- Don qabul qilish korxonalarida oqimiy-texnologik yo`llar yordamida iste`molga va yem-xashakka mo`ljallangan makkajo`xori donini mexanizatsiyalashtirilgan holda qabul qilish va unga ishlov berish texnologik amallari o`tkaziladi va u quyidagi bosqichlarga bo`linadi:
- -keltirilgan makkajo`xori donini qabul qilish , tozalash va qurutish;
- -oldindan quritilgan so`tali makkajo`xorini qabul qilish va unga ishlov berish.
Donni tozalash mashinalarini o`rganish Don qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida hamda urug`lik donlarga ishlob berish korxonalarida donni eni, yo`g`onligi va aerodinamik xossalari bilan farq qiluvcji aralashmalardan tozalashda havo-g`alvirli separatorlar ishlatiladi. Bunday separatorlar o`zida g`alvirli hamda havoli separatorlarning vazifalarini mujassamlashtirgan. Havo-g`alvirli separatorlarda don g`lvirlarda elanib, eni va yo`go`onligi bo`yicha farq qiladigan yirik va mayda aralashmalardan tozalanadi. - UN TORTISH ZAVODLARIDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONI
- Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni ikkita asosiy bosqichdan iborat boʻladi.
- Birinchi bosqich - donni tozalash va uni tortishga tayyorlash. Bu bosqich quyidagi amallarni o'z ichiga oladi:
- - elevatorda tayyorlangan don turkumlarini don tozalash bo'limiga qabul qilish va joylashtirish;
- - donni chiziqli o'lchamlari (uzunligi, eni va yo'g'onligi) va morfologik belgilari (shakli, yuzasining makrorelefi va fizikaviy xossalari - aerodinamik, gidrodinamik, friksion va boshqa xossalari) bilan farq qiluvchi aralashmalardan tozalash;
- - don yuzasiga quruq ishlov berish, birinchi navbatda uni qattiq chang yopishmalaridan tozalash;
- - donni chang yopishmalari, zamburugʻlar va mikroorganizmlar, shuningdek ogʻir va yengil aralashmalardan tozalash maqsadida yuvish;
- - endosperm va qobiqlarning fizik-texnologik va biologik- kimyoviy xususiyatlarini maqsadli o`zgartirish uchun sovuq suv bilan
YORMA ZAVODLARIDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONI YORMA ZAVODLARIDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONI - Birinchi bosqich - yormabop donni tozalash va uni qobig'idan ajratishga tayyorlash. Bu bosqich quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi: - donni aralashmalardan tozalash;
- - donga suv va issiqlik yordamida ishlov berish (bu jarayon oliy navli yorma chiqimini oshiradi, shuningdek yormaning fizik-mexanikaviy xususiyatini yaxshilaydi va jumladan uning qaynovchanligini tezlashtiradi); - don aralashmasini yirikligi bo'yicha saralash, bu narsa alohida don fraksiyasini qobig'idan ajratish jarayoni texnologik samaradorligini oshiradi va oliy navli yorma chiqimi ortadi.
- Ikkinchi bosqich - domi qobig'idan ajratish. Bu bosqich quyidagi texnologik jarayonlardan tashkil topadi:
- - qobiqni mag'izdan zarb kuchi ta'sirida yoki donga beriladigan normal va urinma kuchlar ta'siri ostida mexanik usul bilan ajratish;
- - maydalangan qismlar, pustloq va unni, shuningdek archilgan va archilmagan donlarni bir-biridan ajratish uchun mahsulotlarni saralash;
- - qirqilgan yoki maydalangan (perlovka, qirqilgan arpa yormasi, bug'doy, makkajo'xori, suli) yormalarining ayrim turlarini hosil qilish uchun qobig'idan tozalangan yormani yanchish;
- - butun yormalarni ishlab chiqishda don yuzasida qolgan qobiq va moʻrtak qoldiqlarini tozalash va yormaga xaridorgirlik sifatini berish uchun uni silliqlash va yaltiratish;
- - davlat standarti talablaridan kelib chiqqan holda hosil qilingan mag'izlarni saralash.
E‘TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
|
| |