|
1-Mavzu: Joylashtirish tizimi va vositalari. Reja
|
bet | 1/12 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 37,28 Kb. | | #274042 |
Bog'liq Joylashtirish tizimi va vositalari.
1-Mavzu: Joylashtirish tizimi va vositalari. Reja
1-Mavzu: Joylashtirish tizimi va vositalari.
Reja:
1. Jahon amaliyotida turistlarni joylashtirish vositalari.
2. Mehmondo’stlik industriyasining tarixiy ahamiyati.
1. Jahon amaliyotida turistlarni joylashtirish vositalari.
Jahon amaliyotida turistlarni joylashtirish vositalarining umumiy qabul qilingan ta’rifi mavjud emas, biroq BTT ekspertlari “doimiy (yoki ba’zan) turistlarni tunab qolishlari uchun joy beradigan istalgan ob’yekt” larni shundaylar deb hisoblasa bo’lishini ta’kidlaydi.
Shuningdek, joylashtirish vositalari ikki asosiy guruhga bo’linadi:
- kollektiv (KJV);
- individual (IJV).
Turistlarni joylashtirish vositalari xalqaro tavsiyalarga asoslanib to’rtda guruhga ajratiladi:
1) Mehmonxonalar va analogik korxonalar.
2) Tijorat va ijtimoiy joylashtirish vositalari.
3) Maxsuslashtirilgan joylashtirish vositalari .
4) Xususiy joylshtirish vositalari.
Mehmonxona - uyidan tashqaridagi odamlarga kompleks xizmatlar ko'rsatuvchi korxona bo'lib, ular orasida joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari teng darajada muhim (kompleks hosil qiluvchi) xizmatlardir.
Ushbu ta'rifda mehmonxonada ikki asosiy xizmat - joylashtirish va ovqatlantirishning bo'lishi shartligi ko'rsatiladi. Bunda ularning o'zaro nisbati jiddiy farq qilishi mumkin.
Joylashtirish xizmatining mazmuni shundan iboratki, birinchidan, mijozlarga maxsus xonalar (mehmonxona nomerlari) foydalanishga beriladi, ikkinchidan, ularga muayyan xizmatlar ko'rsatiladi, bu vazifa mehmonxona xodimlari tomonidan bevosita amalga oshiriladi.
Mehmonxona nomerlari joylashtirish xizmatining muhim tarkibiy qismidir. Mehmonxona nomeri deganda unda yashaydigan mehmonning dam olishi, uxlashi va ishlashi uchun mo'ljallangan ko'p funksiyali xonalar tushuniladi.
2. Mehmondo’stlik industriyasining tarixiy ahamiyati.
Mehmondo'stlik sanoati korxonalarining evolyutsiyasi to'g'risida so'z yuritganda, tarixiy jihatdan kishilik jamiyatining rivojlanish bosqichlariga mos keluvchi davrlarni ajratish mumkin:
Qadimgi davr;
O'rta asrlar;
Yangi davr;
Hozirgi davr.
|
| |