Yevropa tasniflash tizimi yoki “yulduzlar” tizimi




Download 37,28 Kb.
bet8/12
Sana08.10.2024
Hajmi37,28 Kb.
#274042
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Joylashtirish tizimi va vositalari.

2. Yevropa tasniflash tizimi yoki “yulduzlar” tizimi.
Hozirda jahonda ma’lum 30 dan ortiq tasniflash tizimlari zamirida shinamlik darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan:
• Yevropa tasniflash tizimi yoki «yulduzlar» tizimi. Fransiya milliy tasniflash tizimi asosida tuzilgan. Uning zamirida mehmonxonalarni 1 dan 5 yulduzgacha bhlgan toifalarga ajratish yotadi. Bunday tizim Fransiya, Avstraliya, Vengriya, Misr, Rossiyada va boshqa bir qancha mamlakatlarda qo‘llanadi;
• harflar tizimi (A, V, S, D). Gresiyada qo‘llanadi;
• «tojlar» tizimi. Buyuk Britaniyada amal qiladi;
• hind tizimi.
Jahonda Fransiya milliy tasniflash tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim turistik mehmonxonalarni 6 toifaga ajratadi. Shulardan besh toifa mehmonxonalarga ma’lum miqdorda yulduzlar berishni nazarda tutadi (1 yulduzli, 2 yulduzli, 3 yulduzli, 4 yulduzli yoki 5 yulduzli mehmonxonalar). Bir toifa – yulduzsiz. Bunday tizim mehmonxona xizmatlari bozorini ancha to‘liq qamrab olish imkonini beradi.
Minimal talab-mezonlarga javob bermaydigan mehmonxona toifa olishga da’vogar bo‘la olmaydi. Bunday talab-mezonlar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:
A – xonalar miqdori;
V – umumiy binolar va xonalar;
S – mehmonxonaning jihozlanishi;
D – yashash joyining shinamligi;
E – xizmat ko‘rsatish;
F – nogironlar hamda harakatlanishi cheklangan shaxslarga yaratilgan qulayliklar.
Germaniya tasniflash tizimiga ko‘ra, mehmonxona korxonalari besh toifaga ajratiladi. Bu tizimni Yevropa tizimi bilan uyg‘unlashtirish maqsadida bu yerda har bir toifa ma’lum yulduzlar miqdoriga mos kelishi nazarda tutiladi:
• turistik toifa – 1 yulduz;
• standart toifa – 2 yulduz;
• komfortli toifa – 3 yulduz;
• birinchi toifa – 4 yulduz;
• lyuks – 5 yulduz.
Boshqa tasniflash tizimlari ham o‘zining «yulduzlar» tizimiga muvofiqligini belgilashga harakat qiladi. Masalan, Gresiyada A toifa mehmonxonalar to‘rt yulduzli darajaga, V toifa mehmonxonalar uch yulduzli darajaga, S toifa mehmonxonalar ikki yulduzli darajaga, D toifa mehmonxonalar bir yulduzli darajaga mos keladi. Italiyada birinchi toifa mehmonxonalar shartli ravishda to‘rt yulduzli darajaga, ikkinchi toifa mehmonxonalar uch yulduzli darajaga, uchinchi toifa mehmonxonalar ikki yulduzli darajaga mos keladi.

Download 37,28 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 37,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yevropa tasniflash tizimi yoki “yulduzlar” tizimi

Download 37,28 Kb.