• 44-rasm. Ezgilovchi pichoqlarni tolalarga ta’sir sxemasi
  • Yanchish apparatlarini qanday turlari sizga ma’lum? yanchish apparatlari. Yanchish mexanizmi




    Download 9.8 Mb.
    bet1/57
    Sana23.03.2024
    Hajmi9.8 Mb.
    #175664
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
    Bog'liq
    Imtihon javoblari 1
    Beginner




    1. Yanchish apparatlarini qanday turlari sizga ma’lum?



    yanchish apparatlari. Yanchish mexanizmi
    Hamma yanchish uskunalarining ishchi organlari bu aylanuvchi rotor (baraban, konus, disk) va pichoqlar maxkamlangan harakatsiz statordir. Harakatsiz va harakatlanuvchi pichoqlar o’rtasidagi zazorda pichoqlar ta’sirida sellyuloza tolalari qisqaradilar va fibrillashadilar. Zazor o’lchami kichik, massa konsentratsiyasi past va pichoqlar o’tkir bo’lganda tolalarni qisqarishi (kesilishi) ustun keladi. Zazor o’lchami kattalashgan sari ezish effekti, tolalarni fibrillarga taralishi ortib boradi. Yanchish jarayonida tolalar suvni shimib bo’kib boradilar, natijada uzunligi kam o’zgargan holda ularni qalinligi 20-30% ga oshadi. Bo’kigan tolalar egiluvchan, elastik bo’lib qoladilar, natijada fibrillar orasidagi bog’lanish susayadi va tolalar oson tarkibiy qismlarga ajraydilar ya’ni fibrillanadilar. Ezgilanish mexanizmini yanchish uskunasi pichoqlari ta’sirini ifodalovchi 44-rasmda keltirilgan sxemadan foydalanib tushuntirish mumkin.

    44-rasm. Ezgilovchi pichoqlarni tolalarga ta’sir sxemasi
    a - qisqarish; b - tarash vaajralish; 1 - tola; 2 - rotor pichoqlari; 3 - stator pichoqlari.
    Harakatsiz pichoqlar 3 va harakatlanuvchi pichoqlar 2 orasidagi zazor kichik bo’lganda tolalar to’plami 1 asosan uzunligi bo’yicha kesiladi. Zazor o’lchami ortishi bilan siljituvchi kuchlar ta’sirida tola tuplami 1 ni tarash ortadi va tolalarni fibrillanishi kuchayadi. Yanchish sharoiti: suv harorati, tolani suvda bo’lish davomiyligi, shuningdek pichoqlar orasidagi zazorni moslab "sadkiy" yoki "jirno’y" ezgilangan qog’oz massasini olish mumkin.
    "Sadkiy" ezgilanishda (pomolda) kesilgan tolalar miqdori ajragan tolalar miqdoridan ko’p bo’ladi. Bunday massadan qog’oz quyilganda tolalar to’rga tez cho’kadilar, oson suvsizlanadilar va g’ovak ya’ni g’alvirakli strukturali qog’oz hosil bo’ladi.
    Massa "jirno’y" ezgilanganda massa ushlab ko’rilganda yog’liq seziladi; bunday massada fibrillarga ajragan tolalar miqdori ustunlik qiladi. Bunday tolalar qog’oz quyish jarayonida to’rga zich qatlam bo’lib yotadilar, qiyinroq suvsizlanadilar va mustaxkamligi yuqori bo’lgan qog’oz hosil qiladilar.


    Download 9.8 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




    Download 9.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yanchish apparatlarini qanday turlari sizga ma’lum? yanchish apparatlari. Yanchish mexanizmi

    Download 9.8 Mb.